Mashg‘ulot tashkil qilinib, ta’limiy o‘yin o‘tkaziladi. Topshiriqqa 6 ta guruhdan bittadan talaba javob beradi. Javoblar mazmun jihatdan bog‘langan, hozirgi kun talabiga javob bera oladigan bo‘lishi lozim.
Har bir guruh uch daqiqa davomida o‘zaro maslahatlashib, eng ma’qul dars ishlanmasi va unga tayyorlangan ko‘rgazmani tayyorlaydilar. Tanlangan dars ishlanmasi asosida guruh tayyorgarlik davri «Alifbe» mini darsini o‘tadilar.
Dars ishlanmalari eshitilganch, talabalar darsini tahlil qiladilar, ya’ni darsning mavzusi, maqsadining belgilanishi, dars qurilishi, tanlangan metod va ish turlari, ko‘rgazmalar haqida yutuq, kamchiliklarini aytadilar, fikr-mulohaza bildiradilar.
O‘qituvchi talabalarning javoblarini umumlashtiradi va tegishli tavsiyalarni beradi.
2-qism
Tayyorgarlik davri yozuv darsi ishlanmasi. Hamkorlikda o‘qitish texnologiyasining kichik guruhlarda O‘qitish metodida modul shaklida olib boriladi. 6 ta guruhning har biriga ilovadagi topshiriq beriladi.
Muhokama uchun savol-topshiriqlarga javob beradi
Talabalarning ishlari yig‘ib olinadi. Mashg‘ulotda qatnashgan talabalarga reyting ballari qo‘yilib, mashg‘ulot yakunlanadi.
Foydalanilgan adabiyotlar.
K. Qosimova, S. Matchonov, X. G‘ulomova, SH. Yo‘ldosheva, SH. Sariev “Ona tili o‘qitish metodikasi”. T. “Noshir”. 2009 .
Boshlang‘ich ta’lim bo‘yicha yangi tahrirdagi davlat ta’lim standarti, T-2005.
Boshlang‘ich ta’lim bo‘yichak yangi tahrirdagi o‘quv dasturi. «Boshlang‘ich ta’lim», 2005 yil, 5-son
Safarova R va boshqalar, «Savod o‘rgatish», T-2004
Abdullayeva Q va boshqalar, «Savod o‘rgatish» T-1996
G‘afforova T va boshqalar, «1-sinfda savod o‘rgatish», T-1997
G‘ulomov M «Yozuv daftari», T-2010 1-ilova.
Savod o‘rgatishning asosiy davri o‘qish darsi ishlanmasi. Hamkorlikda O‘qitish texnologiyasining kichik guruhlarda O‘qitish metodida modul shaklida olib boriladi. 6 ta guruhning har biriga quyidagi topshiriq beriladi.
Savod o‘rgatish, grafik malaka, savod o‘rgatish bosqichlari, harf, yozuv chizig‘i, harf shakli, kesma harf, bo‘g‘in, gap, dastur, DTS.