Universiteti biologiya fakulteti


YOG’ HUJAYRALARI (ADIPOCYTI)



Yüklə 383,87 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/8
tarix27.05.2022
ölçüsü383,87 Kb.
#116299
1   2   3   4   5   6   7   8
Biriktiruvchi toʻqima

YOG’ HUJAYRALARI (ADIPOCYTI) 
Yog’ hujayralari yoki adipotsitlar asosan qon tomirlar bo`ylab joylashadi. 
Ba’zi joylarda esa yog` hujayralari to`planib, yog` to`qimasini hosil qiladi.Yog` 
hujayralari biriktiruvchi to`qi- maning kambial elementlaridan, retikulyar va 
adventitsial hujayralardan hosil bo`lishi mumkin. Bu hujayralar sitoplazmasida 
yig`ilgan mayda-mayda yog` tomchilari yirik tomchilarni hosil qiladi (3-rasm). 
Sitoplazma organellari va yadro chetga surilib, yog` hujayrasi sharsimon shaklni 
oladi. Maxsus bo`yovchi moddalar (sudan III va boshqalar) yog`ni bo`yasa, spirt uni 
eritadi. Gematoksilin-eozin bilan bo`yalgan preparatlarda yog` hujayralari oqish 
bo`lib ko`rinadi. Elektron mikroskopda endoplazmatik to`r va Golji kompleksining 
juda sust rivojlanganligini ko`rish mumkin. yog` tarkibi turlicha bo`lib, iqlim 
sharoitiga va ovqatlanish turiga bog`liq . Adipotsitlar (ba’zan lipotsitlar deb ham 
ataladi) ancha yuqori modda almashtirish qobiliyatiga ega. Qon va limfaga so`rilgan 
yog` tomchilari yoki xilomikronlar (diametri 1 mkm atrofida) tomirlar 
endoteliysidagi fermentlar ta’sirida yog` kislotalari bilan glitseringa parchalanadi. 
Bu moddalar adipotsitlar tomonidan so`rilib hujayralarda glitserolkinaza fermenti 
yordamida yana qayta triglitseridlarga sintezlanadi va yog` zapasi shaklida 
to`planadi. Adipotsitlarda to`plangan yog` zaruriyat tug`ilgan paytda hujayradan 
chiqarilib lipaza fermenti 
yordamida parchalanadi
, hosil bo`lgan glitserin va yog` 
kislotalari qondagi albumin bilan bog`lanib to`qimalarga «yoqilg`i» sifatida 
yetkaziladi. 
3-rasm. 
Izoh: 
Yog` hujayralari 
 
 


14 
 
XULOSA 
Xulosa qilib aytganda, biriktiruvchi to`qima asl biriktiruvchi to`qimadan, 
tog`ay va suyak to`qimasidan iborat. Biriktiruvchi to`qima eng keng tarqal-gan 
to`qima bo`lib, organizmda bu tuzilma bo`lmaydigan a’zo yo`q. Biriktiruvchi 
to`qima trofik (hujayralarning oziqlanishi-ni boshqarib turadi va qon bilan hujayra 
orasida modda almashinuvini ta’minlaydi), himoya (biriktiruvchi to`qima ele-
mentlari fagotsitoz qilish va antitelolar ishlab chiqarish orqali organizmni turli yot 
jinslardan saqlaydi), plastik, «o`rin bosish» (turli a’zolar jarohatlanganda, 
yallig`lanish jarayonida nobud bo`lgan to`qima o`rnida chandiq hosil bo`lish bilan 
ifodalanadi), mexanik yoki tayanch (turli a’zolar stromasi - asosini hosil qiladi) 
vazifalarni bajaradi. Mexanik vazifasi ayniqsa tog`ay va suyak to`qimalariga xos 
bo`lib, ular skelet hosil qiladi. Biriktiruvchi to`qimada ba’zi bir kasalliklarda 
ekstramedullyar orolchalar hosil bo`lib, unda qon shaklli elementlari yaratilishi 
mumkin. 


15 

Yüklə 383,87 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin