Universiteti biologiya fakulteti


PLAZMATIK HUJAYRALAR YOKI PLAZMOTSITLAR



Yüklə 383,87 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/8
tarix27.05.2022
ölçüsü383,87 Kb.
#116299
1   2   3   4   5   6   7   8
Biriktiruvchi toʻqima

PLAZMATIK HUJAYRALAR YOKI PLAZMOTSITLAR 
(PLASMOCYTI) 
Plazmotsitlar sut emizuvchilarda va, xususan, odamda ko`p uchrovchi 
hujayra turidir. U murtaklarda, taloq, 
limfa tuguni
, jigar, ichakning shilliq qavatida 
va boshqa a’zolarda uchraydi. Plazmatik hujayralar oval yoki yumaloq shaklga ega 
bo`lib, yadrosi ekstsentrik joylashadi. Hujayra sitoplazmasi to`q bazofil bo`yaladi. 
Elektron mikroskopda plazmotsit sitoplazmasida juda yaxshi rivojlangan donador 
endoplazmatik to`r, Golji kompleksi va erkin ribosomalarni ko`rish mumkin. Golji 
kompleksi atrofi-da lizosomalar ham uchraydi. Plazmotsitlarning asosiy vazifasi 
immunoglobulinlar yoki antitelolar ishlab 
chiqarishdir. Hozirgi vaqtda 
immunoglobulinlarning asosan 5 sinfi (A, G, M, D, E) plazmatik hujayrada hosil 
bo`lishi tasdiqlangan. Bu moddalar donador endoplazmatik to`rda vujudga kelib, 
boshqa a’zo hujayralaridagi singari sekretor konveyerga tushib, hujayradan 
tashqariga chiqariladi. Sekretor moddaning tashqariga chiqishi plazmotsitoz 
(sitoplazma bo`lakchalarining ajralnshi) yo`li bilan yuzaga chiqishi mumkin. 
Hozirgi davrda plazmatik hujayralarning B- limfotsitlardan hosil bo`lishi 
aniqlangan. Qonning o`zak hujayralaridan qushlarda Fabritsiy xaltachasi, sut 
emizuvchilarda esa qizil suyak ko`migida B-limfotsitlar hosil bo`ladi. B-limfotsitlar 
esa antitelolar ishlab chiqaruvchi plazmatik hujayralarga aylanishi mumkin. 
Plazmatik 
hujayralarning 
bir 
necha 
turlari 
farqlanadi: 
plazmoblastlar, 
proplazmotsitlar va yetuk plazmatik hujayralar. Plazmoblast hujayrasida RNK 
to`planadi va bu hujayra intensiv oqsil sintez qiladi. Antitelolarning hosil bo`lishi 
plazmoblastlarning yetilgan plazmatik hujayraga aylanishi bilan bog`liq. Bunda bir 
necha ketma-ket hujayra bo`linib, bir plazmoblastdan o`nlab yetilgan plazmatik 


11 
hujayralar hosil bo`ladi. Immunologik aktiv klon antigen kiritilgandan 1--2 kundan 
so`ng plazmoblastlarning bo`linishidan hosil bo`ladi. Plazmoblastlar tez bo`linuvchi 
hujayralardir. 
Ular 
proplazmotsitlar 
bosqichiga 
o`tib, 
ko`p 
miqdorda 
immunoglobulin hosil qiladi. Shu bilan ularda ko`payish qobiliyati saqlanib qoladi. 
So`ngra proplazmotsitlar yetilgan, ko`payish qobiliyatini yo`qotgan hujayralarga 
aylanadi. Hujayra bo`linishidan boshlab, ya’ni klon hosil bo`lishidan to yetilgan 
plazmatik hujayralar hosil bo`lguncha 3 sutka o`tadi. Antitelo hosil bo`lishining 
to`xtashi antitelo hosil qiluvchi hujayralar populyatsiyasiningso`nishi bilan bog`liq. 
Antigen to`qimaga tushganda unda plazmatik qatorning hamma hujayralari, ko`proq 
yetilgan plazmatik hujayralar bo`ladi. Lekin immunologik reaksiya boshlanishida 
avval antitelo hosil qiluvchi plazmoblastlar, undan so`ng yetilgan hujayralar 
ko`payadi. Immunologik reaksiyaga tayyorlik boshlang`ich hujayraga bog`liq 
bo`lib, yetilgan hujayralarga bog`liq emas. Bir plazmatik hujayra faqat bir 
immunologik spetsifik antitelo hosil qiladi.

Yüklə 383,87 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin