Universitet: Toshkent viloyat davlat pedagogika instituti Fakul’tet: Filologiya Kafedra: «O`zbek adabiyoti va o`qitish metodikasi»



Yüklə 0.62 Mb.
səhifə11/11
tarix29.06.2018
ölçüsü0.62 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11

Оshal german urushi to’xtagan on,


Poyizlarda kelur oshliq bilan non-

degan chuchmal javob qaytaradi.

Reaktsion ulomalar, diniy-mistik shoirlar, shuningdek jadidlar xalqni qiyinchiliklarga chidashga, balolarga sabr-qanoat qilishga, kecha-kunduz toat-ibodat qilib, oq podshoga o’alaba tilashga chaqiradilar.

Zavqiy she’rning keyingi misralarida ana shu qora kuchlarning razil, munofiqona harakatini ochib talshalydi.

Mehnatkash ommoning kelajak haqidagi orzu-istaklarini shoir 1916 yil noyabr’-dekabr’ oylarida yozgan «Ajab ermas» she’rida aks ettiradi. Bu she’r shoir qarashidagi demokratizm, vatanparvarlik taraqqiyparvarlik o’oyalarini yorqin ifodalaydi. Bu she’r shoirning revolyutsiyagacha yozgan she’rlarining eng a’losi, ijodining yuqori cho’qqisi hisoblanadi.

Muxammas tarzida yozilgan bu she’r to’rt band (20 misra) dan iborat bo’lib, har bandida shoir o’z vatanining kelajakdagi ozodligi, farovonligi haqida optimistik mulohazalar yuritadi. Kelajakda zolimlar yo’qolib, ochlik, muhtojlik, jabr-zulm bilan to’lgan kunlar suv betidagi hubob (ko’pik) yoki havodagi sahob (bulut) kabi tez o’tib ketadi, deb o’tib ketadi, deb xalqni ishontiradi, ruhlantiradi:

Bu kunlar boshimizda bir sahob o’lsa ajab ermas,

Munavvar zimnida bir oftob o’lsa ajab ermas,

Bu davlat suv yuzinda bir hubob o’lsa ajab ermas

Ko’rinsa surati asli niqob o’lsa ajab ermas.

Ochilsa pardalar yuzdin hijob o’lsa ajab ermas.

Zavqiyning fikricha, o’z xalqining murod-maqsadga, haqiqiy ozod yashash kunlariga erishuvi uchun nasimi jonfido (jonni rohatlantiruvchi mayin shamol), xazon pajmurda bo’lganlarga sof havo, gadolarning boshiga soya soluvchi humo yo’lboshlovchi, etaklovchi kuch kerak. Shu narsalar mavjud bo’lsa:»Muqarrardur zamona, inqilob o’lsa ajab ermas».

Shoirdagi bu tushuncha 1916 yil voqealarini chuqur kuzatishi, shuning bilan birga, Qo’qon deposidagi ishchilar bilan yaqinlashishi, ularning suhbatidan olgan taasurotidan tuo’ilgan edi.

Shoir bu she’rida mehnatkash ommaning kelajagi to’grisida qilgan eng yaxshi orzu-umidlarini aks ettirdi:

Оtib bir qarn, aqronim, jahon obod ko’rgaysiz,

Jahon ahlini zolim haddidin ozod ko’rgaysiz,

Giriftori alam ermas hamoni shod ko’rgaysiz

Burungi o’tganu ketgan, ko’nglida yod ko’rgaysiz.

Qarigan choo’da Zavqiy bir shabob o’lsa ajab ermas.

Fevral’ burjua revolyutsiyasining asosiy mohiyatini keyin anglab qolgan Zavqiy Uluo’ oktyabr sotsialistik revolyutsiyasini zo’revolyutsiya quvonch va o’oyaviy xayrxohlik bilan kutib oldi. Ham adabiy ijodda, ham uzil-kesil o’alabasi uchun xizmat qildi.

«Qo’qon muxtoriyati»ning reaktsion mohiyati va maqsadini payqab qolgan Zavqiy o’z amaliy va ijodiy faoliyatini shu tashkilot va uning namoyandalari kirdikorlarini fosh etishga qaratdi. Uning “Rahzan Ergash”, “Faro’ona” kabi asarlari shular jumlasidandir.

Ergash qo’rboshi “Qo’qon muxtoriyati”da muhim bir harbiy lavozimni egallab olib, bosmachilar bilan til biriktirib, sovet hokmiyatiga qarshi kurashga otlandi. Zavqiy mana shu revolyutsiya dushmani haqida sakkiz baytlik asar bitib, unda Ergash va uning atrofidagi “Badxayol”, “badandeshalar”, “zulm sohiblari”ni keskin qoralaydi. Asarda Ergashlar ishining tezda barham eyishi muqarrarligi badiiy va haqqoniy ifodalangan. Revolyutsiyaning to’la o’alabasiga ishongan, xalq kuch-qudrati nimalarga qodir ekanligini anglagan shoir revolyutsiya dushmanlariga qaqshato’ich zarba beradigan she’rlari bilan o’z ishiga sodiqligini qayta-qayta isbot etdi.

Zavqiyning revolyutsiyadan so’ngi o’zbek adabiyotining dastlabki namunalaridan biri hisoblanishga loyiq «Faro’ona» muxammasi xarakterlidir. Bu asari bilan shoir mehnatkash xalqning revolyutsiya dushmanlari –bosmachilar, «sho’royi islomchi»lar,

Burjua millatchilarga qarshi o’z qahrevolyutsiya-qazabi va nafratini ifodalab, haqqoniy inqilobparvar sifatida maydonga chiqdi. Reaktsion «Qo’qon muxtoriyati» va bu hukumat a’zolaridan qozi Kamol, Odil qurlar keskin fosh etilgan bu muxammas quyidagi misralar bilan boshlanadi:

Eshiting men aylayin qissai izhor Faro’ona,

Kuyib xokistor o’ldi jumlai bozor Faro’ona,

Misol otash bilan to’ldi, ko’ring gulzor Faro’ona,

Hujumi(o’o’ri)lardin tortadur ozor Faro’ona,

Xaloyiqlar ko’ziga emdi bo’ldi tor Faro’ona.

Shahar va qishloqlarga o’t qo’ygan, «mardum molini yio’ib, ishrat-bazm qurgan» fosid xayol, betamizlar Zavqiy satirasining o’tkir tio’iga duchor etilar ekan, Kommunistik partiya esa najotkor kuch, xalq madadkori sifatida tasvirlanadi:

Shukrkim, tangri etkazdi madadkor bol’sheviklarni,

Iloho baxt-tole bo’lsun emdi yor, Faro’ona

Xulosa Revolyutsiyadan keyin Zavqiy o’lkada revolyutsiya o’alabasini mustahkamlab aksil inqilobchilarga qarshi mardona kurash olib bordi...

AVAZ О’TAR (1884-1919)


Avaz X1X asrning oxiri XX asr boshlarida ijod etgan atoqli demokrat shoir va ma’rifatpardir. Ko’p fojialarga duchor bo’lgan Avaz qisqa umrini xalqqa xizmat qilishga bao’ishladi. Feodal-klerikal tuzumning shafqatsiz reaktsiyasi, o’rta asr usulidagi dahshatli jazo-qiynoqlar Avazning ruhini enga olmadi, uning qaddini buka olmadi.

Garchi Buxoro va Xiva xonliklari chorizmning vassaliga aylanib qolgan bo’lsa ham, biroq mehnatkashlarning va madaniy taraqqiyotning ashaddiy dushmani bo’lgan feodal-klerikal xonlik tuzumi Xivada 1920 yilgacha davom etdi.

Xon va uning vazirlari, qushbegi, yuzboshi va boshqa amaldorlar cheksiz haq-huquqqa ega bo’lib, zulmga qarshi bosh ko’targan kishilarni o’rta asrning dahshatli usullari bilan jazolar edilar. Masalan, Mano’itlik Eshim Polvon xon sohibkorining haqsiz harakatlariga qarshi chiqqani uchun suvga cho’ktirib o’ldirilgan. Shovotlik Matyoqub Muhammadrahimxon madrasasi qurilishida ishlashdan bosh tortgani uchun madrasa poydevorining ostiga qo’yib tiriklay ko’mib yuborilgan. (Matyoqubning skleti o’sha poydevorning nuragan joyidan 1930 yilda topildi. Shu haqda hurmatli xalq shoiri ¢.¢ulomning o’sha vaqtda yozgan she’ri ham bor). Gurlanlik Matyoqub qora Isfandiyorxonning juda ko’plab xotin bo’lgan Xolda, yana bir yo’la qirq qizni haromiga zo’rlab keltirmoqchi bo’lganiga qarshi chiqqanida, Gurlanning o’zida osib o’ldirilgan. Odamgarchilik qiyofasini yo’qotgan xonga o’z iffatini bulo’atishdan ko’ra o’limni afzal ko’rgan Oyxonim Isfandiyor tomonidan qaynoq suvga tashlab o’ldirilgan. Bular haqida Avaz:

Gunohsiz norasida daxlsiz el qizlarin...

Ko’ring, o’z qoniga oluda Zevar ham, saodat ham.

Shunday qonli hodisalardan sabr kosasi to’lib-toshgan Avaz isyonkorona maydonga chiqqan edi:

Netong bo’lsa Avaz payvasta isyon bahrida o’avvos,

Dili qolmadi sabru sukun ham tobu toqat ham.

Avaz 1884 yilda Xiva shahrida sartarosh va tabib oilasida dunyoga keldi. Shoirning otasi Polvonniyoz Оtar Gadoyniyoz o’o’li davrining ma’rifatparvarlaridan biri va shu bilan birga xushsuhbat, so’zamol, qiziqchi, askiyaboz kishi edi. Polvonnniyoz usta Оtar nomi bilan shuhrat topgan. Usta Оtar adabiyotchi va olimlar bilan do’st, yaqin bo’lgan.

Uning uyida Ogahiy, Komil, Mutrib Xona xarobiy va okar kabi shoirlar to’planib, adabiyot va ilmiy temalarda suhbatlar o’tkazar edilar. Bu o’tirishlarda, tabiiyki, yosh Avaz ham ishtirok etgan.

Usta Оtarning farzandlari ko’p bo’lib, u bolalarni ilmli-ma’rifatli qilish uchun butun kuch va o’ayratini sarf etgan. Avaz sakkiz yoshga etgach, usta Оtar uni o’qishga berdi. Ziyrak Avaz muvaffaqiyat bilan o’qidi. U o’n bir yoshida boshlano’ich maktabni bitirib, Xiva madrasalaridan biriga o’qishga kirdi.

Avaz, Navoiy, Bedil, Xo’ja Hofiz kabi Sharq klassiklari asarlarini zo’revolyutsiya havas va ishtiyoq bilan o’qidi. U fors-tojik adabiyotining namoyandalaridan Firdavsiy, Abdurahmon Jomiy asarlarini, ayniqsa, buyuk mutafakkir Alisher Navoiyning «Xamsa», «Chor devon» asarlarini diqqat bilan o’rgandi.

Ma’lumotlarga qaraganda, Avaz Оtar 14 yoshlaridayoq she’r yozishga kirishgan, 18 yoshlarida esa xalq o’rtasida shoir sifatida tanilib qolgan edi. Avazning lirik she’rlari xalq o’rtasida keng tarqaldi, qo’shiqlarga solib kuylandi. Yangi va yosh shoir haqidagi ovozalar xon saroyigacha borib etdi. Bu davrda Xiva saroyida adabiy harakatni tashkil qilish uchun tirishgan va o’zi ham Feruz taxallusi bilan she’rlar yozib, saroy adabiy hayotiga boshchilik qilayotgan Muhammad Rahimxon soniy Avaz Оtarni ham saroyga tortdi. Sh/u ham Avaz Оtar ijodining ilk davrlarida saroy shoirlariga ergashib, farmalistik xarakterdagi she’rlar yaratdi, madhiya, qasidalar yozdi.1

Avaz asta-sekin saroy ma’naviy hayotining chirkin mohiyatini, saroy adabiyotining yuqori aristokratlar qo’lida maishatparastlik, aysh-ishrat quroli ekanligini anglay boshladi, unga nafrat bilan qaradi. Natijada u «madhiyabozlik»dan iborat saroy adabiyotidan yuz o’gira boshladi. U endi ma’naviy taraqqiyotida Munis, Ogahiy, Komil Xorazmiy yaratgan progressiv o’oyalardan, Sharq klassik adabiyoti traditsiyalari, xalq oo’zaki ijodiyoti jahon adabiyoti durdonlaridan bahramand bo’la boshladi.

Оrta Osiyoning Rossiyaga qo’shib olinishi natijasida bu davrda o’lka xalqlari ma’naviy hayotida ro’y bergan buyuk o’garishlar, yangi progressiv xarakterdagi ijtimoiy ongning tuo’ilib, keng tarqalishi, Avaz Оtar dunyoqarashining takomilida, shubhasiz, katta ahamiyatga ega bo’ldi.

Shoir o’zining ajoyib she’rlarida insofsiz amaldorlarni, munofiq ruhoniylarni, ochko’z mulkdorlarni shafqatsiz va murosasiz tanqid qilib, o’sha zamondagi adolatsizlikni, poraxo’rlikni, oo’ir zulmni fosh etib tashladi. Natijada saroy doiralaridagi reaktsion guruhlar shoirga dushmanlik nazari bilan qarab uni ta’qib ostiga oldilar. Qora guruhlar xalqparvar shoirningdamini kesish, yo’lga rahna solish uchun unga qarshi tuhmatlar to’kidilar, bo’htonlar uyushtirdilar.

Shoir dinsizlikda, shakkoklikda ayblandi. Josuslar uning tanqidiy ruhda yozgan she’rlarini xonga ko’rsatib, uni yomonladilar. Muhammad Rahimxon soniy yasovullariga buyruq berib, shoirning qo’llariga kishan soldirib, saroyga, o’z huzuriga keltirdi. Toshbo’ron qildirishni mo’ljallagan xon, xalq o’azabidan qo’rqib «200 darra urilsin» degan buyruq bilan cheklanishga majbur bo’ldi. 200 darra urilib, hushidan ketib qolgan shoirni «jinni bo’ldi» deb e’lon qildilar va uni Xiva yaqinidagi Oqmachit qishloo’ida, «Bobo eshon» Germaniyao’ristonida uya qurgan shayxlar ixtiyoriga «davolash uchun» yubordilar.

Avaz Оtar o’z hayotida bir necha bor bunday tuhmat va haqoratlarga yo’liqib, «xon darrasi» zarbida azob chekishga majbur bo’lgan edi. Shoir so’nggi marta 1909 yilning yoz faslida xonning shunday jazosiga giriftor bo’lgan edi.

Shoir 1909 yilning oxirlarida banddan-«mazoriston azobidan» qutilgandan so’ng ota kasbi sartaroshlik bilan shuo’ullanib umr kechirdi va ijodiy ishini davom ettirdi. Avaz bu davrda Xorazmning ilo’or kishilaridan Matyoqub Otajonov, shoir Bayoniy, kompozitor va shoir Chokar (Matyusuf Xarratov) va boshqalar bilan yaqin aloqa boo’lab hamkorlik qildi. Shoir ayniqsa, ilm-madaniyat yangiliklari bilan qattiq qiziqdi. Rus, Ozarboyjon, tatar tillarida chiqadigan gazetalarni o’qib turdi. Toshkentda chiqadigan gazeta va jurnallar bilan bevosita aloqada bo’lib, yozgan asarlaridan ba’zilarini ularda nashr ham ettirdi. Shunday qilib, Avaz Оtar demokrat, ma’rifatparvar shoir sifatida tanila boshladi.

Shoir «Maktab», «Til», «Topar ekan qachon», «Fidoyi Xalqim» kabi ma’rifatparvarlik ruhidagi she’rlari bilan bir qatorda, «Ulamolarga», «Sipohiylarga», «Shayx», «Pora istar» kabi keskin tanqidiy-satirik asarlarini yaratdi. Bu asarlar xalq o’rtasida keng tarqaldi va reaktsionerlarni sharmanda qilishda xalq qo’lida katta qurol bo’ldi.

Lekin shoir doim xon va reaktsionerlar ta’qibi ostida yurdi. Muhammad Rahimxon soniy o’rniga Xiva taxtiga o’tirgan ashaddiy mutaassib va qonxo’r Asfandiyorxon ham unga o’z zulmini o’tkazdi.

Masalan, bu xon choo’ligi nochor bo’lgan shoirni yana 150 darra urdirib, jazolatdi. Bu voqeadan so’ng Avaz Оtar sil kasali bilan oo’rib, yotib qoldi. Shoirning kasali kundan-kunga oo’irlashib bordi va u 1919 yilda 35 yoshida (umr bahorini kechirayotgan, boo’i gullab, meva berayotgan bir davrda) o’zi kuylagan ozodlik kunlari-Xorazm xalq revolyutsiyasi (1920) yaqinlashib kelayotgan bir davrda bevaqt vafot etdi.

Avaz Оtarning ijodiy yo’li uzoq davom etmagan bo’lsa-da, lekin mahsuldor va keng mazmunli bo’ldi. U o’zbek klassik poeziyasining o’azal, muxammas, masnaviy, mustahzod, ruboiy, fard kabi mashhur shakllarida ajoyib asarlar yaratdi. Lekin shoirning ijodiy merosi to’la aniqlangan deb bo’lmaydi. Shoir devonining 2 ta qo’lyozma nusxasi ОzSSRFA Sharqshunoslik instituti fondida saqlanmoqda. Bu devonga shoir «Saodat-ul-iqbol» («Baxli iqbol») deb nom Kuygan.

Ba’zi manbalarning ko’rsatishicha, avaz Оtardan qolgan ijodiy merosning umumiy hajmi 20 ming misradan oshiqroqdir. Shoir ijodiy merosida lirikaning kichik shakli bo’lgan qit’a, ruboiy va fardlar alohida o’rin tutadi.

Avaz Оtar ijodini boshlagan davrda saroy adabiyoti ruhi va tematikasida ishqiy-erotik she’rlar yozish bilan masho’ul bo’ldi.Uning «xabar», «Sallamno» kabi she’rlarida mazmunga emas, so’z o’yinlariga berilish, formal priyomlar uchun asar o’oyasini qurbon qilish xususiyatlari ustun turadi. Lekin «ta’bi tez» shoirning bir nuqtada qotib qolishi mumkin emas edi.

Avaz Оtar ijodining faoliyatidagi ikkinchi davr (1905-1914) shoir ijodining ancha sarmahsul davridir. Shoir devoniga kirgan she’rlarning ko’pchiligi shu davrda yaratilgan. Muhabbat, sadoqat, samimiyat, vafodorlik, kabi insoniy fazilatlarni kuylash Avaz poeziyasining etakchi o’oyaviy asosini tashkil etadi. Avaz Оtar poeziyasidagi muhabbat lirikasining bu mohiyati: kishi mehru vafoda, ishqda, sadoqatda kamolatga erishadi, degan o’oyasi quyidagi o’azalda yaxshi ifodalangan: Bayt:

Vafou mehrevolyutsiya erur borho xisol manga,

Netongki etsa agar ishq aro kamol manga...

Avaz klassik poeziyamizning, birinchi navbatda, uluo’ Alisher Navoiy tarditsiyalarini muvaffaqiyat bilan davom ettirganini ko’rsatish uchun quyidagi fakt ahamiyatlidir. Navoiyning «Xazoyin ul-maoniy» to’plamida:

Ko’zing ne balo qaro bo’lubdur,

Kim jono’a qaro balo bo’lubdur-

Bayti bilan boshlanadigan kichikroq bir o’azal bor. Tazod usulida yozilgan bu o’azalning o’z tarixi bor. Avoiyning «Majolis-un-nafoyis»ida bergan ma’lumotiga ko’ra, bu bayt aslida uning Samarqandlik do’sti Mirzo Alibek ismli iste’ dodli bir shoirga mansub bo’lib, Navoiy u ustining hurmati va xotirasi uchun bu baytni davom ettirgan va o’azal shaklida tugatib, uni o’z «Chor devon»iga kiritgan. Ikki mashhur talant mahsuli sifatida maydonga kelgan mana shu ajoyib o’azalga Avaz Оtar muxammas boo’lagan. (Avaz. Devon. 290-bet)

Masalaning diqqatga sazovor tomoni shundaki, Avaz ikki uluo’ san’atkor tomonidan zo’r mahorat bilan yozilgan o’azalga mahorat va san’at borasida hech ham qolishmaydigan misralar ilova qilib, ajoyib muxammas yaratdi.

Avaz poeziyasida ruboiy va qit’alar alohida o’rin tutadi. Qit’a va ruboiylarda ishqiy, axloqiy, falsafiy temalardan tashqari sotsial motivlar-satirik elemantlar ham ko’p uchraydiki, bu motivlar shoirning bu davrdagi poeziyasining ikkinchi xarakterli xususiyatidir.

Shoir poeziyasida tekinxo’revolyutsiya, munofiq din ahllarini-Zoxid, taqvodor eshon va riyokor shayxlarni tanqid qilish katta o’rin tutadi. Avaz kichik she’riy shaklda qit’a va ruboiylarda bu temani zo’revolyutsiya mahorat bilan ishladi va adabiyotimizdagi antiklerikal yo’nalishni yangi mazmunda va jozibador namunalar bilan boyitdi.

Masjidga kirib subhu shom, ey zohid,

Hosil sanga ermas ersa kam, ey zohid.

Dayr ichra kirgil hamisha ixlos ila.

Rind ahli bila ichkali jom, ey zohid.

(380 bet. Zohid)

Avaz Оtar o’z ruboiy va qit’alarida faqat din ahllari ustidan kulib qolmay, balki jamiyat illatlarini ham izchillik bilan fosh etadi, xalq manfaati uchun zararli bo’lgan hodisalarni tanqid qiladi, mehnatkashlar ustidan zulm o’tkazayotgan ekspluatatsiya sinf vakillariga la’natlar o’qiydi. U demokratik shoir sifatida poraxo’rlik va zulm asosiga qurilgan chirik feodal tuzumini, saroy aristokratiyasini, amaldorlarni qoralaydi:

Yomonlarning yomoni andoq odamdir jahon ichra,

Yiroq o’lo’usi to o’lguncha insofu diyonatdin.

Olib mazlumlar molini yuz ming zulmu kin birla,

Qilur bexonumon zavf etmayin yavmi qiyomatdin.

«Faloni» tsikli . Avaz Оtar qit’alari orasida «Faloni» so’zi bilan boshlanadigan satirik tsikl uchraydi. Ko’pincha, to’rt va olti misradan iborat bo’lgan bu she’riy parchalarni shoir din ahllariga, boylarga, amaldorlarga va badfe’l odamlarga bao’ishlaydi. Masalan, shu tsiklga kirgan qit’alardan birida zohidlarni shunday fosh etadi:

Faloni zohidi xudbinki, xudbinlik qilur zohir,

Оzini ahli taqvo peshvosidin hisob aylab.

Qilur va’zi-nasihat kunduz o’lsa ahli alamo’a,

Saharlar toati haq o’rnio’a no’shi sharob aylab.

Boshqa bir qit’ada esa boylar va ularning fe’l-atvori hajv ostiga olinadi. (Devon, 384 bet (1).

«Faloni» tsikliga kirgan she’rlarda demokrat shoir jamiyatning turli sotsial tabaqalarini, hatto taxt egasi bo’lgan xonni ham tanqid qiladi. Bu tsikldagi she’rlarda tanqid ob’ektining nomi tilga olinmasa ham, ularning ma’lum qismida butun jinoyatkorning bosh homiysi xon to’o’risida fikr yuritiladi: (387 bet (P).

Ma’lumki, Muhammad Rahimxon soniy vafotidan so’ngi 1910 yilda Xorazm taxtiga o’tirgan Isfandiyorxon o’zining ashaddiy reaktsion, fonatik siyosati bilan, o’taketgan beadabligi, fahsh-maishatparastligi bilan tarixda mashhurdir. Uning hukmronligi davri Xorazm mehnatkashlarining eng fojiali taqdirini tashkil etadi. Isfandiyorxon o’z hukmronligi davrida hayotdagi har qanday yoruo’likni nodonlik, zulmat pardasi bilan to’sdi. Shuning uchun shoir Avazning xonga bo’lgan o’azab va nafrati o’oyat cheksiz bo’lib, u «Faloni» tsiklidagi she’rlarida ham, boshqa asarlarida ham xonni qayta-qayta fosh etdi. Shoir o’zining she’rlaridan birida xonga murosasiz dushmaniligini quyidagicha keskin tusda ifodalagan edi: (380 bet (Sh)

Bu misralarda «Kuyub o’rtangan el» tilidan xitob qilayotgan shoirning isyonkorona ruhi, alam-hasratlari yaqqol ifodalangan.

Avaz poeziyasining demokratik xalqparvarlik mohiyatini ko’rsatishda, shoir dunyoqarashining yuqori saviyasini isbot qilishda quyidagi mashhur qit’a xarakterlidir. Bu qit’ada shoir jamiyatning manfaatlari bir-biriga zid bo’lgan ikki ijtimoiy lagerga ajralib qolganini sodda, lekin aniq va juda yaqqol ifodalagan. (380 bet (1U)

Ko’ramizki, Avaz mavjud ijtimoiy tuzumda yashab, uning maraz va illatlaridan nafratlanibgina qolmasdan, xalq uchun

najot izlaydi, «bechoralarga chora» axtaradi va «bir chora zamon» bormikan deb, kelajakka umid va ishonch bilan qaraydi.

Avaz «Til», «Maktab», «Fidoiy xalqim», «Topar ekan qachon» kabi ma’rifatparvarlik ruhidagi bir qator asarlari bilan ham mashhur bo’ldi. Shoirning ma’rifatparvarlik ruhidagi she’rlari ichida «Til» she’ri alohida xususiyatlari bilan ajralib turadi. Bu she’rda Avaz madaniyat va taraqqiyotning qizo’in taro’ibotchisi, o’rta asr qoloqligining murosasiz va jasur dushmani sifatida maydonga chiqadi.

Shoir «Til» she’rida chet tillarni o’rganish kerakligi to’o’risida gapirganda, zamonaviy madaniy tillarni, birinchi navbatda ulao’ rus tilini ko’zda tutadi. U boy rus tilini o’rganish zamonaviy madaniyatni egallash uchun birdan-bir vosita deb hisoblaydi. Sh/u u yoshlarga xitob qilib, til o’rganing, «til foydali kondir», u orqali ilm xazinasiga ega bo’lasiz, deydi:

¢ayri tilini sa’y qiling bilgali yoshlar

Lozim siza har tilni biluv ona tilidek.

Shoir yoshlarga qilgan bu xitobida til o’rganish faqat ilm-madaniyatli bo’lish uchungina emas, balki uyo’onish, o’z huquqini tanish, turmushni o’zgartish, xo’rlikdan zulm-haqoratdan qutulish uchun, fikriy uyo’onish uchun ham zarurdir deydi:

Xor bo’lmasin onlar doo’i til bilmay Avazdek,

Til bilmaganidan oni bao’ri to’la qondir.

Shoirning ma’rifatparvarlik o’oyasini tartib qiluvchi she’rlaridan yana biri «Maktab» she’ridir. Bunda shoir maktabni ilm-madaniyat manbai sifatida uluo’laydi.

Dilu jon birla el maktab agarga ijtihod etsin,

Nedinkim bizni o’am qaydidin ozod etgusi maktab.

Avaz, himmatni qil oliy ocharo’a emdi maktab kim,

Baloi jahlu nodonlikni barbod etgusi maktab.

Avaz Оtar ijodida siyosiy poeziya namunalaridan biri sifatida baholangan «Ulamolarga xitob» she’ri din ahllarining qabih qilmishlarini juda yaqqol ochib tashlaydi va ularni nodonlik, qoloqlik, jabr-zulm aybdorlari. Deb hisoblaydi.

Biringiz qozi, biringiz a’lamu, mufti bo’lib,

Bu ne oyin erdikim, sizlar namoyon etdingiz.

Bizni aylab xoru zoru notavon etmoq uchun,

Bermayin osori hurlik, bandi zindon etdingiz.

Mamlakat istiqboli, xarob va qashshoq bo’lgan xalq hayoti uchun javobgar ulamolarga «bu iflos qilmishlaringiz uchun mas’ulsizlar» deb xitob qiladi:

Bu falakotlar uchun mas’ul bo’lursiz oqibat,

Zulmu istibdod ila millatni vayron etdingiz.

«Sipohiydarga» nomli she’rida ham chuqur optimistik o’oya ravshan ifodalangan. Bunda shoir byurokratizm, poraxo’rlik avj olgan xonlik idora usulini, cheklanmagan huquqqa ega bo’lgan uning sipohilarini fosh etib, ularga xalq la’natini bildiradi.

Dam-badam bedodu jabru zo’rliklar aylabon,

Solma mazlum ahlining ko’ngliga mundoq iztirob.

Mungakim zulm aylagung, bordir mukafoti zamon,

Oqibat bir kun anga mas’ul bo’lib bertung javob.

She’r o’alabaga, «Xurriyatga», ozodlik quyoshining chiqiishiga zo’r ishonch ruhi bilan tugaydi.

Bor umidim tezdan bo’lo’usi hurriyat kuni,

Ey Avaz, qolmas bulut ostida doim aftob.

Avaz Оtar siyosiy lirikasida alohida o’rin tutadigan «Xalq» she’ri 1917 yilda yozilgan. (243-bet).

Bu she’rda shoir ozod, quvnoq, farovon hayotni kuylaydi va uni zolimlar zulmiga barham berish uchun uyo’onishga, kurashga chaqiradi. She’r demokrat shoir Avaz poeziyasida xalqparvarlik o’oyalarini namoyish qiluvchi eng kuchli she’rlardan biridir.

Yo’q jahon mulkida bizdek ojizu bechora xalq.

Zulm tio’i birla bo’lgan bao’ri yuz ming pora xalq.

Asar xalqni uyo’onishga chaqirish bilan tugaydi. Shoir agar zamon ko’zini ochib uyo’onsa, xalq zulmdan, xo’rlikdan qutiladi degan xulosa chiqaradi.

Ko’zlarin ohista-ohista agar ochsa zamon.

Ey Avaz, bo’lmas shuningdek borho ovora xalq.

Xulosa. Avaz Оtarni o’zbek adabiyoti tarixidagi xizmati kattadir...


ANBAR OTIN (1870)

Anbar otin X1X asrning P yarmi va XX asrning boshlarida Qo’qonda yashab ijod etgan demokrat shoiradir. U zamondosh ustoz adiblar izidan borib, o’z ijodida xalq ahvolini, dugonalarining his va tuyo’ularini ifodalagan. «Ichkari» tutquni bo’lgan, ustiga qattiq jismoniy azoblarga duchor bo’lib ko’p yillar bir joyda yotgan bu matonatli ayol hayot bilan aloqa izlagan, davr hayoti bilan hamnafas bo’lishga intilgan.

Nafis she’riyati orqali jamiyat hayoti voqealariga o’zining ilo’or qarashlarini ifodalagan.

Anbar otin vorislarining bergan ma’lumotlariga u, 1870 yilda Qo’qonda Buzruk xo’ja (hozirgi «yangi hayot») mahallasida tuo’ilgan. Otasi farmonqul masha Uvaysiyning jiyanidir. Onasi Ashurbibi esa, Abdulgani ismli bir kambao’alning (kosib) qizi bo’lgan. Farmonqul 1865-1866 yillarda tirikchilik tashvishi bilan ona shahri Maro’ilondan Qo’qonga keladi va «Belboqchi» mahallalik Qudratillo ismli bo’zchiga shogird tushadi. Keyinchalik u Ashirbibiga uylanadi. Ularning bosh farzandi Anbaroydir. Er-xotinning tinmay erta-kech mehnat qilishlariga qaramay bu oila juda qashshoqlikda yashar edi. Keyinchalik shoira bu holni shunday ta’riflaydi. (3-bet)

Anbaroy 7 yoshga to’lganda uni o’z mahallalaridagi Dilshod otinning maktabiga o’qishga beradilar. Uch yilga yaqin qizcha shu maktabda o’qiydi.

Bo’lajak shoiraning muallimasi Dilshod otin o’z davrining ilmli, tab’i nazmli ayollaridan bo’lgan. Barno taxallusi bilan she’rlar yozgan. Dilshod otinning she’rlari to’plami va o’z sarguzashtlarini bayon qilgan «Ta’rixi muhojiron» asari bizgacha etib kelgan.

Dilshod otin o’zi qayd qilishiga mahallasida 51 yil maktabdorlik qilgan. U o’z shogirdlarini buyuk so’z san’atkorlari Hofiz, Navoiy, Bedil asarlari bilan tanishtirgan. Ularda adabiyotga, san’atga mehrevolyutsiya uyo’otgan. Dilshod otinning «Ta’rixi muhojiron» asarida qayd qilishicha, uning tarbiyasidan Anbar otin, To’tiqiz, Bahri otin kabi talantli shoiralar etishib chiqqan.

Dilshod otin shogirdlari orasida Anbar otinga alohida muhabbat va umid bilan qaragan. Unga bao’ishlab yozgan she’rlarida va yuqorida qayd qilingan asarida Anbaroyning o’tkir zehnli, qobiliyatli ekanini, kelgusida undan zabardast shoira etishib chiqishi mumkinligini payqagan:»Anbaroy buo’doy rang, sunbul sochli, ohu ko’z, oy yuzli, axloqi hamida va odobi pisandida sohibidir. Bu sakkiz yashar qizcha yoshligiga qaramay, hazrati Navoiy Nazmiyotlarini o’rganishga behad qiziqadi. Bu ojiza sakkizdan 14 yoshgacha adab ta’limio’a masho’ul bo’ldi. Umidim borki,

Bu qizcha katta shoira bo’lo’usi» («Ta’rixi muhjiron» 52-bet).

Ota-onasi fojialari ota-onasining ajralib ketishi natijasida Anbaroy maktabdan ketishiga majbur bo’ldi.(70-bet)




1 Н.£обилов. «Аваз». 110-бет.





Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11


Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2017
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə