97
ga solish payti keldi. Tipirchilab u
yoq-bu yoqqa
qochgan bilan foyda yo‘q. Umidsizlikka tushmay,
najot yo‘lini axtarmoq kerak.
Shunday deb, baliq suv yuziga qalqib chiqdi va
o‘zini o‘lganga solib yotdi. Bir baliqchi uni olib,
o‘lgan gumon qildi va
suv chiqib ketadigan ariq
bo‘yiga tashladi. Baliq sudrala-sudrala oqar suvga
tushib oldi, hiyla ishlatib, o‘z jonini qutqardi.
Xom va tadbirsiz baliq esa o‘zini yo‘qotib, u
yoqdan-bu yoqqa qochib yurar,
goho suv ostiga
sho‘ng‘ir, goho yuzaga chiqar edi, oqibat baliqchi-
lar to‘riga ilindi.
Sher aytdi:
– Masala ravshandir,
lekin Shatraba mendan
shuncha marhamat ko‘rgandan keyin xiyonat
qilish fikriga tushadi deb o‘ylamayman. Axir,
shu vaqtga qadar unga yaxshilik dan o‘zga narsa
qilinmagan edi-ku!
Dimna dedi:
– Shundaydir, podshohning qilgan katta yax-
shiliklari uni shu fikrga olib keldi... Sharmsiz
odamlar orzu etgan vazifalariga yetishguncha
samimiy va sadoqatli bo‘ladilar, bu vazifaga eri-
shishlari bilan o‘zlari loyiq bo‘lmagan
yana yuk-
sak martabani egallash xayoliga tushadilar va bu
yo‘lda hiyla hamda xiyonat ko‘chasiga kiradilar.
Razil odamlar qo‘rqqanlaridan xizmat qiladilar va
o‘z muhabbat larini izhor etadilar.
Sher dedi:
– Mening fikrimcha, Shatrabaning ko‘ngil oyna-
si changdan xoli va ko‘ngli bu xayoldan pokizadir.
Men hamisha
unga inoyatlar qilar edim, nahot, u
yomonlikni o‘ylasa!
98
Dimna dedi:
– Podshohga ma’lumdirki, fikri buzuq odam
hech qachon rostgo‘y bo‘lmaydi. Yo‘ldan ozganni
jazo va mukofot bilan hammavaqt ham to‘g‘ri
yo‘lga solib bo‘lavermaydi. Quloqlariga toshbaqa
bilan chayon qissasi chalinmagan edimi?
Sher dedi:
– Qani, so‘ylab ber.
Dostları ilə paylaş: