Universiteti



Yüklə 0,88 Mb.
səhifə6/30
tarix17.01.2023
ölçüsü0,88 Mb.
#122300
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30
1665203129 lotincha

Tadqiqotning maqsadi boshlang‘ich tayyorgarlik bosqichida yosh yengil atletikachilarning mashg‘ulot samaradorligini oshirishda harakatli o‘yinlarni qo‘llash metodikasini takomillashtirish.

Tadqiqotning vazifalari:


yengil atletikachilarning jismoniy va psixologik tayyorgarligining yoshga xos dinamikasini o‘rganib, ko‘rsatkichlar o‘rtasidagi korrelyatsion bog‘liqlik- larni aniqlash;
yosh yengil atletikachilarning o‘quv-mashg‘ulotlari jarayonida harakatli o‘yinlarni tabaqalashtirish va qo‘llash metodikasi mazmuni hamda yo‘nalishini aniqlash;
10-12 yoshli yengil atletikachilarda jismoniy tayyorgarlik darajasining psixologik tayyorgarlikka ta’sirini aniqlash;
boshlang‘ich tayyorgarlik bosqichida shug‘ullanuvchi 10-12 yoshli yengil atletikachilarning o‘quv-mashg‘ulotlari jarayonida harakatli o‘yinlarni qo‘llash metodikasini takomillashtirish.
Tadqiqotning ob’ekti sifatida yosh yengil atletikachilarning o‘quv- mashg‘ulotlar jarayoni olingan.
Tadqiqotning predmeti yosh yengil atletikachilarning o‘quv mashg‘ulotlari samaradorligini oshirishda harakatli o‘yinlardan foydalanish.
Tadqiqotning usullari. Ishda ilmiy-uslubiy adabiyotlar tahlili, pedagogik kuzatuv, pedagogik testlash, instrumental metod, psixologik testlash, pedagogik tajriba va matematikstatistik tahlil metodlaridan foydalanildi.
Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat.
boshlang‘ich tayyorgarlik bosqichida shug‘ullanuvchi 10-12 yoshdagi yengil atletikachilarning kuch, chaqqonlik, tezkor-kuch, chidamlilik sifatlarining rivojlanishi va ularning psixologik (muloqotga kirisha olish, o‘z tengdo- shini tushuna olish, bajarilishi belgilangan faoliyatning vazifalarini tushunish, o‘z tengdoshlariga munosabatlarini ifodalash to‘g‘risidagi tasavvur- lari, kattalar bilan munosabatlarini qurish haqidagi tasavvurlari) tayyorgarligi dinamikasi aniqlangan;
boshlang‘ich tayyorgarlik bosqichida shug‘ullanuvchi 10-12 yoshli yengil atletikachilarda jismoniy (yuqori, o‘rtacha, past) tayyorgarlik va muloqotga kirisha olish qobilyatining tashqi namoyon bo‘lishi (yuqori, o‘rtacha, past) orasidagi o‘zaro korrelyatsion bog‘liqlik aniqlangan;
10-12 yoshli yengil atletikachilar jismoniy va psixologik tayyorgarligida harakatli o‘yinlarning yo‘naltirilgan ta’siri bo‘yicha tajriba metodlarining tarkibi ilmiy-metodik jihatdan takomillashtirilgan;
yengil atletikachilarning o‘quv-mashg‘ulotlari samaradorligini oshirishda shug‘ullanuvchilarning yosh xususiyatlarini inobatga olgan holda harakatli o‘yinlar (yakka, juftlikdagi, jamoaviy, estafeta shaklidagi) tabaqalash- tirilib, ularni mashg‘ulotlarning tayyorlov, asosiy va yakuniy qismlarida qo‘llash metodikasi takomillashtirilgan.

Yüklə 0,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin