Umummetodologik fanlar kafedrasi


Tavsiya etiladigan adabiyotlar



Yüklə 0,52 Mb.
səhifə59/107
tarix03.06.2023
ölçüsü0,52 Mb.
#127748
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   107
Tavsiya etiladigan adabiyotlar
1. Qosimov K. va boshqalar. Ona tili o‘qitish metodikasi. –T.: Nosir, 2009.
2. Qosimov K. Boshlang‘ich sinflarda ona tili o‘qitish metodikasi. –T.: O‘qituvchi, 1995.
3. Roziqov O. va boshqalar .Ona tili didaktikasi –T.: Yangi asr avlodi, 2005


12-mavzu: Boshlang‘ich sinflarda punktuasiya elementlarini o‘rganish metodikasi.


Reja:

  1. Kichik yoshdagi o‘quvchilarni punktuatsiya bilan tanishtirish

  2. Punktuatsiyada semantik, sintaktik va intonatsion qoidalar

  3. Nuqta, vergul, so‘roq va undov tinish belgilarini o‘z o‘rinida ongli ishlatishga o‘rgatish

Ma’lumki, punktuatsiya tinish belgilarining ishlatilishi haqidagi qoidalar yig‘indisidir. „Punktuatsiya ham yozuv kabi kishilar orasidagi aloqaning muhim vositalaridan biri sanaladi“. Boshlang‘ich sinflarda to‘rtta tinish belgisi: gap oxirida nuqta, so‘roq, undov belgisi hamda uyushiq bo‘lakli, undalmali gaplarda vergulning ishlatilishi haqidagi qoidalar o‘rgatiladi. Boshlang‘ich sinflarda o‘rgatiladigan tinish bclgilari kam bo‘lishiga qaramay, o‘ qituvchi har bir sinfda tinish belgilari ustida muntazam ish olib borishi zarur.


Kichik yoshdagi o‘quvchilarni tinish belgilari bilan tanishtirishda o‘qituvchi, avvalo, ularning yozma nutqda ishlatilishi va o‘rnini ko‘rsatadi. Tinish belgisi fikrni to‘g‘ri, boshqalarga tushunarli qilib ifodalash uchun muhim ekanini tushuntiradi. Masalan, nuqtaning roli bilan elementar tarzda tanishtirish uchun gaplarga ajratilmagan (ti­nish belgilari qo‘yilmagan) yaxlit matn o‘qitiladi; o‘quvchilar bunday matnni o‘qish va mazmuniga tushunish qiyin ekanligiga ishonch hosil qiladilar.
Punktuatsiya semantik, sintaktik va intonatsion qoidaga asoslanadi. Bu uch asos bir-biriga o‘zaro ta’sir qiladi. Xat yozuvchi tinish belgisini qo‘yishda, avvalo, bayon etadigan fikrining mazmuniga asoslanadi. Nutqning mazmun tomoni gapning qurilishiga ham ta’sir qiladi. Shuning uchun o‘quvchilarga tinish belgilarining qo‘llanilishini o‘rgatishda biror gapda tinish belgilarini qo‘llashni belgilaydigan semantik-sintaktik tamoyilga asoslaniladi.
1-sinf o‘quvchilari savod o‘rgatish davridayoq nuqta, so‘roq va undov belgilari bilan amaliy tanishtiriladi. Bolalar „Alifbe" o‘qimasalar ham, rasmga qarab gap tuzadilar.
O‘qituvchi ularga talaffuzda bir gap boshqasidan to‘xtam (pauza) bilan ajratilishini, gapning oxirida ovoz pasayishini tushuntiradi. Bolalar, o‘qituvchi topshirig‘iga ko‘ra, 3-5 gapli kichik matnni gaplarga ajratadilar va o‘rtasida to‘xtam qilish hikoya mazmunini aniq tushunishga yordam berishiga ishonch hosil qiladilar. Ular gapni to‘g‘ri talaffuz qilishni o‘rgana boshlaydilar. Bu gap oxiriga nuqta qo‘yilishi bilan tanishtirish uchun mazmuniy va intonatsion grafik chizmadan foydalaniladi. Masalan, bolalar gap tuzadilar, undagi so‘zlarni sanaydilar va o‘qituvchi rahbarligida chiziqcha bilan belgilaydilar.
O‘zbekiston bizning Vatanimiz(- - - ). Boshqa gap tuzib, uni ham chiziqcha bilan belgilaydilar.
Biz uni sevamiz (- - - ).
O‘qituvchi uni og‘zaki izohlaydi. So‘roq va undov belgilari ham savod o‘rgatish davrida tanishtiriladi. Bunda ovozning biroz ko‘tarib o‘qish zarurligi tushuntiriladi. Undov belgisini qo‘yishda esa gapning his-hayajon ifodalashi va alohida ohang bilan o‘qilishi izohlanadi.
II sinfda ,,Gap“ bo‘limi materiallarini o‘rganish paytida nuqta, so‘roq belgisi va undov belgisini qo‘yish o‘quvchilarga atroflicha o‘rgatiladi.
IV sinfda ,,Gapning uyushiq bo‘laklari“ mavzusi o‘rganilganda vergul qo‘yilishi sharhlanadi.
O‘quvchilar turli xil mashqlarni ishlash jarayonida chiziq, ikki nuqtaning qo‘llanishi bilan ham amaliy tanishadilar. Masalan, olma,olcha, nok – meva. Kitob – bilim bulog‘i, o‘quvchining o‘rtog‘i.
Dastur talabiga ko‘ra, boshlang‘ich sinflarda qo‘shma gap bilan ham tanishtiriladi. Bunda sodda gap bilan qo‘shma gap o‘zaro taqqoslanadi. Ish ishtaha ochar, dangasa ishdan qochar. (Maqol.) Bahor keldi, ariqlarda suvlar to‘lib oqa boshladi.
Shu bilan bir qatorda ammo, biroq, lekin, shuning uchun bog‘lovchilari qatnashgan qo‘shma gaplarda vergulning qo‘yilishi ham tushuntiriladi.
Ona tili darslarini o‘qish darslari bilan boglash sintaksis va punktuatsiya elementlari ustida ishlashning metodik shartlaridan biri hisoblanadi. O‘quvchilar bu darslarda sintaksis sohasidagi bilimlariga asoslangan holda ifodali o‘qish, so‘zni aniq ishlatish, o‘z fikrlarini grammatik to‘g‘ri shakllantirishga o‘rganadilar. Shunday qilib, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining gap haqidagi elementar bilimlari og‘zaki va yozma nutqda gapdan ongli foydalanishni ta’minlaydi. Xullas, o‘quvchilarga tinish belgilari haqidagi qoidalarni mukammal o‘rgatish uchun sintaktik-punktuatsion tahlil, bayon va insholarda tinish belgilarining qo‘llanishini sharhlash kabi mashqlardan foydalaniladi.

Yüklə 0,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   107




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin