11
hujayralar hosil bo`ladi. Immunologik aktiv klon antigen kiritilgandan 1--2 kundan
so`ng plazmoblastlarning bo`linishidan hosil bo`ladi. Plazmoblastlar tez bo`linuvchi
hujayralardir.
Ular
proplazmotsitlar
bosqichiga
o`tib,
ko`p
miqdorda
immunoglobulin hosil qiladi. Shu bilan ularda ko`payish qobiliyati saqlanib qoladi.
So`ngra proplazmotsitlar yetilgan, ko`payish qobiliyatini yo`qotgan
hujayralarga
aylanadi. Hujayra bo`linishidan boshlab, ya’ni klon hosil bo`lishidan to yetilgan
plazmatik hujayralar hosil bo`lguncha 3 sutka o`tadi. Antitelo hosil bo`lishining
to`xtashi antitelo hosil qiluvchi hujayralar populyatsiyasiningso`nishi bilan bog`liq.
Antigen to`qimaga tushganda unda plazmatik qatorning hamma hujayralari, ko`proq
yetilgan plazmatik hujayralar bo`ladi. Lekin immunologik reaksiya boshlanishida
avval antitelo
hosil qiluvchi plazmoblastlar, undan so`ng yetilgan hujayralar
ko`payadi. Immunologik reaksiyaga tayyorlik boshlang`ich hujayraga bog`liq
bo`lib, yetilgan hujayralarga bog`liq emas. Bir plazmatik hujayra faqat bir
immunologik spetsifik antitelo hosil qiladi.
Dostları ilə paylaş: