FE`L SO`Z TURKUMI 24.03.20 1-variant 1. Sadaqayrag‘och shoxlarida chumchuqlar chirqillashib, ko‘klamni olqishlaydi, allaqayoqlardan qaldirg‘ochlar o‘qday otilib kelib, hovli ichiga kirib ketadi, chug‘urlaydi, shiftga osilib uya soladi.
Ushbu gapda nechta yasama fe’l bor? A) 2 B) 3 C) 4 D) 5
2. Eshitib tursam, hadeb bir xil gapni takrorlayotibdi.
Ushbu gapdagi fe’llar kesimga xos qaysi qo‘shimchalarni olgan?
A) -ib, -di, -m ; B) -di, -sa, -m, -yotib; C) -ib, -yotib, -m, -di ; D)-ib, -la, -yotib, di.
3. Qani qo‘lni bering, bir tabriklab qo‘yay gapidagi fe’llar kesimga xos qaysi qo‘shimchalarni olgan?
A) -b, -ay; B) -la, -b; C) -ing, -ay ; D) -ing, -b
4. Qaysi qatordagi gapda sodda tub fe’l ishtirok etgan?
A) Kunlardan bir kuni Durroj: ”Men tuzoqqa tushdim!”-deb sherni aldadi.B) Butun mavjudot qaytadan yasharmoqda.
C) Bir-birimiz bilan eski qadrdonlardek suhbatlashdik.
D) Dunyoda pok odamlar qanchalik ko‘paysa,nopok odamlar shunchalik kamayadi.
5. Qaysi gapda ravishdan yasalgan fe’llar berilgan?
A) Mirtursun Xalifaning terakzoriga yaqinlashgach, qadamini sekinlatdi.
B) Peshonangiz devorga qarsillab urilganidan keyin esingiz kiradi.
C) Izg‘irindan ko‘zlar yoshlandi, oyoq ostidagi qor g‘irchillaydi.
D) Shokarim uxladimi, yo‘qmi, bilolmadi.
6. Qaysi qatordagi gapda qo‘shma fe’llar berilgan?
A) Dadasining qo‘lidan ushlab, dikir-dikir sakrab, o‘ynoqlab keta berdi.
B) Hakim bobo har bir niholni parvarish qilardi.C) Bugun havo juda isib ketdi.
D) Mashinada u-bularni yuborasiz.
7. Qaysi gapdagi fe’l tarkibida ko‘makchi fe’l mavjud?
A) Hakim bobo har bir niholni parvarish qilardi.
B) O‘yin-kulgi, askiya yarim kechagacha cho‘zilib ketdi. C) Onam bilan miriqib suhbatlashdik.
D) Choyxonachi patnisda non bilan qand-qurs, kabobpaz kabob olib keldi.
8. Darvoqe, pand bersang bir jonga,
U ham tinch turarmi hech zamon.
Deydilar, tuflasang osmonga,
Yuzingga tushgaydir begumon. (A.Oripov)
Ushbu misralarda qo‘llangan so‘z yasovchi qo‘shimchalar miqdorini aniqlang.
A) 1 ta B) 2 ta C) 3 ta D) 4 ta
9. -ay qo‘shimchasi qaysi so‘z turkumlaridan fe’l yasaydi?
A) sifatdan B) ravishdanC) sifat va ravishdan D) ot, sifat va ravishdan 10. Odobli va adolatli inson qo‘lidagi qalam baxt-saodat uchun xizmat qilib yurgan odamlarni zavqlantiradi, bir-biriga yaqinlashtirib, do‘stlikni mustahkamlaydi.
Berilgan gapdagi sodda fe’llar qaysi turkumdan
yasalgan?A) sifat, ot B) sifat C) ot D) ot, sifat, ravish 11. Qaysi gapda sifatdan yasalgan fe’l bor?
A) Bir-birimiz bilan tezda eski qadrdonlardek suhbatlashdik.
B) Peshonangiz devorga qarsillab urilgandan keyin esingiz kiradi.