C) epchillik, sanoq, tinimsiz D) jismoniy, bilimdon, qadimiy
27. Qaysi qatorda lug‘aviy va sintaktik shakl yasovchi qo‘shimcha orasida omonimlik (shakldoshlik) munosabati yuzaga kelgan?
A) ko‘kish-borish B) otam-ko‘rdim
C) do‘sti- boyi D) buloqqa-chayqa 28. Qaysi qatorda sintaktik shakl yasovchi
qo‘shimchalar o‘zaro omonimlik (shakldoshlik) hosil qilgan?
A) to‘plam-akam B) ishlang-opang C) do‘sti-boyi D) barchasi to‘gri
29. Yig‘in, yog‘in, erkin, yashirin, ko‘rin, artin.
Ushbu so‘zlar tarkibidagi-in qo‘shimchasi ma’no va vazifasiga ko‘ra qanday qo‘shimcha?
A) ot va sifat yasovchi B) ot yasovchi va nisbat shakli
C) sifat yasovchi va nisbat shakli
D) so‘z yasovchi va nisbat shakli 30. . Qaysi yasama so‘zda lab undoshi ishtirok etgan?
A) savlat B) gulzor
C) bilimdon D) oshiq
SO`Z TARKIBI (morfemika) 1-variant
1. So‘zning ma’noli qismlari joylashuvi qaysi javobda to‘g‘ri berilgan?
A) asos+so‘z yasovchi+lug‘aviy shakl yasovchi+sintaktik shakl yasovchi
B) asos+so‘z yasovchi+sintaktik shakl yasovchi+lug‘aviy shakl yasovchi
C) asos+lug‘aviy shakl yasovchi+so‘z yasovchi+sintaktik shakl yasovchi
D) asos+sintaktik shakl yasovchi+so‘z yasovchi+lug‘aviy shakl
yasovchi
2. San’atkorning ijrosini tinimsiz gulduros qarsaklar bilan olqishlardilar.
Ushbu gapdagi yasama so‘zlarning miqdorini aniqlang.
A) 2 ta B) 3 ta C) 4 ta D) 5 ta
3. So‘zning munosabat shakllari bu…
A) so‘z yasovchi qo‘shimchalar B) lug‘aviy shakl yasovchilar
C) sintaktik shakl yasovchilar D) so‘zga qo‘shimcha ma’no yuklovchi qo‘shimchalar
4. Egalik qo‘shimchalari qaysi qo‘shimchalar sirasiga kiradi?
A) so‘zga qo‘shimcha ma’no yuklovchi qo‘shimchalar
B) lug‘aviy shakl yasovchilar
C) munosabat shakllarini hosil qiluvchi
D) so‘z yasovchi
5. Qaysi so‘z tarkibi asos + so‘z yasovchi+lug‘aviy shakl yasovchi+sintaktik shakl yasovchi tartibida joylashmagan?
A) anglaganim B) qorayishning
C) isitkichlarni D) ekinlarga
6. Sudrattirmoq so‘zi tarkibidagi qo‘shimchalar vazifasiga ko‘ra qanday qo‘shimcha hisoblanadi?
A) lug‘aviy shakl yasovchi
B) so‘z yasovchi, lug‘aviy shakl yasovchi
C) lug‘aviy shakl yasovchi va sintaktik shakl yasovchi
D) sintaktik shakl yasovchi
7. Aqlli o‘zini ayblar,
Aqlsiz - do‘stini.Ushbu gapda nechta so’z yasovchi qo’shimcha bor?
A)3 B)2 C)1 D)4
8. Orttirma nisbat hosil qiluvchi -gaz, -kaz,
-qaz qo‘shimchalari o‘tmoq fe’liga qay tarzda qo‘shilishi mumkin?
A) o‘tgaz, o‘tkaz, o‘tqaz tarzida
B) o‘tkaz, o‘tqaz tarzida
C) faqat o‘tkaz tarzida D) faqat o‘tqaz tarzida
9. Ushbu to‘plamda tinchlikni, Vatanni ulug‘lovchi she’rlar bor.
Berilgan gapdagi so‘zlar tarkibida nechta so‘z yasovchi qo‘shimcha mavjud? A) 3 B) 4 C) 5 D) 6
10. Ushbu to‘plamda tinchlikni, Vatanni ulug‘lovchi she’rlar bor.
Mazkur gapdagi so‘zlar tarkibida nechta ot yasovchi qo‘shimcha mavjud?A) 2 B) 3 C) 4 D) 5
11. Aqlli o‘zini ayblar,
Aqlsiz - do‘stini.
Ushbu maqoldagi lug‘aviy shakl yasovchi qo‘shimchalar miqdorini belgilang. A) 1 ta B) 2 ta C) 3 ta
D) maqolda lug‘aviy shakl yasovchi qo‘shimchalar qo‘llanmagan.
12. Tub so‘zlar berilgan qatorni belgilang.
A) oqish (sifat), oqish (fe’l) B) oqim, oqova
C) oqin (suv yo‘nalishi), oqma (fe’l)
D) berilganlarning barchasi yasama so‘z.
13. Qaysi qatordagi so‘zda ikkita so‘z yasovchi qo‘shimcha mavjud?
A) aylanma B) kesatiq
C) achitma D) bog‘lam
14. Qaysi gapda so‘z yasovchi qo‘shimcha lug‘aviy shakl yasovchi qo‘shimchadan keyin qo‘shilgan?
A) Shu-shu quyon changalzorga yolg‘iz bormaydigan bo‘libdi.
B) Bolalarning beg‘ubor qalbi to‘lib-toshib oqayotgan daryoday jo‘shqin.
C) Ipakday mayin, buloq suviday tiniq xayollaringizga hech kim xalal bermaydi.
D) Boboxon goh o‘chirg‘ichga, goh bug‘doyzor tomon uchib ketayotgan chumchuq bolasiga qarab hang-mang bo‘lib qolgan edi.
15. Qaysi gapda uchta yasama so‘z ishtirok etgan?
A) Ha, bu yurtlar chiroyli, daraxtzor bo‘lgani bilan sovuq.
B) Mehmon jiddiylashdi, nimanidir isbotlamoqchi bo‘lganday keskin gapirdi.
C) Semizlikni qo‘y ko‘tarar deganlaridek, Omonga badavlatlik yoqmas edi.
D) U bolalikdan dorbozlarning o‘yinlarini yoqtirar edi.
16. Faqat lug‘aviy shakl yasovchi qo‘shimchalar ishtirok etgan so‘zlarni toping.A) giyohlarni, ajratildi, topilgan
B) asabiylashmoq, kelinchak, keltirish
C) kulimsiramoq, ellar ketguncha
D) aybsitmoq, ulg‘aytirgan, bormadi
17. Sherikchilik - bir yilchilik, qudachilik - ming yilchilik.
Ushbu maqoldagi so‘z yasovchi qo‘shimchalar miqdorini toping.
A) 4 ta B) 8 ta C) 6 ta D) 2 ta
18. Qaysi javobda tarkibi asos + so‘z yasovchi + so‘z yasovchi + lug‘aviy shakl yasovchi shaklidagi so‘z berilgan?
A) insoniyatniki B) oromgohlarimiz
C) unumdorlikniD) bog‘dorchilik
19. Iste’dodli, bilimdon yoshlar o‘qish uchun chet ellarga yuborilmoqda. Mazkur gapdagi qo‘shimchalar soni va turi qaysi javobda to‘g‘ri ko‘rsatilgan?A) 2 ta so‘z yasovchi, 4 ta lug‘aviy shakl yasovchi,
2 ta sintaktik shakl yasovchi
B) 3 ta so‘z yasovchi, 4 ta lug‘aviy shakl yasovchi,2 ta sintaktik shakl yasovchi
C) 2 ta so‘z yasovchi, 3 ta lug‘aviy shakl yasovchi, 2 ta sintaktik shakl yasovchi
D) 2 ta so‘z yasovchi, 2 ta lug‘aviy shakl yasovchi,
4 ta sintaktik shakl yasovchi
20. Oqqirov kasalligi g‘o‘za barglarida uy quradi, tuproqda, o‘simlik chirindilari orasida qishlaydi.
Berilgan gapda nechta sodda yasama so‘z bor va ular qaysi turkumga mansub?
A) 3 ta yasama ot, 1 ta yasama fe’lB) 2 ta yasama ot, 1 ta yasama fe’l
C) 2 ta yasama ot, 2 ta yasama fe’lD) 3 ta yasama ot
21. Quyida berilgan gapda nechta yasama so‘z bor?
Oybek domla nihoyatda tiyraklik bilan, ko‘pchilik nomdor insonlarda juda kam uchraydigan samimiyat va bolalarcha beg‘uborlik bilan opaning gaplarini
tasdiqladi. A) 6 ta B) 7 ta C) 5 ta D) 8 ta
22. Aqlli, es-hushli, tadbirli inson so‘z boshlar, suhbatdosh jim bo‘lgan zamon. Ushbu gapda nechta so‘z yasovchi qo‘shimcha mavjud?
A) 3 B) 4 C) 5 D) 6
23. Asos+lug‘aviy shakl yasovchi+so‘z yasovchi shaklida bo‘lmagan so‘zni toping.
A) o‘chirg‘ich B) maqtanchoq C) sovutkich D) qizg‘anchiq
24. Quyida keltirilgan so‘zlardagi -in qo‘shimchasi qanday qo‘shimcha?
1) ekin; 2) to‘kin; 3) ko‘rin; 4) yig‘in; 5) kiyin; 6) otashin
A) 1-4- ot yasovchi, 2-6- sifat yasovchi,
3-5- lug‘aviy shakl yasovchi
B) 1-3- ot yasovchi, 2-5- sifat yasovchi,
4-6- lug‘aviy shakl yasovchi
C) 2-3- ot yasovchi, 1-4- sifat yasovchi,
5-6- lug‘aviy shakl yasovchi
D) 4-6- ot yasovchi, 1-3- sifat yasovch
2-4- lug‘aviy shakl yasovchi
25. Mehmonlarning quvnoq qahqahasidan Mahmudning mudroq ko‘zlari katta ochildi.
Ushbu gapda birgina nutq tovushidan iborat qo‘shimchalar miqdorini aniqlang. A) 1 B) 2 C) 3 D) 4
26. Asos + so‘z yasovchi qo‘shimcha + so‘z yasovchi qo‘shimcha shaklidagi so‘zlar qatorini toping.
A) kechikmoq, unumdorlik, uzumchilik B) qo‘rqinch, isitma, taraqqiyot
C) epchillik, sanoq, tinimsiz D) jismoniy, bilimdon, qadimiy
27. Qaysi qatorda lug‘aviy va sintaktik shakl yasovchi qo‘shimcha orasida omonimlik (shakldoshlik) munosabati yuzaga kelgan?
A) ko‘kish-borish B) otam-ko‘rdim
C) do‘sti- boyi D) buloqqa-chayqa
28. Qaysi qatorda sintaktik shakl yasovchi
qo‘shimchalar o‘zaro omonimlik (shakldoshlik) hosil qilgan?
A) to‘plam-akam B) ishlang-opang
C) do‘sti-boyi D) barchasi to‘gri
29. Yig‘in, yog‘in, erkin, yashirin, ko‘rin, artin.
Ushbu so‘zlar tarkibidagi-in qo‘shimchasi ma’no va vazifasiga ko‘ra qanday qo‘shimcha?
A) ot va sifat yasovchi B) ot yasovchi va nisbat shakli
C) sifat yasovchi va nisbat shakli
D) so‘z yasovchi va nisbat shakli
30. . Qaysi yasama so‘zda lab undoshi ishtirok etgan?
A) savlat B) gulzor
C) bilimdon D) oshiq