Universitet: Toshkent viloyat davlat pedagogika instituti Fakul’tet: Filologiya Kafedra: «O`zbek adabiyoti va o`qitish metodikasi»



Yüklə 0.62 Mb.
səhifə2/11
tarix29.06.2018
ölçüsü0.62 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11

TAYANCH TUSHUNCHA





              1. Shoir (Nishotiy) lirikasi mavzusining an’anaviyligi va o`ziga xosligi.

              2. Tasavvuf va Nishotiy.

              3. «Husn va Dil» dostonining ramziy timsollar.



ADABIY MANBALAR


        1. O`zbek adabiyoti (majmua), 3-jild. Toshkent, 1959.

        2. Mujrim-Obid. G’azallar. Toshkent, 1960.



ILMIY MANBALAR
1. O`zbek adabiyoti tarixi, 5 jildlik, 4-jild, Toshkent, Fan, 1978.

2. Abdullaev V.A. O`zbek adabiyoti tarixi, 2 kitob. Toshkent, 1980.



MUJRIM OBID
(Mujrim Obid. T., 1960. O`zbek adabiyoti. Sh tom, 59)

Mujrim Obid XYIII asrning o`rtalarida Vobkent rayonidagi Kumushkent qishlog`ida dunyoga kelib, o`n bir yoshga qadar o`z qishlog`ida,so`ngra Buxorodagi Mirarab madrasasida tahsil ko`radi.

«Hasbi hol» xarakteridagi masnaviydan ma’lum bo`lishicha, shoirning navqironlik yillari ancha zavqli o`tgan. U ikki o`g`ilu 5 qizni voyaga etkazgan. Lekin shoir hayotining keyingi davri, xususan qarilik davrlari nihoyatda og`ir va ayanchli bo`ladi. Bu haqda masnaviyda shunday alamli misralar uchraydi:

Ikki o`g`ili besh qiz barisi

Har bir bo`ldilar bir uy egasi.

Har kim o`z ro`zg`ori birla xush,

Qo`hna vayronada men birla boyqush.

Ko`rdilarkim, otada yo`q dirham,

Borish-kelishni qildilar barham.

Volidalari bevafo bo`ldi,

Bizga bo`ldi-nakim jafo bo`ldi.

Ushbu qaridin etmadilar yoz,

Aning uchun mangu ko`ngil noshad

Ro`zg`or ahli ichra xor o`ldim,

Udvoni ahli ro`zg`or o`ldim,

Manga yo`q g`amg`usori shafqatlik.

Ahlu avloddmn muruvvatlik.

Degay otam qoshida bor bo`lay,

G’amu shodiy etishsa, er bo`lay

Bir quruq go`zi bed bo`lmishman

Hammadin noumid bo`lmishman.

Shoir X1X asrning boshlariga qadar o`z she’rlarida faqat «Mujrim» (arabcha gunohkor, aybdor) taxallusini ishlatgan. Uning o`zi devoni debochasida qayd etishicha, Buxoro taxtiga o`tirgan Amir Haydarning talabi bilan o`z she’rlarida «Obid»- (ibodat qiluvchi) taxallusini qo`llay boshlaydi. Bu hol shoirni ranjitadi. Shoir Obid taxallusini kechirayotgan hayotiga, hatti-harakatiga mos kelmaganligi hamda o`zi diniy xurofotga, shayx va zohidlarga tanqidiy munosabatda bo`lgani uchun o`ziga ep ko`rmagan. Lekin u Amirning talabi bilan bu taxallusni ham qo`llashga majbur bo`lgani e’tirof etadi.

Mutaassib Amir Haydar bu bilan ham qanoatlanmay, shoirga she’r yozishni tashlab, Kalandarlik qilishni buyurdi. Lekin shoir bunday tekinxo`rlik yo`lidan bormaydi, ijodiy ish bilan shug`ullanib, faqirona hayot kechiradi. Shoir she’rda obid bo`lgani bilan hech qanday imtiyozga ega bo`lmaganligi haqida shunday misralarni bitgan edi:

Na obidlig`da masruram, na Mujrimlig`da mahturam,

Chu tole yor yo`q, miqdor yo`qdur munga nomimg`a.

Na bir Mujrim bo`lib, ahli jahon oldig`a yo`l top

dim

Na bir obid ekan deb ham jahong`a e’tiborim yo`q.



Obil o`lg`ondin bori Mujrimlig` ismim bo`ldi mavh,

Qoili har ikkalasi roqim osorim qalam

Shuningdek, shoir Obid bo`lib, ibodat qiluvchilar singari xonoqoh kunjini o`ziga makon qilmaganini, Mujrim-gunohkor bo`lib, «mahbusi zindon»ga o`xshamaganini shunday ifodalaydi.

Na obidlarga o`xshab xonoqoh kunjini makon etdim,

Na Mujrimlar kabi mahbusi har zindona o`xsharman.

Mujrim-Obid sakson yilga umr ko`rib, 30 yillar atrofida (XII asr) olamdan o`tgan.

Mujrim o`z she’rlaridan devon tartib berib, unga muxtasar debocha ham yozgan. Hozirgi uning tilidangi she’rlari (Bedilga bog`langan forsiy muxammasi ham) jamlangan devonining ikkita qo`lyozma nusxasi, hamda alohida forsiy devoni ma’lum bo`lib O`zSSR FAShIda saqlanadi. Shuningdek, shoirning ayrim she’rlari qo`lyozma bayoz va majmualarda ham uchraydi.

Mujrim adabiy merosining mavjud namunalari lirik turga mansub she’rlardan iborat. Shoir ko`proq g`azal, so`ngra ruboiy, muxammas va qisman qit’a janrlarida qalam tebratgan.

Mujrim g`azallarining tematik doirasi, g`oyaviy mohiyatini kuzatish ularning ko`pchiligi bevosita shoirning hayotiy taassurotlari va kechinmalari natijasida yuzaga kelgan deb xulosa chiqarishga imkon beradi.

Ba’zi g`azallar zamirida shoir biografiyasining ma’lum detallari yoxud muayyan paytlardagi ruhiy kechinma, kayfiyati etakchi mavke tutadi.

Mujrim klassik shoirlarimizning asarlari bilan juda yaxshi tanish bo`lgan shoir sifatida adabiyot maydoniga kirib keldi.

Shoir ijodida Alisher Navoiy, Badriddin, Hiloliy, Mirza Bedil, Boborahim Mashrab va Xo`janazar ¢oyibnazar o`g`li Huvaydoning ta’siri borligi sezilib turadi.

M: Alisher Navoiyning:

Yuz tuman mehnat o`qi anduxlik jonimdadir,

To havodin sardanish sarvi xiromonimdadur,

Deb boshlanadigan g`azaliga quyidagicha nazira yozadi:

Oxir ul bedodtar qasdi mening jonimdadur,

Yoki tig`in tez etarga muddao nimadadur?

Ko`nglim afgor o`lg`anin andin xaloyiq fahm etar,

Kim xaroshi dog` kashfi ohu afg`onimdadur.

Mujrim anglab xalqi olam ko`rdilar ko`zga haqir,

Bilmadilar xosiyatlar bandu zindondidur

Yoki Navoiy:

O`rgilay boshingg`ano behushu hayroning bo`lay,

Bir zamon sadqang bo`lay, bir lahza qurboning bo`lay

Deb ishqiy lirikaning ajoyib namunasini yaratgan bo`lsa, Mujrim ham shoirlik mahoratini namoyish qilib:

Man asiri qoamati sarvi xiromoning bo`lay,

Yo boshingdan o`rgilay, har lahza qurboning bo`lay

Kabi lirik satrlar yaratdi.

Odatda, shoir boshqa biror shoirning baytiga taxmis to`qish orqali o`zining o`sha shoir ijodiga bo`lgan munosabatini ko`rsatadi. Chunonchi Mujrim,Navoiy, Bedil kabi ajoyib so`z ustalarining g`azallariga muxammaslar bog`lar ekan, bu hol, uning ilgari o`tgan shoirlar bilan she’riyatda ham g`oyat, ham fikr bo`lishi uchun musobaqa qilishga, ular singari etuk she’riy asarlar yozishga bel bog`laganidan dalolat beradi. M: Navoiyning:

Mehr ko`p ko`rgazdim, ammo mehribone topmadim,

Jon base qildim fido, oromi jone topmadim.

Matla’li g`azalida lirik qahramonning sevgida muvaffaqiyatsizlikka uchrab, og`ir ruhiy azobda qolishini, yorining vafosizligidan shikoyatini tasvirlagan. Mujrim-Obid Navoiyning shu g`azaliga muxammas bog`lab, Navoiy g`azaliga hamohang chuqur sotsial mazmunga ega bo`lgan misralar yaratgan.

Olami foniyda kulfatsiz makone topmadim,

G’ayri anduhu g`amu ohu fig`one topmadim,

Bir anisi shodu g`am, shirin zabone topmadim.

Shoir bu muxammasni Navoiy bilan musobaqalashish uchungina emas, balki xuddi Navoiy singari, o`z zamonasidagi ijtimoiy tengsizlikdan norozi bo`lgani, o`ziga munosib hamdard, do`st topa olmagani uchun yozgan.

Mujrim tojikcha she’rlarida Bedil g`azallariga ham muvaffaqiyat bilan muxammaslar bog`lagan:

Obido, bar xesh bingar, hasbi holi momapurs,

Homin ta’i maro didi, xayoli mo mapurs,

Mujrim dorem tarhi infioli mo mapurs,

Shaxsi tasvirem, Bedil az kamoli mo mapurs,

Harfi mo noguftaniyu, no ri nokardanist.

(Ey obid, o`zimga qarayu hol ahvolimni so`rama, she’rlarimning homligini ko`rding, xayolimni so`rama, gunohkorligimiz bor, holimizni so`rama, tasvir kishisimiz, Bedil, kamolimizdan so`rama, bizning so`zimiz aytilmaydigan, ishimiz qilinmaydigandir).

Mujrim ijodida zamonasidan zorlanish, ijtimoiy haqsizlikni qoralash motivlari katta o`rin tutadi. Shoir xalqchil adabiyot pozitsiyasida turib, ikki xil fikr, predmet va muxoliflarni bir-biriga qarama-qarshi qo`yish orqali feodal jamiyatdagi tengsizlik va adolatsizlikka norozilik bildiradi, feodal-klerikal muhitdagi antogonitik konflikni ochadi:

Zamona har nima bir to`la tarz ro`zg`or qilur,

Birovni vosili davlat, birovni xor qilur.

Birovni quliga berur madori mulki jon

Birovni to dome o`tganga beador qilur.

Birovni g`am bila, qayg`u bila ado aylar,

Birovni ishrati olamg`a paydor qilur.

Birovni diydon binosidan judo aylab,

Tomomi umrin asokashga intizor qilur.

Birovga simu zor behisob ro`zi etar,

Birovni bir pul uchun yo`l yuzida zor qilur.

Birovni ko`nglida kibru, g`ururu zavqi huzur.

Birovni ko`yi g`ariblikda xoksor qilur.

Og`ir kishilar ahvoliga achinadi, ular xor-zorligining haqiqiy sabablarini izlashga intiladi. Shoir jamiyatda tengsizlik hukm surayotganini ko`radi, o`sha kulfat va alamlarning boisi shu tengsizlik ekanini tushunmaydi. «Taqdiri azal» deb va’zxonlik qilingan bir davrda... tabiiy. Shu sababli shoir ba’zan umidsizlikka tushadi, ba’zan kelajakdan umidvor bo`ladi. Bu jahondan quyidagi she’r xarakterlidir.

Darig`, aylanmadi sarxi falak bu kun maromig`a

Pazarvi baxt ilinmay, rom bo`lmay o`tdi domimg`a.

Yaqosig`a qo`lim etmay, cholib domonidin tutmay,

Falak ne qilg`onimga aylanibdir intiqomimg`a,

Qorong`u ro`zg`oram, balki xoram, joni afgoram,

Ajab yo`qdur agar tabdil topsa subh shomimg`a.

Bu she’riy parchaning optimistik ruhdagi keyingi ( shom subhta-kecha kunduzga aylanishi haqidagi satri) diqqatga sazovordir.

Mujrim zamonasidagi ijtimoiy tengsizlikni qoralash bilan birga, uning mahsuli bo`lgan yaramas illatlarni fosh etuvchi satirik she’rlar ham yaratdi. U satirik she’rlarida reaktsion shayxlarni, yomon xulq-atvorli kishilarni g`oyat mohirlik bilan fosh etib tashladi. M: uning «shayx» radifli g`azalida xalq orasida ulug`vor hisoblanish uchun hiyla va nayrangni, makr va yolg`onni dastur qilib olgan shayxlar achchiq tanqid qiladi. Bunda ham shoir buyuk Navoiyning hajvchilik mahoratidan ta’lim olgan. Agar navoiy:

Xonoqohda xalkai zikr ichra g`avg`o qildi shayx,

Ahli dillar naqdi avkotini yag`mo (toroj) qildi shayx.

Deb, hiyla va makkorlik bilan xalqning terisini shilgan ziyokor ruhoniylarni satira qamchisi ostiga olgan bo`lsa, Mujrim-obid o`z zamonasidagi shayxlarning g`oyat tubanlishab ketganligini, insofsizliklarini ochib tashlaydi:

El firibig`a uzatdi turram dastor shayx,

Toki bo`lg`ay xalq ichra oti buzrukvor shayx...

Shomdin xilvat chirog`i tong deguncha shoblar,

Kunduzi borur muraqibg`a vali izhor shayx.

Aldab el molin egunga zahr no`sh etgan qulay,

Xolie davron g`animat ayla istig`for, shayx.

Mujrim «og`zig`a har ne kelsa deb, oldiga har na kelsa eb» yuradigan uyiga tilanchi kelsa, unga zahrini sochadigan badavlat boylardan foyda kutib, ulardan oshna orttiradigan tamagir va laganbardorlarni ham o`tkir hajv qiladi. Shu maqsaddda shoir Navoiyning «og`zig`a» kelganini demak nodonning ishi, oldiga kelganini emak hayvonning ishi» kabi hikmatli so`zlariga o`xshab ketadigan ta’birlarni ishlatadi.

Og`zig`a har na kelsa deb, oldig`a har na kelsa eb,

O`zini xush maosh etib, sam’ini xush ado qilur.

Ko`rdiki, kimda bordir, davlat anga duchordir,

Naf’i etgay xayolig`a o`zini oshno qilur.

Mujrimning o`zbek va fors-tojik tillaridagi devonlariga kirgan ko`pchilik qismini muhabbat lirikasi tashkil etadi. Shoir she’rlarida erga sadoqat, uni xuru parilardan ustun qo`yish va yorga vafodorlik motivlarini olg`a suradi. «Na xushdur har kishiga ishq o`tidin asar bo`lsa»,- deb yozgan shoirning o`zi lirikasida sevgilisida sodiq olijanob inson sifatida gavdalanadi.

Sensiz, ey mahvash, ko`ngil sayru guliston istamas,

Balki jismi notovonim rohati jon istamas.

Shahding jondin sugukdur, bir tabassum qilg`oning,

Lazzati la’lingni ko`rgan obi hayvon istamas.

Ey qarchig`ay nigohim, ko`nglim shikor qilding,

Mastona ko`zlaringga jonim xumor qilding.

Yuzingni gul dedim,sochingni sunbul, ko`zlaring nargis,

So`zing shakkar, tiling rusta, labing la’li badaxshonim.

Shoirning ta’rifiga, ma’shuqa guldan ham latif va nazokatli, agar u sayri guliston etguday bo`lsa, barcha gullar o`z bargini, bor bisotini uning yo`liga poyandoz qiladi.

San nechuk xurson, niholi sarvsankim har tarof,

Aylasang mayli xirom, aylar qadingdan noz gul.

Bu nazokat birla gar sayri guliston aylasang,

Bargu borini qilur yo`lingda poyandoz gul.

Shoir Mujrim zamon va noqulay sharoit taqozasi bilan ba’zan umidsizlik kayfiyatiga tushsa ham, lekin tabiatan quvnoq, zavq-shavqli, xushchaqchaq kishi edi. Shoirning o`ylashicha, odam dunyoga bir marta keladi: shunday ekan, bu dunyodan qo`l yuvib, uzlatga chekinish, tarki dunyo qilish o`taketgan johillik va moddiy dunyo noz-ne’matlariga nonko`rlikdir. Shuning uchun shoir zohidlikka qarshi namoyishkorona bir tarzda hayot gashtini surish shunday optimistik, quvnoq satrlar yaratadi:

Dilo besh kun makon qilmoqqa bu foniy jahon yaxshi,

Jahon xushdur vale hamrohi yoru do`stan yaxshi.

Ne tanho vaqti xush topsin ko`ngul benash’ayu tanho,

Muhitlar birla qilg`on sayri bog`u bo`ston yaxshi.

Muhimi shundaki, shoir bu misralarda yakkalik va xudbinlik mayllarini qoralab, do`stlar bilan, omma bilan birga yashash, birga shod-xurram bo`lish g`oyasini kuylaydi.

Mujrim-Obid devonlarida tarbiyaviy ahamiyatga ega bo`lgan she’rlar ham bor. Shoir bu she’rlarida saxiylik, kamtarlik, do`st bilan dushmanni ajrata bilish, el bilan maslahatlashib ish qilish kabi yaxshi xislatlarni ulug`laydi.

Har majlis aro o`zni suxanvar qilmo,

Yalg`on so`zingni chinga barobar qilma.

Do`stingdan agar birov shikoyat etsa,

Zinhor aning qavlini bovar qilma.

Shoir «sarf» radifli tojikcha bir she’rida umrni bekor o`tkazmaslikni, o`qimishli, donishmand kishilar bilan ham suhbat bo`lishni, umr agar yuz yil bo`lsa ham, g`ariblar bilan birga bo`lishni maslahat ko`radi:

Umr mekohi bodunyo bo tabibon soz sarf,

Har chi dori dar bisotat bo hakimon soz sarf.

Davlati jovid xohi dil ba dast ovardanast

Umr agar sad sol boshad, bo g`aribon soz sarf.

(Dunyoda umr ko`rishni istasang, tabiblar bilan aloqada bo`l, bisotingda nimaiki bo`lsa, hakimlarga sarf et, Abadiy davlat tilasang-bu birovning ko`nglini xush qilmoqdir, agar umring yuz yil bo`lsa ham, uni g`ariblar bilan

o`tkaz).


Shoirning fikriga, gapni o`z o`rnida gapiradigan kishi suhbatdoshlarining e’tiboriga sazovor bo`ldi, har bir so`zi gavhardek qabul qilinadi, ko`z bilan chiroq ma’rakani ziynatlaganidek, ma’rakada aytilgan yaxshi so`z hatto o`likka ham jon kirgizadi.

Dono mashome (dimov, burun) ichra harifi suxan bo`lur,

Har bir so`zi ba manzili durri Adan bo`lur,

Jon kirguzur o`lik taniga yaxshi so`z birla,

Chashmu chiroq ma’rakada anjuman bo`lur.

Mujrim «qalam» radifli she’rida Kalamning xizmatlarini tasvirlab berishga harakat qilgan.

Qalamni shoir yakkayu yagona suyanchig`i, do`sti, sirdoshi, shodlikda ham hamkori sifatida gavdalantiradi.

Umrlardur holi zorimdin xabardorim qalam,

Boshi birlan xizmatim qilmoqqa tayyorim qalam.

Boshga mehnat tushsa yo rohat yo`qiqsa shodu g`am,

Aytibu yig`lab yozarda sohib asrorim qalam,

Shoir ijodi o`z davrida qadrlanmaganidan ko`p afsuslangan edi. Ammo o`z she’rlarining kelasi avlod tomonidan qadrlanishiga, kishilarning uni hurmat bilan eslashlariga ishonadi. Shuning uchun ham shoir kelajakka zo`r umid va ishonch bilan quyidagilarni yozib qodiradi:

So`zlarim xalqi zamona ichra ismi boqidur,

Garchi bu kun bori, tongla yo`qu, foniyman o`zim.

Yoki:

Hayotim qolmaganda hamki otim darhdin ketmas,



G’azal aytur bu Mujrim, anga har ahli suxan voris.

Obidning umri bekor ketmadi...




Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11


Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2017
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə