Jamg‘arma va investitsiyalami taqqoslash usulming mohiyati
shundaki,
ishlab chiqarilgan mahsulotning har qanday hajmi shunga mos daromad hajmini
beradi. Biroq aholi bu daromadning bir qismini iste’mol qilmasdan jamg‘armaga
qo‘yishi mumkin. Jamg‘arma “sarflar- daromadlar” oqimidan potensial sarflarni
olib qo‘yish hisoblanadi. Bunda jamg‘armaga qo‘yilgan mablag‘ investitsiyalar
bilan to‘liq qoplansa, yalpi sarflar ishlab chiqarish hajmiga teng bo‘ladi (3-
chizma).
10
1.2-chizma
Investitsion sarflarning ko‘payishi ishlab chiqarish hajmi va daromad
darajasining o‘sishiga olib keladi. Bu o‘zaro natija multiplikator samarasi bilan
izohlanadi. Multiplikator tushunchasi «ko‘paytiruvchi» degan ma’noni anglatadi.
Multiplikator samarasining mohiyati investitsiya hajmining o‘sishi jamiyat milliy
daromadining unga nisbatan ko‘proq o‘sishiga olib kelishi orqali ifodalanadi.
Multiplikator samarasi — bu sof milliy mahsulot o‘zgarishining investitsiya
sarflaridagi o‘zgarishga nisbati:
Yoki, multiplikator koeffisitentini quyidagicha ifodalash hammumkin:
Investitsion sarflardagi o‘zgarishdan tashqari iste’mol, davlat xaridi yoki
eksportdagi o‘zgarishlar hammultiplikator samarasiga ta ‘sir ko‘rsatadi.
11
Multiplikator samarasi ikkita holatga asoslanadi. Birinchidan, iqtisodiyotda
bir subyekt tomonidan qilingan sarf, boshqasi tomonidan daromad shaklida
olinadi. Ikkinchidan, daromaddagi har qanday o‘zgarish iste’mol va jamg‘armada
xuddi shunday yo‘nalishda o‘zgarish bo‘lishiga olib keladi.
Shu o‘rinda ta ‘kidlash lozimki, jamg‘arma va investitsiya darajasi hamo‘ziga
xos chegaralarga ega bo‘lib, bu borada klassik va keynscha qarashlar tafovutlanadi.
Klassik nazariya qarashlariga ko‘ra, jamg‘arma investitsiya manbai bo‘lib,
jamg‘armaga
nisbatan
moyillikning
yuqori
darajasi
muqarrar
ravishda
iqtisodiyotning yuksalishiga olib keladi.
Keynscha nazariya esa klassik talqinga qarshi chiqib, iqtisodiy jihatdan
rivojlangan mamlakatlarda bu jarayon o‘zgacha kechishi ta ‘kidlanadi. Chunki,
rivojlangan mamlakatlarda jamg‘armaga bo‘lgan intilish investitsiyalashga bo‘lgan
intilishdan jadalroq bo rib, u quyidagi sabablar bilan izohlanadi:
Birinchidan, yuqori foyda keltiruvchi kapital qo‘yilmalarning muqobil
imkoniyatlari qisqarib boradi. Natijada kapital jamg‘arishning o‘sishi bilan uning
amal qilishining keyingi qo‘shilgan samaradorligi pasayib boradi.
Ikkinchidan, rivojlangan mamlakatlarda daromadlarning o‘sishi bilan
jamg‘armaning ulushi oshib boradi. Shunga ko‘ra, jamg‘arma hajmi investitsiya
sarflari hajmidan oshib ketsa, jamg‘arma egalari muvaffaqiyatsizlikka duchor
bo‘ladilar. Bu holatni iqtisodiy adabiyotlarda «tejamkorlik paradoksi» tushunchasi
orqali izohlanadi.
Bu paradoksning mohiyati shundan iboratki, investitsiyalar nazariy jihatdan
avtonomva hosilaviy investitsiyalarga ajratilib, avtonominvestitsiyalar milliy
daromad hajmi va uning o‘zgarishiga bog‘liq bo‘lmasa, hosilaviy investitsiyalar
milliy
daromadning
o‘zgarishiga
hambog‘liq
bo‘ladi.
Aynan
avtonominvestitsiyalarga
qo‘shimcha
ravishda
o‘sib boruvchi hosilaviy
investitsiyalar iqtisodiy o‘sishni kuchaytirishi, uni jadallashtirishi natijasida
akselerator samarasi ro‘y beradi («akselerator» tushunchasi jadallashtiruvchi degan
ma’noni anglatadi).
12
Hosilaviy investitsiyalarning iqtisodiy tabiatidagi o‘ziga xoslik shundaki, u
milliy daromadning o‘sishiga qanchalik uzviy bog‘liq bo‘lsa, uning qisqarishiga
hamshu darajada ta ‘sirchan bo‘ladi. Ya’ni, iqtisodiyotdagi daromadlarning
qisqarishi hosilaviy investitsiyalarning undan hamtezroq qisqarishiga olib keladi.
Natijada iqtisodiyotda ishlab chiqarish resurslarining bandlilik darajasi pasayadi.
Bunday sharoitda jamg‘armaga bo‘lgan moyillikning o‘sishi o‘z navbatida
iste’molga bo‘lgan moyillikning pasayishini anglatadi. Iste’mol sarflarining
qisqarishi esa. mavjud tovar va xizmatlaming sotilmay qolishiga, ya’ni ishlab
chiqarish zahirasining ko‘payishiga olib keladi. Oqibatda yangi kapital qo‘yilmalar
amalga oshirilmaydi, ishlab chiqarish qisqaradi, ishsizlikning o‘sishi va
daromadlaming pasayishi ro‘y beradi. Aholi tomonidan jamg‘armaning haddan
ortiq ko‘paytirib yuborilishi oqibatida kelib chiquvchi salbiy jarayonlar, ya’ni
«tejamkorlik paradoksi» shunday tarzda namoyon bo‘ladi. Mazkur jarayonni
quyidagi chizma orqali hamkо’rib chiqish mumkin (4-chizma):
1.3-chizma
Chizmaning yotiq o‘qida milliy daromad, tik o‘qida esa, jamg‘arma va
investitsiyalar hajmi joylashtirilgan bo‘lib, F chizig‘i iqtisodiyotdagi to‘la bandlik
sharoitida milliy daromad hajmini ifodalaydi.
13
E’tibor berilsa, chizmadagi investitsiya sarflari chizig‘i yotiq o‘qqa parallel
emas, balki o‘sib boruvchi ko‘rinishda namoyon bo‘lmoqda. Bu esa,
avtonominvestitsiyalardan farqli o‘laroq, hosilaviy investitsiyalarning milliy
daromad hajmiga bog‘liqligini ko‘rsatadi.
Chizmadan ko‘rinadiki, iqtisodiyotdagi jamg‘arma hajmi S dan S| ga qadar
o‘smoqda. Natijada, jamg‘armaning investitsiya bilan muvozanat nuqtasi E dan Ei
ga ko‘chdi. Biroq, bu o‘sish E nuqtadagi milliy daromad hajmi ON ning Ej
nuqtadagi ON | hajmiga qadar qisqarishiga olib keldi. Tegishli ravishda investitsiya
hajmi hamEN darajadan EjN) darajaga qadar qisqardi. EjEoE nuqtalarini
tutashtirish natijasida hosil bo‘luvchi uchburchak yuzasi jamg‘arma hajmining
o‘sishi natijasida investitsiya imkoniyatlarining qisqarishini. EEo kesma esa,
investitsiyalarning
qisqarishini
ko‘rsatadi.
Aynan
shu
holat,
ya’ni
jamg‘armalarning o‘sishi natijasida investitsiyalarning qisqarishi «tejamkorlik
paradoksi» mohiyatini namoyon etadi.
Iqtisodiy muvozanatlik darajasini aniqlashda yuqoridagi usullardan tashqari
balans usulidan hamda xarajat va natijalarni taqqoslash usulidan hamfoydalaniladi.
Balans usulida tarmoqlararo balans, moddiy, moliyaviy va ishchi kuchi
balanslaridan foydalanilib iqtisodiyotdagi muvozanatlik darajasiga baho beriladi..
Dostları ilə paylaş: |