Universiteti



Yüklə 0,88 Mb.
səhifə8/30
tarix17.01.2023
ölçüsü0,88 Mb.
#122300
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   30
1665203129 lotincha

Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Yosh yengil atletikachi- larning mashg‘ulot samaradorligini oshirishda harakatli o‘yinlarni qo‘llash metodikasini takomillashtirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
boshlang‘ich tayyorgarlik bosqichida shug‘ullanuvchi 10-12 yoshli yengil atle- tikachilar jismoniy va psixologik tayyorgarligining yoshga xos dinamikasi xususiyatlari aniqlanib, harakatli o‘yinlarni qo‘llash metodikasi Buxoro viloyati Sportning o‘yin turlari va yengil atletika bo‘yicha ixtisoslash- tirilgan bolalar va o‘smirlar sport maktabida shug‘ullanuvchi yosh yengil atletikachilar tayyorgarligiga tatbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligining 2018 yil 26 dekabrdagi 01-07-10- 3313-sonli ma’lumotnomasi). Natijada 10 yoshli yengil atletikachi o‘g‘il
bolalarning tezkor-kuch sifatlari 19-21%ga, tezlik sifati 17-19%ga, chaqqon- lik sifati 29-31%ga, egiluvchanlik sifati 42-44%ga o‘sishiga erishilgan;
yosh yengil atletikachilarning psixologik tayyorgarligida qo‘llanilgan harakatli o‘yinlar Buxoro shahar 1-son bolalar-o‘smirlar sport maktabida shug‘ullanuvchilarning o‘quv-mashg‘ulot jarayoniga tatbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligining 2018 yil 26 dekabrdagi 01-07-10-3313-sonli ma’lumotnomasi). Natijada 10 yoshlilarda kommunikativ qobiliyat 15,36%ga, 11 yoshlilarda - 16-18%ga, 12 yoshlilarda - 23,8-25,6%ga, 10 yoshlilarda emotsional xolat 14,16%ga, 11 yoshlilarda - 15- 17%ga, 12 yoshlilarda - 24,2-26,4%ga yaxshilangan;
10–12 yoshdagi bolalarning jismoniy va psixologik tayyorgarligida harakatli o‘yinlarning yo‘naltirilgan ta’siri bo‘yicha tajriba uslublarining tarkibi ilmiy-uslubiy jihatdan takomillashtirilib, Buxoro shahar 1-son bolalar-o‘smirlar sport maktabida shug‘ullanuvchilarning o‘quv-mashg‘ulot jarayoniga tatbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligining 2018 yil 26 dekabrdagi 01-07-10-3313-son ma’lumot- nomasi). Natijada yosh yengil atletikachilarning tezkor-kuch sifatlari 20–22% ga, tezlik sifati 17,4–19,1% ga, chaqqonlik sifati 24,2–26,4% ga, egiluvchan- lik sifati 48,4–49,2% ga o‘sgan;
yengil atletikachilarning o‘quv-mashg‘ulotlari samaradorligini oshirishda shug‘ullanuvchilarning yosh xususiyatlarini inobatga olgan holda harakatli o‘yinlar tabaqalashtirilib, mashg‘ulotlarning tayyorlov, asosiy va yakuniy qismlarida qo‘llash metodikasi takomillashtirilib, Buxoro shahar 1-son bolalar-o‘smirlar sport maktabida shug‘ullanuvchilarning o‘quv-mashg‘ulot jarayoniga qo‘llanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligining 2018 yil 26 dekabrdagi 01-07-10-3313-son ma’lumotnomasi). Natijada 10 yoshlilarda komunikativ qobiliyatning 15,16% ga, 11 yoshlilarda
14–16,8% ga, 12 yoshlilarda 23,1–25,4% ga o‘sishiga erishilgan.

Yüklə 0,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   30




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin