MENTALINGVISTIKA
O‘tgan XX asrning 80-yillaridan boshlab ilmiy tadqiqotlar paradigmasi
o‘zgardi. Agar ilgari fundamental fanlar tomonidan nazariy g‘oyalar yaratilgan va
ular hayotga joriy etilgan bo‘lsa, ya’ni “nazariyadan amaliyotga” tamoyili
ustuvorlik qilgan bo‘lsa, hozir uning aksi kuzatilmoqda: nazariy tadqiqotlar
yo‘nalishini u yoki bu texnologiyaning taraqqiyotiga ehtiyoj belgilamoqda.
Endilikda tilning ichki tuzilishini o‘rganish bilan bir qatorda til sohibining
kommunikatsiya jarayonidagi o‘rni va roliga alohida e’tibor berila boshlandi.
Kommunikatsiya jarayonida so‘zlashuvchilarning amaliy bilimisiz tilni to‘liq
o‘rganib bo‘lmasligi aniq bo‘lib qoldi.
Dostları ilə paylaş: |