Unicon-soft


Cabinet.ijro.uz tizimida ishlash tartibi



Yüklə 1,41 Mb.
səhifə4/5
tarix10.03.2022
ölçüsü1,41 Mb.
#114806
1   2   3   4   5
(lotin)Ijro.gov.uz tizimida qurilmani boshqarish (kadr) (2) (2)

Cabinet.ijro.uz tizimida ishlash tartibi

Qabul qilingan qurilmalarni ijro.gov.uz tizimidagi hodimlarga bog’lash, shuningdek qurilmaga hodimning elektron raqamli imzosini joylashtirish amallarini tashkilot kadrlar hodimi cabinet.ijro.uz tizimi orqali amalga oshiradi.

Kadrlar bo’limi hodimi kompyuteriga qurilma drayveri va Uzcryto modulini o’rnatgandan so’ng cabinet.ijro.uz tizimiga login va parol yordamida kiradi.


(12-rasm)

12-rasm


Cabinet.ijro.uz tizimiga kirilganda sahifaning yuqori qismida “Foydalanuvchilar” tugmasi bosiladi va quyida tashkilot hodimlari ro’yxati keltiriladi. (13-rasm)

13-rasm


Qurilmani hodimga bog’lash uchun qurilma kompyuterga ulanadi (kompyuterning USB portiga joylanadi), ro’yxatdan kerakli hodim ustiga bosiladi. Sahifaning o’ng qismida tanlangan hodim ma’lumotlari keltiriladi.

Eslatma: tizimda hodimga qurilmani bog’lash uchun hodim mehnat.uz tizimi ma’lumotlar bazasida ro’yxatdan o’tgan va ijro.gov.uz tizimida identifikatsiyadan o’tgan bo’lishi shart.

Ro’yxatda ijro.gov.uz tizimidan identifikatsiyadan o’tgan hodimlar Familiya ismi va sharifi yonida maxsus belgi bo’ladi. (14-rasm)



14-rasm


Maxsus belgisi yo’q bo’lgan hodimlar identifikatsiyadan o’tmagan hisoblanadi. Identifikatsiyadan o’tmagan hodimlarni identifikatsiyadan o’tkazish tartibi quyidagisha: kerakli hodim ustiga bosiladi, sahifaning o’n qismida tanlangan hodim ma’lumotlari ochiladi. ЖШШ ИР maydonig hodimning ЖШШ ИР (14 ta raqam) raqami kiritiladi va quyida “Tekshirish tugmasi bosiladi (14.1-rasm)

14.1-rasm

“Tekshirish” tugmasi bosilganda hodim haqidagi ma’lumotlar keltiriladi va quyida “Hodimni tasdiqlash” tugmasi bosiladi. Shu tartibda hodim identifikatsiyadan o’tkazilad. (14.2-rasm)

14.2-rasm

Ro’yxatda qurilma bog’langan hodimlar (electron raqamli imzo shakillantirilgan) esa quyidagicha belgi bilan ajratiladi (147.3-rasm).

14.3-rasm

Identifikatsdiyadan o’tgan hodim tanlanadi, sahifaning o’ng qismidagi tanlangan hodim ma’lumotlarining oxirgi “Tokenlar ro’yxati” maydoni ustiga bosiladi, kompyuterga ulangan qurilma kodi chiqadi va ushbu kod ustiga bosiladi. Kod ustiga bosilgandan so’ng quyida “Elektron raqamli imzo generatsiya qilish” tugmasi hosil bo’ladi va ushbu tugma bosiladi. (“Bloklash” tugmasi bosliganda ushbu qurilma bloklanadi va qurilma yordamida tizimga kirish imkoniyati cheklanadi, Bloklangan qurilmani ‘”faollashtirish” tugmasi yordamida aktivlashtiriladi va barcha cheklovlar qurilmadan yechiladi) (15-rasm)

15-rasm


“Elektron raqamli imzo generatsiya qilish” tugmasi bosilganda qurilmaga parol berish oynasi ochiladi, ochilgan oynadagi maydonga qurilma paroli belgilab beriladi va “OK” tugmasi bosiladi. (16-rasm)

16-rasm


Shu tartibda qurilmaga ma’lum hodim bog’lanadi va ushbu hodim elektron raqamli imzosi qurilmaga yoziladi.


  1. Yüklə 1,41 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin