1.Talabalarning savod o‘rgatish asosiy davri yuzasidan ma’ruza da o‘rganilgan nazariy bilimlarini amaliyotga tatbiq etish ko‘nikmalarini shakllantirish.
Savod o‘rgatish asosiy davri «Alifbe» va yozuv darslari reja konspektini tayyorlashni o‘rgatish.
Dars ishlanmasi yuzasidan fikr-mulohaza bildirishga o‘rgatish
«Alifbe» darsligi va «Yozuv daftarlari»da berilgan o‘quv materiallarini tahlil qilishga o‘rgatish.
3.Talabalarning bilimga bo‘lgan qiziqishlari va faolliklarini oshirish. O‘quv faoliyatining natijasi
Talabalar bilishi kerak
Savod o‘rgatish asosiy davri «Alifbe» va yozuv darsi ishlanmasini tuza olish.
Eshitilgan dars ishlanmasi yuzasidan o‘z fikr-mulohazasini bildirish.
«Alifbe» darsligi va «Yozuv daftarlari»da berilgan o‘quv materiallarini tahlil qilish.
Metod. Aqliy hujum, suhbat.
«Savod o‘rgatish tayyorgarlik davri» yuzasidan o‘rganilganlar quyidagi savollar asosida eslatiladi.
Savod o‘rgatish jarayoni qancha davom etadi va qanday davrlashtiriladi?
«Alifbe tayyorgarlik davri»ning maqsad va vazifalarini ayting.
Alifbe davrida beriladigan amaliy bilimlarini ayting.
Mashg‘ulot tashkil qilinib, ta’limiy o‘yin o‘tkaziladi. Topshiriqqa 6 ta guruhdan bittadan talaba javob beradi. Javoblar mazmun jihatdan bog‘langan, hozirgi kun talabiga javob bera oladigan bo‘lishi lozim.
Har bir guruh uch daqiqa davomida o‘zaro maslahatlashib, eng ma’qul dars ishlanmasi va unga tayyorlangan ko‘rgazmani tayyorlaydilar. Tanlangan dars ishlanmasi asosida guruh tayyorgarlik davri «Alifbe» mini darsini o‘tadilar.