STRUKTURAL LINGVISTIKA VA UNING MAKTABLARI
Strukturalizm atamasi va tushunchasi dastlab golland faylasufi
X.I.Boasning 1939 yilda nashr qilingan maqolasida tilga olingan bo‘lib, u tilni
belgilar sistemasi sifatida o‘rganuvchi, tilshunoslikning asosiy komponentlari –
fonetika, grammatika, leksika o‘rtasidagi o‘zaro bog‘lanish va munosabatlarni
tekshiruvchi, tilning tuzilishi to‘g‘risidagi ta’limot hisoblanadi. Bu aslida F. de
Sossyur tomonidan bildirilgan g‘oya asosida yuzaga kelgan lingvistik yo‘nalish
bo‘lib, XX asrning 30- yillaridan struktural lingvistika maqomini oldi va
Chexoslovakiya hamda Daniya olimlari tomonidan rivojlantirildi. Strukturalizm
tilni faqat tarixiy tomondan va qiyoslab o‘rganishni cheklash, har bir tilni
grammatik qurilishi va amal qilishi nuqtai nazaridan o‘rganishni ilgari suradi.
Dostları ilə paylaş: |