Universiteti



Yüklə 0,88 Mb.
səhifə4/30
tarix17.01.2023
ölçüsü0,88 Mb.
#122300
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30
1665203129 lotincha

Tadqiqotning respublikada fan va texnologiyalarni rivojlan- tirishning ustuvor yo‘nalishlariga mosligi. Mazkur tadqiqot respublika fan va texnologiyalarini rivojlantirishning I. “Demokratik va huquqiy jamiyatni ma’naviy-axloqiy va madaniy rivojlantirish, innovatsion iqtisodiyotni shakllantirish” ustuvor yo‘nalishi doirasida bajarildi.
Muammoning o‘rganilganlik darajasi. Bugungi kunda bolalar va o‘smirlar sporti nazariyasi va uslubiyati sohasida o‘smir sportchilarni tayyorlash tizimining zamon talablariga moslashtirish yuzasidan ko‘plab ilmiy tadqiqot ishlari o‘tkazilgan.
V.I.Lyax, A. N.Normurodov, V.G.Nikitushkin, K.T.Shakirjanova, D.N.Rax- matova va boshqalarning ta’kidlashicha, boshlang‘ich tayyorgarlik bosqichida shug‘ulllanuvchi o‘smir yoshdagi sportchilarning jismoniy va psixologik tayyor- garligini maqsadli tashkillashtirish kelajakda yetuk sportchilarni tayyorlash- ning garovi hisoblanar ekan2.
E.R.Andris, R.Q.Qudratov, A.N.Normurodov, M.S. Olimov, I.Niyozov, K.T. Shakirjanova, N.T. Tuxtaboev, H.T.Rafiev, I.R.Soliev, X.T.Ortiqov va boshqa bir qator yetakchi mutaxassislar o‘z manbalarida yengil atletikachilarning o‘quv- mashg‘ulotlari jarayonini rejalashtirish, jismoniy sifatlarini rivojlan- tirish, musobaqa faoliyatining qoidalari va ularni tashkillashtirish




2 Lyax V.I. Testы v fizicheskom vospitanii shkolnikov. – Moskva. ACT, 1998. - 270 s.; Normurodov A.A. Yengil atletika. – Toshkent. O‘qituvchi, 2002. – 158 b.; Nikitushkin V.G. Teoriya i metodika yunosheskogo sporta. – Moskva, Fizicheskaya kultura, 2010. – 203 s., Shakirjanova K.T. Yengil atletikada sport mashg’ulotlari asoslari. O’quv qo’llanma – T.: 2008. – 72 b.; Shakirjanova K.T. Yengil atletikada boshqaruv va pedagogik nazorat. O’quv qo’llanma – T.: 2009. – 58 b.; D.N. Raxmatova Bolalar va o‘smirlar sport maktabining boshlang‘ich tayyorgarlik guruhida chidamlilikni tarbiyalash. Ped.fan..nom. diss. avtoref.-Toshkent, 2010. – 114 b.
masalalarini yoritganlar.3
T.S.Usmonxodjaev, V.P.Filin, V.G.Nikitushkin, L.V.Volkov, V.Ye.Kote- shov, T.Bompa va boshqa mutaxassislar bolalarning yosh xususiyatlarini inobatga olgan holda mashg‘ulot yuklamalarini rejalashtirish uslubiyatini ishlab chiqqanlar.4
Sportchilarning jismoniy sifatlarini rivojlantirish va texnik harakatlarini ratsional shakllantirishda harakatli o‘yinlarning alohida ahamiyatga ega ekanligi T.S.Usmanxodjaev, L.P.Fateeva, L.V.Volkov, N.V.Lutkova, L.N.Mishina, O.P.Bauer, M.N.Jukov, L.V.Bileeva, M.A.Qurbonova va boshqa olimlarning ishlarida ta’kidlangan5.
Ilmiy-uslubiy adabiyotlarni tahlil qilish natijasida yosh yengil atletikachilarning o‘quv mashg‘ulotlari samaradorligini oshirishda harakatli o‘yinlarni qo‘llash metodikasini takomillashtirish, shug‘ullanuvchilarning jismoniy sifatlarini rivojlantirish va psixologik tayyorgarligini ilmiy- metodik ta’minlash ishlari bo‘yicha uslubiy tavsiyalar yetarli darajada ishlab chiqilmagan.

Yüklə 0,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin