Universiteti



Yüklə 0,88 Mb.
səhifə7/30
tarix17.01.2023
ölçüsü0,88 Mb.
#122300
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   30
1665203129 lotincha

Tadqiqotning amaliy natijasi quyidagilardan iborat:
yosh yengil atletikachilarning o‘quv mashg‘ulotlari samaradorligini oshirish jarayonida qo‘llaniladigan harakatli o‘yinlarni tabaqalashtirishda o‘yin ishtirokchilarining o‘zaro munosabatlari tavsifi, muloqotga kirisha olish qobiliyatining tarkibiy qismlari, harakatli o‘yinlarning yo‘naltiri- lishi va o‘yinlarning tarkibi aniqlab berilgan;
yosh yengil atletikachilarning o‘quv-mashg‘ulotlari davomida qo‘llanilgan harakatli o‘yinlarning shiddati (yuqori, o‘rtacha va past), harakatli o‘yinlar- ning tavsifi, ularning tomir urishiga tasiri, o‘yin yuklamalari va dam olishning xususiyatidan kelib chiqib, harakatli o‘yinlarning tarkibiy yo‘nalishi ishlab chiqilgan.
Tadqiqot natijalarining ishonchliligi. Tadqiqot natijalarining ishonchliligi bilish nazariyasi metodologiyasi [bilishning dialektik metodi] hamda jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlari nazariyasi va metodikasi sohasidagi respublikamiz, chet el olimlari, shuningdek, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan amaliyotchi trenerlarning fikr-mulohazalariga asoslanganligi; tadqiqot vazifalariga mos, o‘zaro bir-birini to‘ldirib boruvchi tadqiqot metodlarining qo‘llanilganligi; tahlil va tadqiqot vazifasining son va sifat jihatdan ta’minlanganligi; tajriba-sinov ishlarining reprezen- tativligi hamda olingan natijalarning matematik - statistik tahlil metod- lari yordamida qayta ishlab chiqilganligi bilan izohlanadi.
Tadqiqot natijalarining ilmiy va amaliy ahamiyati quyidagilardan iborat.
Tadqiqotning ilmiy ahamiyati: yosh yengil atletikachilarning jismoniy va psixologik tayyorgarligida harakatli o‘yinlar qo‘llanilish xususiyatini inobatga olgan xolda tabaqalashtirilgan, yakka tartibdagi, juft holatdagi va jamoaviy harakatli o‘yinlarning tavsiflari berilgan, muloqotga kirisha olish qobiliyatining tarkibiy qismlari tekshirilgan, harakatli o‘yinlarning yo‘nalishi va o‘yinlarni amaliyotda qo‘llash metodikasi takomillashtirilgan.
Tadqiqotning amaliy ahamiyati: boshlang‘ich tayyorgarlik bosqichida shug‘ul- lanuvchi 10-12 yoshli yengil atletikachilarning o‘quv-mashg‘ulotlari jarayonida qo‘llanadigan harakatli o‘yinlar yuqori, aralash, o‘rta va past shiddatli guruhlarga tabaqalashtirilgan, o‘yin yuklamalari va dam olishning tavsiflari ishlab chiqilgan, harakatli o‘yinlarning tarkibiy yo‘nalishlari aniqlangan.

Yüklə 0,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   30




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin