Umummetodologik fanlar kafedrasi



Yüklə 0,52 Mb.
səhifə37/107
tarix03.06.2023
ölçüsü0,52 Mb.
#127748
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   107
Analiz-sintez metodi savod o‘rgatish darslariga rus-tuzem maktablari va tatar o‘qituvchilarining faoliyati orqali kirib kelgan. Ona tili ta’limi jarayoniga analiz-tahlil grammatik hodisaning muhim belgilarini aniqlash maqsadida, o‘rganilgan grammatik tushunchaning yangi qirralarini ochish va mustahkamlash maqsadida tatbiq etiladi. Fonetik, leksik, morfologik va sintaktik tahlil shu metodning amalda namoyon bo‘lishidir. Sintez qismlarga bo‘lib o‘rganilgan grammatik materialni yaxlitlashdir. Masalan, ot, sifat, fe’l, son kabi so‘z tur­kumlari o‘rganilayotganda ularga oid so‘zlar beriJib, ular ishtirokida gap tuzish, aralash berilgan so‘zlardan gap tuzish, aralash berilgan gaplarni voqealar rivoji asosida tartiblashtirib matn tuzish, mazmunan tahlil qilingan rasm asosida hikoyacha tuzish kabi ishlarda sintez metodi namoyon bo‘ladi. Analiz-sintez metodida ham o‘quvchilarni faollashtirish o‘qituvchining o‘quvchilarga beradigan savol va topshiriqlariga, ishni tashkil etish shakllariga bog‘liq bo‘ladi.
Induksiya metodida o‘quvchilar o‘qituvchi tavsiya etgan til dalil- larini kuzatadi, tahlil qiladi va shu asosda xulosa va ta’riflar keltirib chiqaradi.
Deduksiya metodida o‘quvchi tayyor qoida - ta’rif bilan tanishadi va uning mohiyatini til dalillari asosida ochadi. Bu metodlarmng samarasi o‘qituvchining savol-topshiriqiari maz- muni grammatik hodisaning muhim tomonlariga yo‘naltirilganligiga, izchilligiga, faoliyatni tashkil etish shakllariga, o‘quv vositalari (darslik, turli xarakterdagi lug‘atlar, rasm, jadvallar, texnik vositalar)ga bog‘liq bo‘ladi.
Xulosa qilib aytganda yuqoridagi barcha metodlarning muvaflfaqiyati o‘qituvchining beradigan savol-topshiriqlariga bog‘liq. Yoi-yo‘lakay duch kelgan savollar bilan kichik yoshdagi o‘quvchinmg anglash faoliyatini ishga solish kutilgan natijani bermaydi.
Savol va topshiriqlar
1. Boshlang‘ich sinflarda ona tili kursining mazmunini izohlang.
2. Til va jamiyat haqida o‘z fikringizni bayon eting.
3. Til va Tafakkurni munosabatini qanday tushunasiz?
4. Til va nutq to‘g‘risida fikringiz?
5. Til va faoliyatni izohlang.
6. „Grammatika, imlo va nutq o‘stirish“ dasturi bo‘limlari („Tovushlar va harflar", ,,So‘z“, ,,Gap“, „Bog‘lanishli nutq“)ni chuqur o‘rganib, uning chizmasini tuzing. Sinfdan-sinfga ko‘chgan sari har bir bo‘lim materiali qiyinlashib borishini kuzating.
7. Kichik yoshdagi o‘quvchilarda ona tili o‘qitish jarayonida ilmiy dunyo­qarash qanday shakllantiriladi?
8. Boshlang‘ich sinflarda ona tili darslarida qo’llaniladigan metodlarni izohlang.
9. Ona tili darslarida qo’llaniladigan metodlarning ahamiyati nimadan iborat.
10. Boshlang‘ich sinf ona tili darslarida qo‘llaniladigan usullarni ta’riflang.



Yüklə 0,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   107




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin