Universiteti



Yüklə 0,88 Mb.
səhifə14/30
tarix17.01.2023
ölçüsü0,88 Mb.
#122300
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   30
1665203129 lotincha

AMALIY TAVSIYaLAR


Amalga oshirilgan tadqiqotlar natijalari 10-12 yoshli yengil atleti- kachilarning jismoniy va psixologik tayyorgarligida harakatli o‘yinlarni qo‘llash bo‘yicha bir qator tavsiyalarni berish imkonini beradi.



  1. 10-12 yoshdagi yengil taletikachilarning jismoniy va psixologik tayyorgarligi jarayonini bir qator bosqichlarga ajratib chiqish maqsadga muvofiq. Bunda birinchi bosqichning maqsadi – o‘z hatti–harakatlarini belgilangan o‘yin qoidalariga amal qilishga bo‘ysindirish mazmuniga ega

bo‘lib, o‘yinning har bir ishtirokchisi o‘z harakatlari asosida tengdoshlari tomonidan muhokama qilinish predmetiga aylanadi.

  1. Belgilangan vazifani hal qilish uchun yakka tartibdagi o‘yinlar va murakkab bo‘lmagan qoidalarga ega syujetli o‘yinlardan foydalanish tavsiya qilinadi, bu holatda ma’lum bir aniq tamoyillarga asoslaniladi: ya’ni, bitta sportchining o‘yin davomidagi harakatlari boshqa ishtirokchining harakatlariga yo‘naltiriladi, o‘z navbatida navbatdagi bosqichda asta–sekin birgalikda bajariluvchi jamoaviy o‘yinlarga o‘tish amalga oshiriladi.

  2. Sportchilar tomonidan birinchi tipdagi harakatli o‘yinlarning o‘zlashtirilishi mezoni sifatida quyidagi holatlar e’tiborga olinishi tavsiya qilinadi:

o‘yin ishtirokchilarning harakatlari yakka tartibdagi tavsifga ega hisoblanadi;
o‘yinda ishtirok etayotgan bolalar o‘rtasida o‘zaro qat’iy bog‘lanishlar mavjud emas;
o‘yinda ishtirok etayotgan bolalarning harakatlari natijalari bir – biriga bog‘liq emas. Tomonlarning o‘zaro qarama–qarshilik kurashi mavjud emas.

  1. Sportchilarga o‘yin faoliyati bo‘yicha ko‘nikmalarni o‘rgatishning ikkinchi bosqichida talablar (qoidalar) tizimiga amal qilish, o‘zi bajarayotgan harakatlarning to‘g‘riligini nazorat qilishga e’tibor qaratiladi, o‘z navbatida bunda syujetga ega bo‘lmagan, juft holatdagi harakatli o‘yinlardan foydalanish tavsiya qilinadi. O‘zini nazorat qilish ko‘nikmalarini shakllantirishda bajarilayotgan harakatlarning o‘yin hakami va tomoshabinlar tomonidan belgilangan tartib bilan solishtirish shaklidagi pedagogik nazorat o‘rnatilishi tavsiya qilinadi.

  2. O‘yin jarayonida bolalar quyidagi holatlarni o‘zlashtirishlari talab qilinadi;

  • o‘yin turini tanlab olishni kelishishlari, talab qilingan sondagi o‘yin ishtirokchilarini chorlash va ularni o‘yin o‘ynashga qiziqtirishi;

  • o‘yin ichida ishtirokchilarni kichik guruhlarga ajratib chiqish, o‘yindagi rollarni tasdiqlash;

  • o‘yin topshiriqlarini bajarishda o‘z hamkorlari bilan muvofiqlikda harakatlarni amalga oshirish.

Yüklə 0,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   30




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin