Universitetining jizzax filiali "psixologiya" fakulteti "iqtisodiyot va turizm"



Yüklə 0,87 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/15
tarix11.11.2023
ölçüsü0,87 Mb.
#131983
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15
Iqtisodiy muvozanatlilikning mohiyati va unga erishish yo\'lla

1.
 
Umumiqtisodiy tavsifdagi mutanosibliklar. Bunga milliy daromaddagi 
tarkibiy qismlar: iste’mol fondi va jamg‘arish fondi o‘rtasidagi; iqtisodiyotdagi 
tovar va xizmatlar massasi bilan pul massasi o‘rtasidagi; aholining daromadlari 
bilan xarajatlar o‘rtasidagi mutanosibliklarni misol qilib ko‘rsatish mumkin. 
2.
 
Tarmoqlararo mutanosibliklar. Milliy iqtisodiyotning muvozanatini ta 
‘minlashda tarmoqlararo mutanosibliklar alohida o‘rin tutadi. Mamlakat xalq 
xo‘jaligi juda ko‘p tarmoq va sohalardan iborat b o‘lib, ularning rivojlanishi bir-
birini taqozo qiladi. Bir tarmoqda yaratilgan mahsulot boshqa tarmoqda iste’mol 
qilinadi yoki pirovard mahsulotga aylantirilib, o‘z iste’molchisini topadi. Masalan, 
qishloq xo‘jalik mahsulotlarning ko‘pchilik qismi (paxta, g‘aila, pilla, sut va h.k.) 
sanoatning tegishli tarmoqlarida qayta ishlanib, pirovard mahsulotga aylantiriladi 
va iste’molchilik tovarlari bozoriga chiqariladi. O ‘z navbatida sanoatning ishlab 
chiqarish vositalari yaratadigan sohalarning mahsulotlari xalq xo‘jaligining boshqa 
tarmoqlari (qishloq xo‘jaligi, qurilish va h.k.)da unumli iste’mol qilinadi. Bu 


15 
ularning bir-biriga bog‘liqlikda rivojlanishini taqozo qiladi. Tarmoqlararo 
mutanosibliklarga sanoat bilan qishloq xo‘jaligi va xalq xo‘jaligining boshqa 
tarmoqlari o‘rtasidagi mutanosibliklar misol bo‘ladi.
 
3.
 
Tarmoq ichidagi mutanosibliklar. Tarmoqlararo mutanosiblik va 
milliy ishlab chiqarish darajasidagi muvozanatlik tarmoqlar ichidagi mutanosiblik 
orqali ta ‘minlanadi. Tarmoqlar ichidagi mutanosiblik alohida olingan tarmoq 
tarkibidagi soha va ishlab chiqarishlar o‘rtasidagi bog‘liqlikni ifodalaydi. Masalan, 
sanoatning ishlab chiqarish vositalari va iste’mol buyumlari ishlab chiqaradigan 
sohalari, qishloq xo‘jaligining dehqonchilik va chorvachilik sohalari o‘rtasidagi 
mutanosibliklar va h.k. Shu bilan birga, ta ‘kidlab o‘tilgan sohalarning ichidagi 
tarkibiy bo‘linmalar o‘rtasida hambog‘liqlik bo‘lishi zarur. Masalan, sanoatning 
qazib olish va qayta ishlash tarmoqlari, chorvachilikning sut va go‘sht ishlab 
chiqarish sohalari o‘rtasida va boshqalar.

Yüklə 0,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin