SO`Z TARKIBI (morfemika) 1-variant 1. So‘zning ma’noli qismlari joylashuvi qaysi javobda to‘g‘ri berilgan?
A) asos+so‘z yasovchi+lug‘aviy shakl yasovchi+sintaktik shakl yasovchi B) asos+so‘z yasovchi+sintaktik shakl yasovchi+lug‘aviy shakl yasovchi
C) asos+lug‘aviy shakl yasovchi+so‘z yasovchi+sintaktik shakl yasovchi
D) asos+sintaktik shakl yasovchi+so‘z yasovchi+lug‘aviy shakl
yasovchi
2. San’atkorning ijrosini tinimsiz gulduros qarsaklar bilan olqishlardilar.
Ushbu gapdagi yasama so‘zlarning miqdorini aniqlang.
A) 2 ta B) 3 ta C) 4 ta D) 5 ta 3. So‘zning munosabat shakllari bu…
A) so‘z yasovchi qo‘shimchalar B) lug‘aviy shakl yasovchilar
C) sintaktik shakl yasovchilar D) so‘zga qo‘shimcha ma’no yuklovchi qo‘shimchalar
4. Egalik qo‘shimchalari qaysi qo‘shimchalar sirasiga kiradi?
A) so‘zga qo‘shimcha ma’no yuklovchi qo‘shimchalar
B) lug‘aviy shakl yasovchilar
C) munosabat shakllarini hosil qiluvchi
D) so‘z yasovchi
5. Qaysi so‘z tarkibi asos + so‘z yasovchi+lug‘aviy shakl yasovchi+sintaktik shakl yasovchi tartibida joylashmagan?
A) anglaganim B) qorayishning
C) isitkichlarni D) ekinlarga
6. Sudrattirmoq so‘zi tarkibidagi qo‘shimchalar vazifasiga ko‘ra qanday qo‘shimcha hisoblanadi?
A) lug‘aviy shakl yasovchi B) so‘z yasovchi, lug‘aviy shakl yasovchi
C) lug‘aviy shakl yasovchi va sintaktik shakl yasovchi
D) sintaktik shakl yasovchi
7. Aqlli o‘zini ayblar,
Aqlsiz - do‘stini.Ushbu gapda nechta so’z yasovchi qo’shimcha bor?
A)3 B)2 C)1 D)4
8. Orttirma nisbat hosil qiluvchi -gaz, -kaz,
-qaz qo‘shimchalari o‘tmoq fe’liga qay tarzda qo‘shilishi mumkin?
A) o‘tgaz, o‘tkaz, o‘tqaz tarzida
B) o‘tkaz, o‘tqaz tarzida C) faqat o‘tkaz tarzida D) faqat o‘tqaz tarzida
9. Ushbu to‘plamda tinchlikni, Vatanni ulug‘lovchi she’rlar bor.
Berilgan gapdagi so‘zlar tarkibida nechta so‘z yasovchi qo‘shimcha mavjud? A) 3 B) 4 C) 5 D) 6 10. Ushbu to‘plamda tinchlikni, Vatanni ulug‘lovchi she’rlar bor.
Mazkur gapdagi so‘zlar tarkibida nechta ot yasovchi qo‘shimcha mavjud?A) 2 B) 3 C) 4 D) 5
11. Aqlli o‘zini ayblar,
Aqlsiz - do‘stini.
Ushbu maqoldagi lug‘aviy shakl yasovchi qo‘shimchalar miqdorini belgilang. A) 1 ta B) 2 ta C) 3 ta