Uning oti turkiy bitiglarda



Yüklə 397,75 Kb.
tarix05.10.2022
ölçüsü397,75 Kb.
#118118
Презентация2


Bitiktosh
Sharq sivilizatsiyasi tarixi, jamiyatning ma’naviy-ma’rifiy takomilida o‘tmishda yashab ijod etgan shoirlar, adabiyot ahlining xizmati katta bo‘lgan. Turkiy, xususan, o‘zbek yozma adabiyotining yuzaga kelishi va rivojida Ikkinchi turk xoqonligi davrida yashab ijod etgan adib va tarixnavislar To‘nyuquq hamda Yo‘llug‘ tiginning o‘rni beqiyos. Ushbu ijodkorlarni turkiy yozma adabiyotining, turkiy tarixnavislikning asoschilari desa bo‘ladi.
Bilga To‘nyuquq – Ikkinchi turk xoqonligining barpo etiluvi va saltanatning mustahkamlanishiga munosib ulushini qo‘shgan davlat arbobi, shu bilan birga, ulug‘ faylasuf, tarixchi va o‘z davri adabiyotining yirik namoyandalaridan biri, taniqli adib edi. U uch xoqon – Qutlug‘ (Eltarish - Eltaris; hukmronlik davri 682–692 yillar), Bo‘gu (Qapg‘an-Qapag‘an; hukmronlik davri 692–716 yillar) hamda Bilga xoqon (hukmronlik davri 716–734 yillar)ning maslahatchisi va qo‘mondoni o‘tgan. “O‘shanda kengashchi ham mening o‘zim edim, urushuvchisi ham men edim”, deya xotirlaydi bu to‘g‘rida muallif o‘z asarida. Ayniqsa, Qutlug‘ va Bilga xoqon taxtda ekanliklari chog‘ida uning obro‘si va mavqei baland bo‘lgan. To‘nyuquq Bilga xoqonning qaynotasi ham edi. Yozuvchi va tarixchi Yo‘llug‘ tigin To‘nyuquqqa nevara bo‘ladi.
To‘nyuquq turkiy yozma adabiyotning eng keksa namoyandasi, undan ilgari yashab ijod etgan turkiy ijodkor ma’lum emas.
Uning oti turkiy bitiglarda yoki qo‘shaloq harflari bilan ikki xil yozilgan: TO‘NuQuQ hamda TO‘NYuQuQ. Harqalay, birinchi harfi bilan yozilgani ham [ny] deb talaffuz etilgan bo‘lishi kerak.
To‘nyuquqning tug‘ilgan va o‘lgan yili ma’lum emas. Liu Mau-tsan xitoy manbalarini tahlil etar ekan, To‘nyuquq 716 yili yetmish yoshlarda edi, degan fikrni bildiradi.
G. Klouson, L. Bazin uning ana shu fikriga tayanib, To‘nyuquq 646–647 yillarda tug‘ilgan, degan xulosaga kelgan.
To‘nyuquq Tabg‘achda tug‘ilib tarbiya topgan. Uning ota-onasi o‘sha yerga borib yashab qolgan turk zodagonlaridan bo‘lishi kerak; yosh To‘nyuquqning bilim olishga sharoiti yetarli bo‘lgan.
Kul tigin va Bilga xoqon yodnomalari xoqon va ulug‘ sarkardalar xotirasiga o‘rnatilgan oddiy bitiglar emas. U ulug‘ yo‘lboshchining butun turkiy ulusga, kelajak o‘g‘il-qizlarga murojaati, o‘gitlari, sabog‘i edi. Ushbu qabrtoshlar tiklangan manzilni ulus muqaddas bilib, u yerni ziyorat qilgan, ulug‘ xoqon, milliy qahramonlarga o‘z hurmatini bildirgan. Bitiglarni o‘qib, ulardan saboq olgan.
E’tiboringiz uchun rahmat!!!!!!!!!!

Yüklə 397,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin