Umumiy tilshunoslik



Yüklə 0,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə89/90
tarix31.12.2021
ölçüsü0,74 Mb.
#113317
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   90
umumiy tilshunoslik

 

MATEMATIK LINGVISTIKA 

XX  asrning  o‘rtalariga  kelib    tilshunoslikda  bir  qator  lingvistik 

tushunchalarni aniqlashtirish ehtiyojini matematik lingvistika yo‘nalishini  yuzaga 

keltirdi.    Bu  muayyan  matematik  apparatlardan  foydalaniladigan  tadqiqot  usuli 

bo‘lib, hozirgi kunda ushbu atama 2 xil fan sohasiga nisbatan qo‘llanmoqda:  

1) matematikaning bo‘limi bo‘lgan va mantiq, algoritm nazariyasi bilan bog‘liq 

matematik lingvistika; 

2)  lingvistika  yo‘nalishi  bo‘lgan  va  matematik  usullardan  foydalaniladigan 

tadqiqot metodi ni o‘zida jamlagan  soha ham matematik lingvistika. 

Tilni  matematik  yo‘l  bilan  tasniflash    Sossyurning  tilga  shu  til  egalarining 

nutqiy faoliyati mexanizmi sifatida qarash ta’limoti asosida yuzaga kelgan.  

Nutqiy  faoliyat  natijasida  “to‘g‘ri  matn”  deb    ataluvchi  nutqiy  birliklar 

ketma-ketligi    yuzaga  keladi.  Muayyan  qonuniyatlarga    bo‘ysungan  ushbu 

birliklarni  matematik  tavsiflash  usullarini  ishlab  chiqish  va  o‘rganish  bilan 

matematik  lingvistika    fani  shug‘ullanadi.  Gapning  sintaktik  strukturasini 

tavsiflashda  2 xil usuldan foydalaniladi: 1) sintaktik birlik sifatida amal qiladigan 

ishtirokchilarni  aniqlash;  2)  gap  tarkibidagi  so‘zlarning  tobelanish  munosabatini 

tavsiflash. Bunda metod  Amerika struktur tilshunosligida “Bevosita ishtirokchilar 

metodi”  deb yuritilib, transformatsion grammatikaning  ko‘rinishi hisoblanadi.  



Matematik  lingvistikaning  yana  bir  tarmog‘i  formal  grammatika 

nazariyasi  bo‘lib,  u  N.Xomskiy  nomi  bilan  bog‘liq.  Formal  grammatika  alohida 

matnlarni emas, bir qancha to‘g‘ri matnlarni va qonuniyatlarni tavsiflash usullarini 

o‘rganadi.  Ushbu  qonuniyatlar    abstrakt  simvollar  orqali  belgilanadi,  bu  esa   


Yüklə 0,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   90




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin