Umumiy tilshunoslik



Yüklə 0,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə73/90
tarix31.12.2021
ölçüsü0,74 Mb.
#113317
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   90
umumiy tilshunoslik

Tipologik    metod  esa  o‘zaro genetik bog‘liq va  genetik  bog‘liq bo‘lmagan 

til  oilalariga  tegishli  tillarni  qiyoslash    asosida  o‘rganadi.  Shu  xususiyati  bilan 

ushbu  metod  faqat  bir  til  oilasiga  kiruvchi  tillarni  tadqiq  qiluvchi  qiyosiy-tarixiy 



metoddan  farq  qiladi.    Ushbu  metodning  mohiyati  shundan  iboratki,  bunda  tillar 

genetik  jihatdan  qaysi  oilaga  mansub  bo‘lishidan  qat’iy  nazar  tuzilishidagi 

o‘xshash  va  farqli  jihatlariga  ko‘ra  qiyoslanadi,  tillarning  struktur-qurilish 

xususiyatlari  aniqlanadi,  muayyan  xulosalar  chiqariladi.  Tillarni  tipologik 

o‘rganishning  quyidagi  yondashuvlari    mavjud:  klassifikatsion-tasnifiy,  

xarakterologik,  belgili va ichki sistem yondashuvlar.  

  Klassifikatsion  yondashuv  tillarga  tasnifiy    yondashuv  morfologik  tasnif 

sifatida  o‘zak va qo‘shimchalar o‘zaro zid holda qiyoslab o‘rganiladi. 

  Xarakterologik  yondashuv  orqali    qiyoslanayotgan  har  bir  tilning 

tuzilishiga,  ya’ni  o‘ziga  xos  muhim,  xarakterli  xususiyatlari,  jihatlari 

aniqlanadi hamda  shu orqali tilga baho beriladi.   

  Belgili  yondashuv  tillarga  muayyan  belgi-xususiyatlar  (masalan,  fonetik, 

morfologik kabi) jihatidan yondashuv bo‘lib, bunda til  sathlari tipologiyasi 

(fonetik tipologiya, leksik tipologiya kabilar) yaratiladi.  

  Ichki  sistem  yondashuvda    muayyan  tildagi  muayyan  hodisalar  (fonetik, 

leksik  va  b.)  orasidagi  o‘zaro  munosabatlar,  aloqalar  o‘rganiladi  va  tadqiq 

qilinadi.   

 


Yüklə 0,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   90




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin