Umummetodologik fanlar kafedrasi



Yüklə 0,52 Mb.
səhifə50/107
tarix03.06.2023
ölçüsü0,52 Mb.
#127748
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   107
Savol va topshiriqlar
1. Maktabda so‘zning morfemik tarkibi va so‘z yasalishini o‘rganish nima uchun katta ahamiyat kasb etadi?
2. 1-4-sinflarda so‘zning morfemik tarkibini o‘rganish tizimi mohiyatini tushuntiring.
3. Siz o‘quvchilarni bir xil o‘zakli so‘zlarning muhim belgilari bilan qanday tanishtirardingiz? Bu tushunchani shakllantirishga qanday shartlar yordam beradi?
4. So‘z yasovchi qo‘shimchaning tilimizdagi ahamiyatini o‘zlashtirishda o‘quvchilarga qanday yordam bcriladi?
5. Shakl yasovchi qo‘shimchalarni o‘rganishning o‘ziga xos xususiyatlarini tushuntiring.
6. Dasturga muvofiq so‘zning tarkibi va yasalishiga oid dars ishlanmasini tayyorlang.
Tavsiya etiladigan adabiyotlar
1. Qosimov K. va boshqalar. Ona tili o‘qitish metodikasi. –T.: Nosir, 2009.
2. Qosimov K. Boshlang‘ich sinflarda ona tili o‘qitish metodikasi. –T.: O‘qituvchi, 1995.
3. Roziqov O. va boshqalar .Ona tili didaktikasi –T.: Yangi asr avlodi, 2005.


7-mavzu: Boshlang‘ich sinflarda so‘z turkumlarini o‘qitish metodikasi. Ot so‘z turkumi
.
Reja:
1.Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida so‘z turkumlari haqidagi ko‘nikmalarni shakllantirish yo‘llari
2. Ot so‘z turkumini o‘rgatish metodikasi
3. Otning leksik va grammatik ma’nosi ustida ishlash
4. Otlarda son haqida tushunchani o‘rganish metodikasi
Asosiy tushunchalar va tayanch iboralar: so‘z turkumlari, ot, sifat,son, fe’l, olmosh, bog‘lovchi, egalik qo‘shimchalari, birlik va ko‘plik, kelishik qo‘shimchalari.
So‘z turkumlari ustida ishlash metodikasining lingvistik asosi so‘zlarning leksik-grammatik, morfologik va sintaktik belgilariga ko‘ra turli guruhlarga ajratilishi, ya’ni so‘z turkumlari haqidagi ilm hisoblanadi.
So‘zlarni leksik-grammatik turkumlarga ajratishda uch belgiga:
1)leksik ma’nosi (nimani ifodalashi, ya’ni shaxs, narsa, harakat yoki liolat, belgi kabilarning umumlashtirilgan ma’nolari), 2) morfologik (so‘zning turli shakllari tizimi) va 3) sintaktik (turli morfologik shakl- larning sintaktik vazifa bajarishi) belgilariga asoslaniladi. Demak, so‘z turkumlari ustida ishlash o‘quvchilarning muayyan guruhdagi so‘zlarning umumlashtirilgan ma’nolarini, kishilarning aloqa vositasi sifatidagi rolini tushunib olishlariga qaratilishi zarur.
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari so‘z turkumlari (ot, sifat, son, ol- mosh, fe’l) bilan umumiy tanishtirilgandan so‘ng har bir leksik-gram­matik guruh alohida o‘rganiladi. Bu so‘z turkumlarini o‘rganishning boshlang‘ich bosqichidayoq ularni taqqoslashga qulay sharoit yaratadi va shakllantiriladigan grammatik tushunchaning asosiy tomonlarini aniqroq ajratishga imkon beradi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari ot, sifat, son, fe’lning quyidagi xususiyatlarini bilib oladilar:
-so‘z nimani bildirishi (shaxs, narsa, belgi, miqdor va tartib, harakat yoki holat);
-qanday so‘roqlarga javob bo‘lishi;
-o‘zgarish-o‘zgarmasligi, qanday doimiy kategoriyalari mav- judligi;
-gapda, asosan, qanday bo‘lak vazifasida kelishi.
O‘quvchilar mana shu o‘rgangan belgilari asosida so‘z turkum­larini taqqoslaydilar. Ular nimani o‘rganganlariga qarab, har bir so‘z turkumining grammatik belgilari haqidagi bilimlari asta kengaya va chuqurlasha boradi. Dasturga ko‘ra, boshlang‘ich sinfda so‘zlar dastlab javob bo‘ladigan morfologik so‘roqlariga qarab guruhianadi. 3-sinfda „So‘z turkumi" tushunchasi shakllantiriladi. O‘quvchilar har bir so‘z turkumiga xos ayrim belgilar (so‘z turkumlarining umumlashtirilgan leksik ma’nolari, otlarning birlik va ko‘plikda qo‘llanishi, bo‘lishli va bo‘lishsiz fe’llar, ot, sifat, son va fe’lning gapdagi vazifasi) bilan tanishtiriladi. 4-sinfda so‘z turkumlarining morfologik-sintaktik xususi­yatlari haqidagi bilim chuqurlashtiriladi: o‘quvchilar otlarning egalik va kelishiklar bilan o‘zgarishini, sifat va sonning gapdagi vazifasini, kishilik olmoshiari va ularning kelishiklar bilan turlanishini, fe’llarda shaxs-son va zamonni o‘rganadilar. Quyidagi jadvalda boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining so‘z turkumlari yuzasidan bilimlari hajmi ko‘rsatilgan:

So‘z turkumlari

Ot

Sifat

Son

Olmosh

Fe’l

1. Shaxs, narsa va joy nom ini bildiradi.

1.Shaxs va narsaning belgisini bildiradi.

1.Shaxs, narsaning sanog‘i va tartibini bildiradi.

1.Kishilik olmoshiari shaxsni bildiradi va ot o‘rnida qoMlanadi.

1. Shaxs, narsaning harakatini bildiradi.

2. Kim?, nima?, qayer?
so‘roqlariga javob bo‘ladi.

2. Qanday? yoki qanaqa?
so‘rog‘iga javob boMadi.

2. Necha?
yoki
nechanchi?
so‘rog‘iga
javob
bo‘ladi.

2.Kishilik olmoshiari kim? so‘rog‘iga javob boMadi.

2. Nima qildi?, nima qiladi?, nima qilyapti? nima qiimoqchi? kabi so‘roqlarga javob boMadi.

3. Birlik va ko‘plikda qo‘llanadi.

3.‘zgarmaydi.

3.0‘zgarmaydi.

3. Ular birlik va ko‘plikda bo‘ladi.

3. Bo‘lishli va bo‘lishsiz shaklda qo‘llanadi.

4.Egalik qo‘shimchalari bilan o‘zgaradi.

4.Gapda ikkinchi darajali bo‘lak vazifasida keladi.

4. Gapda ikkinchi darajali bo‘lak vazifasida keladi.

4.Kishilik olmoshiari kelishik qo‘shimchalari bilan qoMlanadi.

4.Shaxs-son qo‘shimchalari bilan tuslanadi.

5.Kelishik qo‘shimchalari bilan turlanadi.

5.Sifatlar yasaladi.

5.Sonlar yasalmaydi.

5.Ular gapda bosh va ikkinchi darajali bo‘laklar vazifasida keladi.

5. Uch zamonni bildiradi.

6. Gapda ega yoki ikkinchi darajali bo‘lak vazifasida keladi.







6. Olmoshlar yasalmaydi.

6. Gapda kesim vazifasida keladi.

7. Otlar yasaladi.










7. Fe’llar yasaladi.

O‘quvchilarda so‘z turkumlarini bilish ko‘nikmasi ularning belgilari yig‘indisini egallashlari asosida shakllantiriladi. Masalan, gul, gullar, gulladi so‘zlarining qaysi so‘z turkumiga kirishini bilish uchun 2-sinf o‘quvchisi quyidagicha fikr yuritadi: nima? -gul, bu so‘z narsani bildiryapti, ko‘plikda qo‘llanadi — gullar, bu ot; guldor so‘zi qanday?
so‘rog‘iga javob bo‘lyapti, narsaning belgisini bildiryapti, bu — sifat; gulladi so‘zi nima qildi? so‘rog‘iga javob bo‘lyapti, narsaning harakatini bildiryapti, bo‘lishsiz shaklda qo‘llanadi-gullamadi, bu-fe’l.
Boshlang‘ich sinflar dasturi o‘quvchilarni so‘z turkumlari mustaqil va yordamchi so‘z turkumlariga bo‘linishi bilan maxsus tanishtirishni ko‘zda tutmaydi, ammo o‘qituvchi bolalarni so‘z turkumlarining bel­gilari bilan amaliy tanishtiradi.
So‘z turkumlarini o‘rganishdagi asosiy vazifa o‘quvchilarning og‘zaki va yozma nutqini o‘stirish, lug‘atini yangi ot, sifat, son, fe’llar bilan boyitish, o‘quvchilar shu vaqtgacha foydalanib kelayotgan so‘zlarning ma’nosini aniq tushunishiga erishish, bog‘lanishli nutqda u yoki bu so‘zdan o‘rinli foydalanish malakasini o‘stirish hisoblanadi. Bu vazifalarni muvaffaqiyatli hal qilish uchun so‘z turkumlarini o‘rganish jarayonida sinonim, antonimlar (atamalar berilmaydi) ustida muntazam ish olib boriladi, o‘quvchilar ko‘p ma’noli so‘zlar, ularning o‘z va ko‘chma ma’noda ishlatilishi bilan tanishtiriladi. Bunda ta’limni o‘quvchilarning shaxsiy tajribalari, bevosita ko‘rganlari, radiodan eshitganlari, kitobdan bilib olganlari bilan bog‘lash muhim ahamiyatga ega.
O‘quvchilarda kuzatish, muhim narsalarni sezish ko‘nikmalarini shakllantirish, atrof-muhit haqidagi bilimlarini boyitish bilan bir vaqtda ularning nutqini o‘stirish vazifasi ham amalga oshiriladi.

Yüklə 0,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   107




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin