C) harakat nomiga qo’shiladi D) hech qanday qo’shimcha qo’shilmaydi
28. Men do’stlik targ’ibotchisiman. Ushbu gapda bog’lamadan oldin qanday qo’shimcha kelgan?A) kelishik B) so’z yasovchi C) egalik D) shaxs - son
29. Ismlar kesim vazifasida kelganda qaysi vositalar uning tarkibida bo’lishi kerak?
A) –man,-san,-dir B) bo’lmoq, sanalmoq
C) ekan, emas, emish D) barchasi to’g’ri 30. Qaysi qatordagi javobda qaratqich bilan qaralmish yonma-yon kelgan?
A) Maktabimizning chiroyli bog’i B) Ahmadning katta akasi
C) Bizning kichik ukamiz D) sinf burchagi
SIFAT SO’Z TURKUMI
1.Takroriy sifatlar berilgan qatorni aniqlang?
A) Kimdir yelpib-yelpib barra-barra go’shtlardan kabob pishiryapti B) Barcha javoblar to’g’ri C) O’z onamni elas-elas xotirlayman
D) Tabassumdan gul-gul yondi qizning yonog’i
2. Ozaytirma darajadagi sifat egaga bog’langan qatorni aniqlang?
A) Shamning qizg’ish shu`lasi kulbaga fayz berib turar edi B) Yorug’lik oqish yuzlari, quyuq kipriklarini bir zumgina yoritdi
C) Barcha javoblar to’g’ri
D) Qoramtir yuzi, siyrak soqolidan yoshini chamalash qiyin edi
3. Temur yuksak insoniylik xususiyatlariga ega bo’lgan buyuk shaxs edi.
Ushbu gapda qatnashgan sifatlar haqidagi to’g’ri hukmlarni aniqlang?
1) asliy sifat 2) nisbiy sifat 3) tub sifat 4) yasama sifat 5) aniqlovchi vazifasida
6) hol vazifasida A) 1,3,4,5 B) 1,3,5 C) 2,4,5,6 D) 1,2,3,5
4. Qaysi gaplarda orttirma darajadagi sifat qo’llangan?
1) Ish juda nozik, g’oyatda qo’rqinchli edi.
2) Hovli ham, uy ham bo’m-bo’sh, hammayoq suv quygandek jimjit edi. 3) Dunyoda o’zbekdir eng orzumand xalq.
4) Mevasi tillarang, sershira A) 1,4 B) 1,2 C) 1,2,3 D) 1,2,3,4
5. Qaysi gapda xususiyat bildiruvchi sifat berilgan?
A)Chumchuqlar ham nima shirin, nima achchiqligini bilsa kerak.
B) Mamat olachipor, yashil tepalikdan pastga tomon ketmoqda.