9
Chizmadan ko‘rinadiki. yalpi sarflar hamda ishlab chiqarish hajmi o‘rtasidagi
tenglik ushbu ko‘rsatkichlar joylashgan o‘qlarning o‘rtasidan 45° burchak ostida
o‘tuvchi to‘g‘ri chiziq orqali ifodalanadi. Haqiqatan hambu to‘g‘ri chiziqning har
qanday nuqtasidan chiqarilgan yotiq va tik yo‘nalishdagi chiziqlar teng miqdorlarni
ko‘rsatadi. S chizig‘i esa, iste’mol sarflari miqdorini aks ettirib, daromad (ya’ni
SMM) hajmi oshib borishi bilan uning darajasi hamo‘sib boradi. Yalpi sarflar (S +
In) chizig‘ini hosil qilish uchun iste’mol sarflarining (S) turli hajmiga mos
tushuvchi sof investitsiyalar ( ln) miqdori qo‘shib boriladi. Bu o‘rinda tadbirkorlar
tomonidan amalga oshirish ko‘zda tutilayotgan investitsiyalar hajmi daromad
darajasiga bog‘liq emas, deb qabul qilinadi. Shu sababli yalpi sarflar chizig‘i
iste’mol sarflari chizig‘idan In miqdoriga teng uzoqlikda joylashadi.
Chizmada iqtisodiy muvozanatga E nuqtada erishiladi, ya’ni aynan shu
nuqtada ishlab chiqarilgan sof milliy mahsulot hajmi (SMMe) iste’mol qilingan
mahsulot hajmiga ( S + l n)E teng keladi.
To‘la bandlik sharoitida yalpi sarflar SMMhajmi bilan mos kelmasligi
mumkin. Bu mos kelmaslik chizmada retsession yoki inflyatsion farq ko‘rinishida
ifodalangan. Yalpi sarflarning SMMhajmidan kambo‘lgan miqdori retsession farq.
yalpi sarflarning SMMhajmidan ortiqcha bo‘lgan miqdori inflyatsion farq deyiladi.
Dostları ilə paylaş: