13
E’tibor berilsa, chizmadagi investitsiya sarflari chizig‘i yotiq o‘qqa parallel
emas, balki o‘sib boruvchi ko‘rinishda namoyon bo‘lmoqda. Bu esa,
avtonominvestitsiyalardan farqli o‘laroq, hosilaviy investitsiyalarning milliy
daromad hajmiga bog‘liqligini ko‘rsatadi.
Chizmadan ko‘rinadiki, iqtisodiyotdagi jamg‘arma hajmi S dan S| ga qadar
o‘smoqda. Natijada, jamg‘armaning investitsiya bilan muvozanat nuqtasi E dan Ei
ga ko‘chdi. Biroq, bu o‘sish E nuqtadagi milliy daromad hajmi ON ning Ej
nuqtadagi ON | hajmiga qadar qisqarishiga olib keldi. Tegishli ravishda investitsiya
hajmi hamEN darajadan EjN) darajaga qadar qisqardi. EjEoE nuqtalarini
tutashtirish natijasida hosil bo‘luvchi uchburchak yuzasi jamg‘arma hajmining
o‘sishi natijasida investitsiya imkoniyatlarining qisqarishini. EEo kesma esa,
investitsiyalarning
qisqarishini
ko‘rsatadi.
Aynan
shu
holat,
ya’ni
jamg‘armalarning o‘sishi natijasida investitsiyalarning qisqarishi «tejamkorlik
paradoksi» mohiyatini namoyon etadi.
Iqtisodiy muvozanatlik darajasini aniqlashda yuqoridagi usullardan tashqari
balans usulidan hamda xarajat va natijalarni taqqoslash usulidan hamfoydalaniladi.
Balans usulida tarmoqlararo balans, moddiy, moliyaviy va ishchi kuchi
balanslaridan foydalanilib iqtisodiyotdagi muvozanatlik darajasiga baho beriladi..
Dostları ilə paylaş: