Umumiy tilshunoslik



Yüklə 0,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə72/90
tarix31.12.2021
ölçüsü0,74 Mb.
#113317
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   90
umumiy tilshunoslik

 

 


CHOG‘ISHTIRISH  VA TIPOLOGIK METOD 

Ikki yoki undan ortiq qarindosh yoki qarindosh bo‘lmagan tillarni qiyoslash 



chog‘ishtirish  yoki  qiyosiy-chog‘ishtirish  metodi  deb  nomlanadi.  Ushbu 

metodda  lingvistik  hodisalarning  tillararo  o‘xshashliklari,  umumiy  va  farqli 

jihatlari  tavsiflanadi,  biroq  bunda  ularning  tarixiga,  kelib  chiqishi,  ya’ni  genetik 

jihatlariga,  taraqqiyotiga  asoslanilmaydi.  Chog‘ishtirish  metodi  ayniqsa  chet 

tillarini o‘rganishda  keng qo‘llaniladi va nafaqat nazariy, balki amaliy maqsadlar 

uchun ham xizmat qiladi. XVII-XVIII asrlardayoq  yuzaga kelgan 2 tilli lug‘atlar, 

tillar  uchun  umumiy  grammatikalar,  bir  tildan  2-tilga  tarjima  qilish  texnikasi  va 

nazariyasining  yaratilishi  ushbu  metod  asosida  olib  borilgan  tadqiqotlar 

natijalaridir. Bu metod bir tilda oddiy tasvirlash metodidan foydalanilganda yuzaga 

chiqmagan xususiyatlarni ochib berishga yordam beradi.  

Bu  esa  tillarning  tarkibini  chuqurroq  o‘rganish  va  bilishga  imkoniyat 

yaratadi. Ikkinchi tomondan, chog‘ishtirish metodi lug‘atlar, qo‘llanmalar yaratish 

kabi  sof  amaliy  maqsadlarga  xizmat  qiladi.    Ushbu  metodni  qo‘llash  usullari 

quyidagilardir: 

  so‘z va qo‘shimchalarni farqlash, qo‘shimchalarning birikishini tavsiflash; 

  shevalar va tillar orasidagi tovush almashinuvi va mos kelishlikni aniqlash; 

  adabiy  til  me’yorlarini  ishlab  chiqish  va  ularga  o‘rgatish  metodikasini 

shakllantirish; 

  bir tilda ifodalangan ma’no yoki vazifa boshqa tilda qanday usul va vosita 

bilan berilishini aniqlash; 

  bir tilli (izohli) va ko‘p tilli tarjima lug‘atlari tuzish. 

Hozirgi  kunda  chet  tillarni    o‘rganish,  tarjima  nazariyasi  va  amaliyoti 

bo‘yicha  olib borilayotgan ilmiy tadqiqot ishlari, asosan, mazkur metod usullarini 

qo‘llash vositasida amalga oshirilmoqda, shu bois bugungi kunda  uning nazariy va 

amaliy ahamiyati yanada ortdi.  


Yüklə 0,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   90




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin