Universitetining jizzax filiali "psixologiya" fakulteti "iqtisodiyot va turizm"


Jamg‘arma va investitsiyalami taqqoslash usulming mohiyati



Yüklə 0,87 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/15
tarix11.11.2023
ölçüsü0,87 Mb.
#131983
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Iqtisodiy muvozanatlilikning mohiyati va unga erishish yo\'lla

Jamg‘arma va investitsiyalami taqqoslash usulming mohiyati
shundaki, 
ishlab chiqarilgan mahsulotning har qanday hajmi shunga mos daromad hajmini 
beradi. Biroq aholi bu daromadning bir qismini iste’mol qilmasdan jamg‘armaga 
qo‘yishi mumkin. Jamg‘arma “sarflar- daromadlar” oqimidan potensial sarflarni 
olib qo‘yish hisoblanadi. Bunda jamg‘armaga qo‘yilgan mablag‘ investitsiyalar 
bilan to‘liq qoplansa, yalpi sarflar ishlab chiqarish hajmiga teng bo‘ladi (3-
chizma). 


10 
1.2-chizma 
 
 
Investitsion sarflarning ko‘payishi ishlab chiqarish hajmi va daromad 
darajasining o‘sishiga olib keladi. Bu o‘zaro natija multiplikator samarasi bilan 
izohlanadi. Multiplikator tushunchasi «ko‘paytiruvchi» degan ma’noni anglatadi. 
Multiplikator samarasining mohiyati investitsiya hajmining o‘sishi jamiyat milliy 
daromadining unga nisbatan ko‘proq o‘sishiga olib kelishi orqali ifodalanadi. 
Multiplikator samarasi — bu sof milliy mahsulot o‘zgarishining investitsiya 
sarflaridagi o‘zgarishga nisbati: 
 
Yoki, multiplikator koeffisitentini quyidagicha ifodalash hammumkin: 
 
 
Investitsion sarflardagi o‘zgarishdan tashqari iste’mol, davlat xaridi yoki 
eksportdagi o‘zgarishlar hammultiplikator samarasiga ta ‘sir ko‘rsatadi. 


11 
Multiplikator samarasi ikkita holatga asoslanadi. Birinchidan, iqtisodiyotda 
bir subyekt tomonidan qilingan sarf, boshqasi tomonidan daromad shaklida 
olinadi. Ikkinchidan, daromaddagi har qanday o‘zgarish iste’mol va jamg‘armada 
xuddi shunday yo‘nalishda o‘zgarish bo‘lishiga olib keladi. 
Shu o‘rinda ta ‘kidlash lozimki, jamg‘arma va investitsiya darajasi hamo‘ziga 
xos chegaralarga ega bo‘lib, bu borada klassik va keynscha qarashlar tafovutlanadi. 
Klassik nazariya qarashlariga ko‘ra, jamg‘arma investitsiya manbai bo‘lib, 
jamg‘armaga 
nisbatan 
moyillikning 
yuqori 
darajasi 
muqarrar 
ravishda 
iqtisodiyotning yuksalishiga olib keladi. 
Keynscha nazariya esa klassik talqinga qarshi chiqib, iqtisodiy jihatdan 
rivojlangan mamlakatlarda bu jarayon o‘zgacha kechishi ta ‘kidlanadi. Chunki, 
rivojlangan mamlakatlarda jamg‘armaga bo‘lgan intilish investitsiyalashga bo‘lgan 
intilishdan jadalroq bo rib, u quyidagi sabablar bilan izohlanadi: 
Birinchidan, yuqori foyda keltiruvchi kapital qo‘yilmalarning muqobil 
imkoniyatlari qisqarib boradi. Natijada kapital jamg‘arishning o‘sishi bilan uning 
amal qilishining keyingi qo‘shilgan samaradorligi pasayib boradi. 
Ikkinchidan, rivojlangan mamlakatlarda daromadlarning o‘sishi bilan 
jamg‘armaning ulushi oshib boradi. Shunga ko‘ra, jamg‘arma hajmi investitsiya 
sarflari hajmidan oshib ketsa, jamg‘arma egalari muvaffaqiyatsizlikka duchor 
bo‘ladilar. Bu holatni iqtisodiy adabiyotlarda «tejamkorlik paradoksi» tushunchasi 
orqali izohlanadi. 
 
Bu paradoksning mohiyati shundan iboratki, investitsiyalar nazariy jihatdan 
avtonomva hosilaviy investitsiyalarga ajratilib, avtonominvestitsiyalar milliy 
daromad hajmi va uning o‘zgarishiga bog‘liq bo‘lmasa, hosilaviy investitsiyalar 
milliy 
daromadning 
o‘zgarishiga 
hambog‘liq 
bo‘ladi. 
Aynan 
avtonominvestitsiyalarga 
qo‘shimcha 
ravishda 
o‘sib boruvchi hosilaviy 
investitsiyalar iqtisodiy o‘sishni kuchaytirishi, uni jadallashtirishi natijasida 
akselerator samarasi ro‘y beradi («akselerator» tushunchasi jadallashtiruvchi degan 
ma’noni anglatadi). 


12 
Hosilaviy investitsiyalarning iqtisodiy tabiatidagi o‘ziga xoslik shundaki, u 
milliy daromadning o‘sishiga qanchalik uzviy bog‘liq bo‘lsa, uning qisqarishiga 
hamshu darajada ta ‘sirchan bo‘ladi. Ya’ni, iqtisodiyotdagi daromadlarning 
qisqarishi hosilaviy investitsiyalarning undan hamtezroq qisqarishiga olib keladi. 
Natijada iqtisodiyotda ishlab chiqarish resurslarining bandlilik darajasi pasayadi. 
Bunday sharoitda jamg‘armaga bo‘lgan moyillikning o‘sishi o‘z navbatida 
iste’molga bo‘lgan moyillikning pasayishini anglatadi. Iste’mol sarflarining 
qisqarishi esa. mavjud tovar va xizmatlaming sotilmay qolishiga, ya’ni ishlab 
chiqarish zahirasining ko‘payishiga olib keladi. Oqibatda yangi kapital qo‘yilmalar 
amalga oshirilmaydi, ishlab chiqarish qisqaradi, ishsizlikning o‘sishi va 
daromadlaming pasayishi ro‘y beradi. Aholi tomonidan jamg‘armaning haddan 
ortiq ko‘paytirib yuborilishi oqibatida kelib chiquvchi salbiy jarayonlar, ya’ni 
«tejamkorlik paradoksi» shunday tarzda namoyon bo‘ladi. Mazkur jarayonni 
quyidagi chizma orqali hamkо’rib chiqish mumkin (4-chizma): 
1.3-chizma 
 
Chizmaning yotiq o‘qida milliy daromad, tik o‘qida esa, jamg‘arma va 
investitsiyalar hajmi joylashtirilgan bo‘lib, F chizig‘i iqtisodiyotdagi to‘la bandlik 
sharoitida milliy daromad hajmini ifodalaydi. 


13 
E’tibor berilsa, chizmadagi investitsiya sarflari chizig‘i yotiq o‘qqa parallel 
emas, balki o‘sib boruvchi ko‘rinishda namoyon bo‘lmoqda. Bu esa, 
avtonominvestitsiyalardan farqli o‘laroq, hosilaviy investitsiyalarning milliy 
daromad hajmiga bog‘liqligini ko‘rsatadi. 
Chizmadan ko‘rinadiki, iqtisodiyotdagi jamg‘arma hajmi S dan S| ga qadar 
o‘smoqda. Natijada, jamg‘armaning investitsiya bilan muvozanat nuqtasi E dan Ei 
ga ko‘chdi. Biroq, bu o‘sish E nuqtadagi milliy daromad hajmi ON ning Ej 
nuqtadagi ON | hajmiga qadar qisqarishiga olib keldi. Tegishli ravishda investitsiya 
hajmi hamEN darajadan EjN) darajaga qadar qisqardi. EjEoE nuqtalarini 
tutashtirish natijasida hosil bo‘luvchi uchburchak yuzasi jamg‘arma hajmining 
o‘sishi natijasida investitsiya imkoniyatlarining qisqarishini. EEo kesma esa, 
investitsiyalarning 
qisqarishini 
ko‘rsatadi. 
Aynan 
shu 
holat, 
ya’ni 
jamg‘armalarning o‘sishi natijasida investitsiyalarning qisqarishi «tejamkorlik 
paradoksi» mohiyatini namoyon etadi. 
Iqtisodiy muvozanatlik darajasini aniqlashda yuqoridagi usullardan tashqari 
balans usulidan hamda xarajat va natijalarni taqqoslash usulidan hamfoydalaniladi. 
Balans usulida tarmoqlararo balans, moddiy, moliyaviy va ishchi kuchi 
balanslaridan foydalanilib iqtisodiyotdagi muvozanatlik darajasiga baho beriladi.. 

Yüklə 0,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin