1 Amaliy mashg‘ulot Mavzu: Kreativ pedagogning fikrlashi an’anaviy pedagog fikrlashidan farqli tomonini tahlil qilish.
UMUMIY TUSHUNCHA : Zamonaviy pedagog qiyofasi deganda uning tashqi va ichki ko‘rinishi nazarda tutiladi. Tarbiyachining tashqi ko‘rinishi pedagogning imidjiga albatta mos bo‘lishi lozim. Shuningdek, Tarbiyachining qiyofasi uning chehrasida va kiyinishida namoyon boladi.
Tarbiyachihar qanday kiyimda yurishi mumkin emas. U toza va ozoda, bejirim va latofatli kiyinishi kerak.
Maktabgacha ta’lim tarbiyachisining, birinchi navbatda, chiroyli kiyingani, nafis pardoziga qarab ham yaxshi ko‘radi. Undan keyin, uning chehrasiga, ko‘zlaridagi mehrga qaraydilar. Agar Tarbiyachining ko‘zlarida bolalarga nisbatan mehr bo‘lmasa, u qanchalik chiroyli va qimmatbaho kiyingan bo‘lmasin, bolalar uni yaxshi ko‘rmaydi. Shu sababli Tarbiyachiningistarasi issiq bo‘lishi ham zarur.
Shu bilan birga intellektual salohiyatning o‘sishi, sifat darajasida rivojlantirish nafaqat ta’lim samaradorligining oshishiga, shu sohadagi tizim takomillashuviga o‘z ta’sirini o‘tkazibgina qolmay, balki mazkur ijtimoiy tizimning barcha sohalarini o‘sishiga ham sezilarli darajada ta’sir etadi. Shuning uchun ham bugungi kunda ta’limdagi strategik yo‘nalishlardan biri ta’lim muassasalarining innovatsion faoliyati asosiy omil sifatida belgilab berilayapti.
1-TOPSHIRIQ.
2-TOPSHIRIQ. Quyidagi jadvalni daftaringizga chizib to’ldiring va mavzuni yoritib bering.
Bilaman
Bildim (mavzudan olingan yangi ma’lumotlar)
Bilishni istayman (qiziqtirgan savollar)
MUSTAHKAMLASH UCHUN SAVOLLAR: 1. Pedagogning kasbiy rivojlanish pog‘onalari nimalardan iborat?
2. Innovatsion salohiyat bo‘yicha “muallifli” dasturlari nimalarni o‘ziga qamrab oladi?
3. Tarbiyachining pedagogik mahorati mazmuni nima?