mentalingvistika, neyrolingvistika, matematik lingvistika, kognitiv lingvistika.
LINGVOPOETIKA
Til tinglovchiga ta’sir qiladigan qudratli vosita bo‘lgani uchun tilshunoslik
fani adabiyot bilan uzviy bog‘liq va bu lingvopoetika fanini yuzaga keltirgan.
Lingvopoetika – badiiy asarlarda qo‘llanilgan lingvistik birliklarning badiiy-
estetik vazifalarini, tilning konnotativ funksiyasini o‘rganadi. Badiiy til keng
qamrovli ob’ekt sifatida funksional darajalangan qismlarga, fragmentlarga
bo‘linish xususiyatiga ega. Biroq amalda ushbu ob’ektning ayrim fragmentlarigina
badiiy nutq tahliliga beriladi. Demak, badiiy nutq keng tushuncha bo‘lib, badiiy
asar tili badiiy nutqning bir ko‘rinishi, bir fragmenti hisoblanadi. U tilning
ekspressiv funksiyasini o‘z ichiga olgani uchun, til sistemasining barcha sath
birliklarining badiiy-estetik funksiyasini qamrab oladi. Shundan kelib chiqib,
lingvopoetika fonetik poetika, leksik poetika, sintaktik poetika kabi turlarga
bo‘linadi. Lingvopoetikaning vazifasi ushbu sohalarni alohida-alohida o‘rganish va
ularning o‘zaro munosabatini ham yoritib berishdan iborat.
Jumladan, fonetik-fonologik sathda bir xil tovushlar bir xil bo‘g‘inlarning
takrorlanib kelib, assonans (bir xil unlilarning takrorlanib kelishi), alliteratsiya (bir
xil undoshlarning takrorlanib kelishi) hodisalarini yuzaga keltirishi hamda
ta’sirchanlikni yuzaga keltiruvchi vosita sifatida xizmat qilishi o‘rganiladi.
hodisalarini bunga Masalan, Odamiy ersang demagil odami, onikim yo‘q xalq
g‘amidin g‘ami (A.Navoiy) aforizmidagi
o tovushining takrorlanib kelishi
assonans hodisasi, Derazamning tagida bir tup o‘rik oppoq bo‘lib gulladi
(H.Olimjon) she’rida oppoq so‘zida p tovushining alohida ohang bilan takror
aytilishi,
Qaro qoshing, qiyiq qoshing, quyuq qayrilma qoshing, qiz,
Qilib qatlimg‘a qasd, qilich qayrab qotil qaroshing, qiz.
Qafasda qalb qushin qiynab, qanot qoqmoqqa qo‘ymaysan,
Qarab qo‘ygin qiyokim, qalbni qizdirsin quyoshing, qiz. (E.Vohidov) she’rida
q tovushining takrorlanib kelishi nutqning ifodaviyligini oshirib, kuchli
ta’sirchanlikni yuzaga keltirgan.
Leksik sathda leksemalarning ko‘chma ma’nolarda qo‘llanishi (masalan, Aqlu
balog‘atning shotilaridan yuksala beringiz sekundlar sayin (G‘.G‘ulom) she’ridagi
shoti so‘zi bosqich ma’nosida ishlatilgan ) sintaktik sathda esa gap bo‘laklarining
joylashishi, gap tarkibida bir xil bo‘laklarning takrorlanib kelishi (masalan, Aziz
asrimizning aziz onlari aziz odamlardan so‘raydi qadrin (G‘.G‘ulom) she’rida
aziz
so‘zining takror kelishi, Rozimasman bir yosh tomsa ko‘zimdan, rozimasman sal
rang ketsa yuzimdan, Yo‘l oshsam-u, sal yashashdan adashsam, rozimasman unda
tamom o‘zimdan (H.Olimjon) she’rida
rozimasman, sal so‘zlarining,
Har bahorda
shu bo‘lar takror, har bahor ham shunday o‘tadi misrasida
har bahor
birikmasining takror qo‘llanishi kabi hodisalar badiiy nutqda ta’sirchanlikni
orttiruvchi vosita sifatida xizmat qiladi.
Dostları ilə paylaş: