bir-birini taqozo etuvchi, bir-biri bilan pog‘onaviylik munosabatida turuvchi
Struktura – xususiylik bo‘lib, til qismlari, bo‘laklari o‘rtasidagi ichki
munosabatdan tashkil topadi.
Iyerarxiya – bir sath birliklari boshqa sathdagi o‘zidan katta yoki
kichik)bo‘lgan birliklar bilan pog‘onaviy munosabatda bo‘lishidir.
Semiotika – (yoki semiologiya) belgilar sistemasi haqidagi fan bo‘lib,
belgilar, ularning tabiati, mohiyati, ko‘rinishlari, amal qilishi kabilarni o‘rganadi.
Lingvosemiotika – tildagi belgilar tizimini boshqa nolisoniy belgilar va
ramzlar bilan qiyoslab o‘rganadigan fan.
Paradigmatika – til birliklarining umumiy grammatik ma’nolariga ko‘ra bir
qatorga, paradigmaga birlashishi.
Sintagmatika – til birliklarining o‘zaro semantik-sintaktik munosabatga
kirishishi va gorizontal yo‘nalishda birikmalar hosil qilishi.
Izomorfizm – (lotincha izo a, – o‘xshash, morfo-shakl) tilning turli sathlari
birliklarining ichki tuzilishi o‘rtasidagi o‘xshashlik.
Grammatika – yunoncha “yozish san’ati” manosini bildiradi.
Gap – ifoda va mazmun jihatlariga ega bo‘lgan, fikr ifodalash (axborot olish
va axborot berish), ya’ni kommunikatsiya akti birligi hisoblanadi.
So‘z birikmasi –leksema va so‘zlarning nutq jarayonida erkin birikuvidan
tashkil topadigan, nutq jarayonida yetishtiriladigan birlik.
So‘z – nutq birligi bo‘lgan tovushlar kompleksidan tashkil topgan ijtimoiy
belgidir.
Tovush - nutq birligi, fonemaning nutqda voqelashgan, reallashgan moddiy
shakllangan asosi.
Fonema – tilda ma’no farqlashga xizmat qiluvchi eng kichik birlik
Adabiyotlar :
1. Кондрашев Н.A. История лингвистических учений. – M.,1979.
2. Usmonov S. Umumiy tilshunoslik. – T., 1972.
3. Кодухов В.И. Общее языкознание. – M., 1974.
4. Baskakov N.A., Sodiqov A.S., Abduazizov A.A. Umumiy tilshunoslik. –T.,
O‘qituvchi, 1979.
5. Щербак A.M. Сравнительная типология тюрских языков. –Л., 1970.
6. Амирова Т., Олховиков Б.А., Рождественский Ю.В. Очерки по истории
лингвистики. – М., 1975.
7. Loya Я.В. История линвистических учений. – M.,1968.
8. Nurmonov A. O‘zbek tilshunosligi tarixi. – T., 2002.
9. Ломтев Т.П. Современное языкознаниe и структурная лингвистика. /В
кн: “Тоеритическое языкознание”. – М., 1964.
10. Ф. де Соссюр. Труды по языкознанию. – М., 1977.
11. Ф. де Соссюр. Курс общей лингвистики. – M., 1977.
12. Rasulov R. Umumiy tilshunoslik. – T., 2016.
Dostları ilə paylaş: