Unli va undoshlar a tungi,keng b o'ng, kongress


B) zamon shakllari mavjud bo‘lgan fe’llardan so‘ng



Yüklə 340,16 Kb.
səhifə89/89
tarix08.02.2023
ölçüsü340,16 Kb.
#123136
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   89
Fonetika

B) zamon shakllari mavjud bo‘lgan fe’llardan so‘ng
C) shaxs-son shakllari mavjud bo‘lgan fe’llardan so‘ng
D) nisbat, zamon va shaxs-son shakllari mavjud bo‘lgan fe’llardan so‘ng
25. Fe’l asosida ifodalangan harakat-holat haqidagi
xabar ma’nosini ifodalovchi fe’l shakli qanday
shakl sanaladi?
A) zamon shakli ; B) shaxs-son shakli;C) mayl shakli ; D) nisbat shakli.
26. Fe’lning zamon, shaxs-son qo‘shimchalarsiz qismi fe’lning qaysi munosabat shaklini ifodalashga xizmat qiladi?
A) xabar mayli B) shart mayli C) II shaxs buyruq-istak mayli D) III shaxs buyruq-istak mayli
27. 1. Oqibati nima bilan tugashini o‘ylab ham ko‘rmadi.
2. Bu sirni hech kimga ayta ko‘rma.
Har ikkala gapdagi ko‘rma fe’lini izohlang.
A) ikkala gapda ham yetakchi fe’lB) ikkala gapda ham ko‘makchi fe’l
C) ikkala gapda ham qo‘shma fe’lning tarkibiy qismi
D) birinchi gapda - yetakchi fe’l, ikkinchi gapda ko‘makchi fe’l
28 Qaysi qatorda o‘zlik va majhul nisbatdagi fe’llar juftligi berilgan?
A) tarandi-taraldi, kiyindi-kiyildiB) ajraldi-ajratdi, maqtadi-maqtandi
C) eshitdi-eshitildi, tashladi-tashlandiD) yuvindi-yuuvundi, chaqirdi-chaqirildi
29. Ergashgan qo‘shma gaplarning qaysi turida shart mayli qo‘shimchasi gaplarni bog‘lovchi vosita
sifatida ishtirok etishi mumkin?
1) kesim ergash gapli qo‘shma gap; 2) ega ergash gapli qo‘shma gap;
3) to‘ldiruvchi ergash gapli qo‘shma gap; 4) aniqlovchi ergash gapli qo‘shma gap; 5) hol ergash gapli qo‘shma gap.
A) 1, 2, 3, 4, 5 B) 2, 3, 4, 5 C) 3, 4, 5 D) 1, 3, 4, 5
30. Qaysi ko‘makchi fe’l harakatning tez va oson
bajarilishini ifodalaydi?A) yurmoq B) qo‘ymoq C) yotmoq D) chiqmoSon 30 talik.
DTM 2019 asosida 2-variant
1. Qozon turgan kulsiz o'choqqa ko‘zi tushdi. Ajratib ko‘rsatilgan so‘z bilan asosdosh bo‘la oladigan so‘z qatnashgan gapni aniqlang.
A) Stol ustidagi kuldon bir chetga olib qo‘yildi.
B) Kulgi - misoli oftob: u inson yuzidan qish qahrini olib tashlaydi.
C) Xatni o‘qib, Abdurahmonovning kulcha yuziga qon yugurdi.
D) Uning raso bo‘y-basti, quralay ko‘zlari, o‘ng betidagi kulgichi ko‘z o‘ngidan o‘tdi.
2. Qaysi javobdagi gaplar juftligida ajratib ko‘rsatilgan so‘zlar o‘zaro shakldosh so‘zlar hisoblanmaydi?
A) Bir yil ichida yigitning bo‘vi ancha o‘sdi. Bog‘dagi gullarning muattar bo‘vi kishiga huzur bag‘ishlaydi.
B) Maktabda ≪0 ‘tkir zehnlilar≫ musobaqasi bo‘lib o‘tdi.
Uning o‘t,kir boltasi bo‘lsa-yu, shu qurigan daraxtni chopib tashlasa.
C) Hech bo‘lmaganidan ko‘ra kech bo‘lgani yaxshi.
Bir qoshiq qonidan kech bu bechoraning.
D) Raqib darvozasiga ketma-ket to‘p kiritildi.
Ayol stoldagi bir to‘p xatni olib, ko‘z yugurtirdi.
3 Qaysi javobdagi gaplar juftligida o‘zaro asosdosh so‘zlar qatnashmagan?
A) Anhor yoqasida ikki echki o‘tlab yurar edi. U har kuni sero‘t dalalarda qo‘ylarini boqib kelardi.
B) Cho‘lboboning payvandlariga havas qilmaydigan bog‘bon kam topiladi. Yigit tadbirkorligi tufayli yerli, suvli va bog‘li mulkdorga aylanibdi.
C) Bir kechik topish kerak daryodan o‘tgani. Kechki shabada uning tanasiga huzur bag‘ishlamoqda edi.
D) ≪Ko‘cha changitib yurgan yillaring ortds qoldi, bolam≫, - dedilar bobom. Yangi chiqqan oy dalani sovuq, xira, qandaydir changsimon nur bilan qoplagan edi.
4. Qaysi javobda o‘z shakldoshi bilan o‘zaro bir xil turkumga oid bo‘la oladigan so‘z bilan ifodalangan ega qatnashgan?
A) Ishga berilib ketganidan yuz-ko‘ziga ko‘cha changi yopishayotganini ham payqamas edi. B) Bu taxt sening avlodlaringga ham nasib etmaydi.
C) Tanlovda bu tuman faxrli birinchi o‘rinni egalladi.
D) ≪Yoz o‘tmoqda soz≫, - deya'ko‘chalarda chopib o‘ynashardi.
5. U boa'li poyabzal sotib olishni mo‘ljallagan edi.
Ushbu gapda ajratib ko‘rsatilgan so‘z bilan asosdosh bo‘la oladigan so‘z qaysi javobda qatnashmagan?
A) Polvon belini belbog‘ bilan mahkarri bog‘ladi va ishga shaylandi.
B) Bu voqeadan qanday xulosa chiqarishi uning aql-idrokiga bog‘liq.
C) Nodirjon echkini o‘tloqqa bog‘lab uyga qaytdi.
D) Yigit tadbirkorligi tufayli yerli, suvli va bog‘li mulkdorga aylanibdi.
6.Qaysi gapdagi barcha so‘zlarning asosi shakldoshlik xususiyatiga ega?
A) Sen bir qoshiq qonidan kech bu bechoraning.
B) Topgan gul keltirar, topmagan - bir bog‘ piyoz.
C) Tushgacha qoplangan unlarni ortib, uyga ketishdi.
D) Bir yil tut ekkan kishi yuz yil gavhar teradi.
7. Qaysi javobdagi gaplar juftligida o‘zaro asosdosh so‘zlar qatnashgan?
A) Bir kechik topish kerak daryodan o‘tgani.
Kechki shabada uning tanasiga huzur bag‘ishlamoqda edi.
B) ≪Ko‘cha changitib yurgan yillaring ortda qoldi, bolam≫, - dedilar bobom. U milliy madaniyatimiz tarixida mashhur changchi sifatida nom chiqargan edi. C) Cho‘lboboning payvandlariga havas
qilmaydigan bog‘bon kam topiladi. U bog‘li poyabzal sotib olishni
mo‘ljallagan edi.
D) Anor butasimon mevali daraxtlar sirasiga kiradi. Bolakay mevazor bog‘da aylanib yurdi.
8. Qaysi javobdagi gaplar juftligida o‘zaro asosdosh so‘zlar qatnashgan?
A) Uning o‘tli nigohlari qarshisida hech narsa deya olmas edi.
Bolaligimni eslasam, o‘tloqda dumalab o‘ynaganlarimiz yodimga
tushadi.B) Cho‘lboboning payvandlariga havas qilmaydigan bog‘bon kam topiladi. U bog‘li poyabzal sotib olishni
mo‘ljallagan edi. C) Tuzdonni stol ustiga keltirib qo‘ydi.
Tuzsiz xamir tandirda turmas. D) Yoshliging g‘animat, bolam, o‘sib, un.
U yoshli ko‘zlari bilan menga termilardi.
9. Qaysi gapdagi eganing asosi fe’l bilan
shakldosh bo‘la oladi? A) Bog‘bon yosh nihollarni avaylab
parvarish qilar va ularning rivojlanishini sinchiklab kuzatar edi.
B) Kaftday kichkina hovlining bir chekkasidan o‘tgan anhor b o ‘ y k ia gi tolzor uning sevimli maskani edi. C) Birov suv topolmaydi ichgani, birov kechik topolmaydi kechgani.
D) Yozgi ta’tilda men badiiy kitoblar o‘qishni rejalashtirganman.
10. Qaysi javobdagi gaplar juftligida o‘zaro
asosdosh so‘zlar qatnashmagan?
A) Anor butasimon mevali daraxtlar sirasiga kiradi.
Bolakay mevazor bog‘da aylanib yurdi.
B) Bog‘da ishlayotganlar allaqachon tushlikka chiqishgan edi.
Salimjon tushki ovqatga do‘stini ham taklif qildi.
C) U eshikning chiroyli shisha tutqichini avaylabgina ushlab ko‘rardi.
Oradan biroz vaqt o‘tgach xonaga tutqunni olib kirishdi.
D) Furqat o‘z vatanida turg‘un yashay olmadi.
Anjumanda turli millat vakillari ishtirok etayotgan edi.
11. Qaysi javobdagi gaplar juftligida o‘zaro asosdosh so‘zlar qatnashgan?
A) Qovunning bir tilimini arang yedi. Bechora tilsiz jonivor zo‘rg‘a chidab turardi.
B) Qishloqning chekkasida kattagina tutzor yastanib yotar edi.
Oradan biroz vaqt o‘tgach xonaga tutqunni olib kirishdi.
C) Bemor sog‘ayish uchun astoydil harakat qildi.
Ne’mat akalarning ikkita sog‘in sigiri bor.
D) Shuni bilginki, bolali uy - bozor.
Bugun do‘stim bilan bolaligimizni eslab rosa kuldik.
12. Qaysi gapdagi yasama holning asosi fe’l bilan shakldosh bo‘la oladi?
A) 0 ‘rta asrlarda bandli qum soatlar urf bo‘lgan edi.
B) U har doim o‘sha tolzorda sayr qilishni yaxshi ko‘rar edi.
C) Men yozgi ta’tilda badiiy kitoblar o‘qishni rejalashtirganman.
D) U gapga qo‘shilmay xafa bolib o‘tirardi.
13. Qaysi gapda asosi sifat bilan shakldosh
bo‘la oladigan sodda yasama so‘z qatnashgan?
A) Chiroyli, do‘mboq bola eshik oldida yotsirab turardi.
B) Unga hashamatli to‘yning ham, qalinning ham, sepning ham keragi yo‘q edi.
C) Rashid oqimga qarshi suzolmay qiynaldi.
D) Yozgi ta’tilda Asqad Muxtorning ≪Chinor≫ romanini o‘qib chiqmoqchiman.
14. Qaysi gapda asosi sifat bilan shakldosh bo‘la oladigan sodda yasama so‘z qatnashgan?
A) Amakimlarning bir nechta qo‘ylari va sog‘in sigirlari bor edi.
B) Sojida oqimtir rangli narsalarni yaxshi ko‘radi.
C) 0 ‘tgan yilning yozida mana shu chiroyli imoratni qurganman.
D) Ahmad - endi yigirmaga kirgan, bo‘ydor, kelishgan yigit.
15. Qaysi gapda asosi fe’l bilan shakldosh bo‘la oladigan sodda yasama so‘z qatnashgan?
A) Faqat bir tilim handalak yedi-yu, issiqissiq choy ichdi.
B) Rashid oqimga qarshi suzolmay qiynaldi.
C) Inson sog‘lig‘i hamma narsadan qimmat turadi.
D) Bu bo‘ychan yigit Karima xolaning o‘g‘li ekan.
16. Qaysi gapda asosi fe’l bilan shakldosh bo‘la oladigan sodda yasama so‘z qatnashmagan?
A) Chiroyli, do‘mboq bola eshik oldida yotsirab turardi.
B) Mahalladagi o‘rtoqlarim bilan bolalikdagi sho‘xliklarimizni eslab maza qildik.
C) Faqat bir tilim handalak yedi-yu, issiqissiq choy ichdi.
D) Inson sog‘ligi hamma narsadan qimmat turadi.
17. Qaysi gapda asosi sifat turkumiga oid so‘z bilan shakldosh bo‘la oladigan soda yasama so‘z qatnashmagan? A) Jo‘ra amakining ikkita sog‘in sigiri bor edi.
B) Rashid oqimga qarshi suzolmay qiynaldi. C) Bu o‘ychan yigit Karima xolaning o‘g‘li ekan. D) Bolalar birin-ketin yotoqlariga kirib ketdilar.
18. Qaysi gapda asosi ot turkumiga oid so‘z bilan shakldosh bo‘la oladigan soda yasama so‘z qatnashgan?A) Yozgi ta’tilda buvimnikida dam olmoqchiman.
B) Jarohati ochilib ketib, qonagani yaxshi bo‘lmabdi.
C) Men kasal bo‘lgan yigitni o‘ylab juda kuyindim.
D) Ish qurollari sozlanib, hasharga shay qilib qo‘yildi.
19. Qaysi gapda asosi ot turkumiga oid so‘z bilan shakldosh bo‘la oladigan soda yasama so‘z qatnashmagan?A) Bo‘lib o‘tgan voqea haqida yozma ma’lumot berildi.
B) Uning o‘ng yuzidagi kulgichi o‘ziga juda yarashar edi.
C) Qondoshlarim, qo‘lni qo‘lga berib mehnat qilmog‘imiz kerak.
D) Eshikning o‘yma naqshlari juda chiroyli
20.Qaysi javobda berilgan so‘zlar o‘zaro asosdosh so‘zlar sanaladi?
A) qondosh, qonamoq B) sog‘inmoq, sog‘aymoq
C) tushlik, tushkun D) kuldon, kulgi
21.Qaysi javobdagi gaplar juftligida ajratib ko‘rsatilgan so‘zlarning asoslari o‘zaro shakldosh bo‘la olmaydi?A) Bayram dasturxoni noz-ne’matlarga
to‘la.To‘lin oy g‘arbga tomon og‘gan, hamma yoq sutday oppoq.
B) Bu yilgi toshqin xavfi qishloqdagilarni o‘ylantirib qo‘ygan edi. Toshloq
yo‘lda mashina juda qiynalib yurayotgan edi.
C) Dildan chiqqan kulgi umrni uzaytiradi. U stol yoniga kelib, tamaki qoldig‘ini
kuldonga tashladi.
D) Yigit qonavotgan jarohatini bog‘lab qo‘ydi. Hakim bobo g‘o‘zalarni suvga
qondirish uchun tinmay mehnat qildi.
22. Quyida berilganlardan asosi o‘z shakldoshi
bilan o‘zaro bir xil turkumga oid bo‘la oladigan yasama so‘zlarni aniqlang.
1) yog‘siz; 2) bo‘shamoq; 3) toychoq; 4) bog‘li.A) 2,4 B) 2, 3, 4 C) 1, 3, 4 D) 1,3
23.Quyida berilganlardan qaysilari shakldoshlik xususiyatiga ega bo‘lgan
asosdan yasalgan shakldosh yasama so‘zlar sanaladi?
1) bo‘sha; 2) oqish; 3) yozmoq; 4) toza; 5) kechik; 6) chopmoq.
A) 1, 2, 5B) 1,5C) 3, 4, 6D) 2, 3, 4, 5
24. Qaysi javobda o‘z shakldoshi bilan o‘zarobir xil turkumga mansub bo‘la oladigan asosdan yasalgan yasama so‘z bilan ifodalangan aniqlovchi qatnashgan?
A) Yozgi ta’tilda buvimning yumushlariga yordam bermoqchiman.
B) Shoir vatanida turg‘un yashay olmadi.
C) Uchrashuvdan keyin mehmonlar to‘kin dasturxonga taklif qilindi.
D) Poliz ekinlaridan bo‘shagan yerlar shudgor qilindi.
25. Quyida berilganlardan hokim qismining asosi fe’l bilan shakldosh bo‘la oladigan bitishuvli so‘z birikmalarini aniqlang. 1) katta qozonda; 2) qush ini;
3) bukchaygan tollar; 4) qovun tilimi; 5) otning dumi;
6) sog‘inchli salom.
A) 1, 2, 4, 6 В) 1, 3 C) 3, 5 D) 2, 3, 4
26. Quyida berilganlardan tobe qismining asosi fe’l bilan shakldosh bo‘la oladigan so‘z
bilan ifodalangan bitishuvli so‘z birikmalari ko‘rsatilgan javobni aniqlang.
1) tol bargi; 2) bu tuzdon; 3) o‘ychan odam; 4) tilshunos olim; 5) tutqich sindi; 6) toshqin
daryo. A) 1, 2, 5, 6 B) 3, 4 C) 2, 4 D) 1, 2, 3, 4
27. Qaysi javobdagi gaplar juftligida ajratib ko‘rsatilgan so‘zlar o‘zaro shakldosh so‘zlar
hisoblanmaydi? A) Rayhona kirlarni kir yuvish mashinasida vuvdi. / / Guruhimizga ko‘rsatgan yordami bilan Sardor ham ayblarini vuvdi.
B) Tut xalq xojaligida eng ko‘p foydalaniladigan daraxtlar sirasiga kiradi. / / 0 ‘g‘lim, yaxshilarning etagini tut, adashmaysan.
C) Biz yosh kadrlarni malaka oshirish uchun Yevropaga jo‘natdik. / / Filmdagi
eng yaxshi chiqqan kadrlarni ko‘rsatdik.
D) Arg‘amchiga qil — quvvat. / / Doniyor, sen uy vazifalarini o‘z vaqtida qil.

SO`Z TARKIBI (morfemika) 1-variant


1. So‘zning ma’noli qismlari joylashuvi qaysi javobda to‘g‘ri berilgan?
A) asos+so‘z yasovchi+lug‘aviy shakl yasovchi+sintaktik shakl yasovchi
B) asos+so‘z yasovchi+sintaktik shakl yasovchi+lug‘aviy shakl yasovchi
C) asos+lug‘aviy shakl yasovchi+so‘z yasovchi+sintaktik shakl yasovchi
D) asos+sintaktik shakl yasovchi+so‘z yasovchi+lug‘aviy shakl
yasovchi
2. San’atkorning ijrosini tinimsiz gulduros qarsaklar bilan olqishlardilar.
Ushbu gapdagi yasama so‘zlarning miqdorini aniqlang.
A) 2 ta B) 3 ta C) 4 ta D) 5 ta
3. So‘zning munosabat shakllari bu…
A) so‘z yasovchi qo‘shimchalar B) lug‘aviy shakl yasovchilar
C) sintaktik shakl yasovchilar D) so‘zga qo‘shimcha ma’no yuklovchi qo‘shimchalar
4. Egalik qo‘shimchalari qaysi qo‘shimchalar sirasiga kiradi?
A) so‘zga qo‘shimcha ma’no yuklovchi qo‘shimchalar
B) lug‘aviy shakl yasovchilar
C) munosabat shakllarini hosil qiluvchi D) so‘z yasovchi
5. Qaysi so‘z tarkibi asos + so‘z yasovchi+lug‘aviy shakl yasovchi+sintaktik shakl yasovchi tartibida joylashmagan?
A) anglaganim B) qorayishning
C) isitkichlarni D) ekinlarga
6. Sudrattirmoq so‘zi tarkibidagi qo‘shimchalar vazifasiga ko‘ra qanday qo‘shimcha hisoblanadi?
A) lug‘aviy shakl yasovchi
B) so‘z yasovchi, lug‘aviy shakl yasovchi
C) lug‘aviy shakl yasovchi va sintaktik shakl yasovchi
D) sintaktik shakl yasovchi
7. Aqlli o‘zini ayblar,
Aqlsiz - do‘stini.Ushbu gapda nechta so’z yasovchi qo’shimcha bor?
A)3 B)2 C)1 D)4
8. Orttirma nisbat hosil qiluvchi -gaz, -kaz,
-qaz qo‘shimchalari o‘tmoq fe’liga qay tarzda qo‘shilishi mumkin?
A) o‘tgaz, o‘tkaz, o‘tqaz tarzida
B) o‘tkaz, o‘tqaz tarzida
C) faqat o‘tkaz tarzida D) faqat o‘tqaz tarzida
9. Ushbu to‘plamda tinchlikni, Vatanni ulug‘lovchi she’rlar bor.
Berilgan gapdagi so‘zlar tarkibida nechta so‘z yasovchi qo‘shimcha mavjud? A) 3 B) 4 C) 5 D) 6
10. Ushbu to‘plamda tinchlikni, Vatanni ulug‘lovchi she’rlar bor.
Mazkur gapdagi so‘zlar tarkibida nechta ot yasovchi qo‘shimcha mavjud?A) 2 B) 3 C) 4 D) 5
11. Aqlli o‘zini ayblar,
Aqlsiz - do‘stini.
Ushbu maqoldagi lug‘aviy shakl yasovchi qo‘shimchalar miqdorini belgilang. A) 1 ta B) 2 ta C) 3 ta
D) maqolda lug‘aviy shakl yasovchi qo‘shimchalar qo‘llanmagan.
12. Tub so‘zlar berilgan qatorni belgilang.
A) oqish (sifat), oqish (fe’l) B) oqim, oqova
C) oqin (suv yo‘nalishi), oqma (fe’l)
D) berilganlarning barchasi yasama so‘z.
13. Qaysi qatordagi so‘zda ikkita so‘z yasovchi qo‘shimcha mavjud?
A) aylanma B) kesatiq C) achitma D) bog‘lam
14. Qaysi gapda so‘z yasovchi qo‘shimcha lug‘aviy shakl yasovchi qo‘shimchadan keyin qo‘shilgan?
A) Shu-shu quyon changalzorga yolg‘iz bormaydigan bo‘libdi.
B) Bolalarning beg‘ubor qalbi to‘lib-toshib oqayotgan daryoday jo‘shqin.
C) Ipakday mayin, buloq suviday tiniq xayollaringizga hech kim xalal bermaydi.
D) Boboxon goh o‘chirg‘ichga, goh bug‘doyzor tomon uchib ketayotgan chumchuq bolasiga qarab hang-mang bo‘lib qolgan edi.
15. Qaysi gapda uchta yasama so‘z ishtirok etgan?
A) Ha, bu yurtlar chiroyli, daraxtzor bo‘lgani bilan sovuq.
B) Mehmon jiddiylashdi, nimanidir isbotlamoqchi bo‘lganday keskin gapirdi.
C) Semizlikni qo‘y ko‘tarar deganlaridek, Omonga badavlatlik yoqmas edi.
D) U bolalikdan dorbozlarning o‘yinlarini yoqtirar edi.
16. Faqat lug‘aviy shakl yasovchi qo‘shimchalar ishtirok etgan so‘zlarni toping.A) giyohlarni, ajratildi, topilgan
B) asabiylashmoq, kelinchak, keltirish
C) kulimsiramoq, ellar ketgunchaD) aybsitmoq, ulg‘aytirgan, bormadi
17. Sherikchilik - bir yilchilik, qudachilik - ming yilchilik.
Ushbu maqoldagi so‘z yasovchi qo‘shimchalar miqdorini toping.
A) 4 ta B) 8 ta C) 6 ta D) 2 ta
18. Qaysi javobda tarkibi asos + so‘z yasovchi + so‘z yasovchi + lug‘aviy shakl yasovchi shaklidagi so‘z berilgan?
A) insoniyatniki B) oromgohlarimizC) unumdorlikniD) bog‘dorchilik
19. Iste’dodli, bilimdon yoshlar o‘qish uchun chet ellarga yuborilmoqda. Mazkur gapdagi qo‘shimchalar soni va turi qaysi javobda to‘g‘ri ko‘rsatilgan?A) 2 ta so‘z yasovchi, 4 ta lug‘aviy shakl yasovchi,
2 ta sintaktik shakl yasovchi
B) 3 ta so‘z yasovchi, 4 ta lug‘aviy shakl yasovchi,2 ta sintaktik shakl yasovchi
C) 2 ta so‘z yasovchi, 3 ta lug‘aviy shakl yasovchi, 2 ta sintaktik shakl yasovchi
D) 2 ta so‘z yasovchi, 2 ta lug‘aviy shakl yasovchi,
4 ta sintaktik shakl yasovchi
20. Oqqirov kasalligi g‘o‘za barglarida uy quradi, tuproqda, o‘simlik chirindilari orasida qishlaydi.
Berilgan gapda nechta sodda yasama so‘z bor va ular qaysi turkumga mansub?
A) 3 ta yasama ot, 1 ta yasama fe’lB) 2 ta yasama ot, 1 ta yasama fe’l
C) 2 ta yasama ot, 2 ta yasama fe’lD) 3 ta yasama ot
21. Quyida berilgan gapda nechta yasama so‘z bor?
Oybek domla nihoyatda tiyraklik bilan, ko‘pchilik nomdor insonlarda juda kam uchraydigan samimiyat va bolalarcha beg‘uborlik bilan opaning gaplarini
tasdiqladi. A) 6 ta B) 7 ta C) 5 ta D) 8 ta
22. Aqlli, es-hushli, tadbirli inson so‘z boshlar, suhbatdosh jim bo‘lgan zamon. Ushbu gapda nechta so‘z yasovchi qo‘shimcha mavjud?
A) 3 B) 4 C) 5 D) 6
23. Asos+lug‘aviy shakl yasovchi+so‘z yasovchi shaklida bo‘lmagan so‘zni toping.
A) o‘chirg‘ich B) maqtanchoq C) sovutkich D) qizg‘anchiq
24. Quyida keltirilgan so‘zlardagi -in qo‘shimchasi qanday qo‘shimcha?
1) ekin; 2) to‘kin; 3) ko‘rin; 4) yig‘in; 5) kiyin; 6) otashin
A) 1-4- ot yasovchi, 2-6- sifat yasovchi,
3-5- lug‘aviy shakl yasovchi
B) 1-3- ot yasovchi, 2-5- sifat yasovchi,
4-6- lug‘aviy shakl yasovchi
C) 2-3- ot yasovchi, 1-4- sifat yasovchi,
5-6- lug‘aviy shakl yasovchi
D) 4-6- ot yasovchi, 1-3- sifat yasovch
2-4- lug‘aviy shakl yasovchi
25. Mehmonlarning quvnoq qahqahasidan Mahmudning mudroq ko‘zlari katta ochildi.
Ushbu gapda birgina nutq tovushidan iborat qo‘shimchalar miqdorini aniqlang. A) 1 B) 2 C) 3 D) 4
26. Asos + so‘z yasovchi qo‘shimcha + so‘z yasovchi qo‘shimcha shaklidagi so‘zlar qatorini toping.
A) kechikmoq, unumdorlik, uzumchilik B) qo‘rqinch, isitma, taraqqiyot
C) epchillik, sanoq, tinimsiz D) jismoniy, bilimdon, qadimiy
27. Qaysi qatorda lug‘aviy va sintaktik shakl yasovchi qo‘shimcha orasida omonimlik (shakldoshlik) munosabati yuzaga kelgan?
A) ko‘kish-borish B) otam-ko‘rdim
C) do‘sti- boyi D) buloqqa-chayqa
28. Qaysi qatorda sintaktik shakl yasovchi
qo‘shimchalar o‘zaro omonimlik (shakldoshlik) hosil qilgan?
A) to‘plam-akam B) ishlang-opang
C) do‘sti-boyi D) barchasi to‘gri
29. Yig‘in, yog‘in, erkin, yashirin, ko‘rin, artin.
Ushbu so‘zlar tarkibidagi-in qo‘shimchasi ma’no va vazifasiga ko‘ra qanday qo‘shimcha?
A) ot va sifat yasovchi B) ot yasovchi va nisbat shakli
C) sifat yasovchi va nisbat shakli
D) so‘z yasovchi va nisbat shakli
30. . Qaysi yasama so‘zda lab undoshi ishtirok etgan?
A) savlat B) gulzor C) bilimdon D) oshiq




Yüklə 340,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   89




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin