Uo‘K: 821. 21-3 kbk: 82. 3(5Hin) k-19 Kalila va Dimna



Yüklə 1,38 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/70
tarix15.10.2022
ölçüsü1,38 Mb.
#118324
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   70
KAMILA VA DIMNA

Shatrabaning hikoyati
Bir o‘rdak tiniq suvda oyni ko‘rib, uni baliq 
deb o‘yladi va suvga sho‘ng‘idi, lekin hech narsa 
topmadi. Bir necha martaba sho‘ng‘ib charcha-
gandan keyin o‘rdak bu ishning bahridan kechdi. 
Bir necha kundan keyin ko‘lga rosmana baliqlar 
suzib keldilar, lekin o‘rdak har gal baliq ko‘rganda 
uni oyning aksi gumon qilib, ularni tutib yeyishga 
harakat qilmadi. Shunday qilib, yanglish tajriba 
natijasida u hamisha ochlik birla kun kechirdi.
Agar sherga mening haqimda yomon g‘araz bilan 
gap aytgan bo‘lsalar, sher ham boshqa xiyonatlar 
shohidi bo‘lganligi uchun bunga ishongan... Agar 
sher sababsiz mendan nafrat qilayotgan bo‘lsa, bu 
nihoyatda afsuslanarli va taajjublanarli hodisadir. 
Agar g‘azab va noroziligining biror sababi bo‘lsa, 
uzr so‘rash va xatoni tuzatish yo‘li bilan uni rozi 
qilish mumkin. Lekin fitnachilar qurgan hiyla tu-
zog‘ini buzmoq va haqiqatni ochmoq g‘oyat mush-
kuldir. Chunki yolg‘on va fitnaning had-hududi 
bo‘lmas, u bora-bora ortar, lekin ozaymas. Sher 
bilan mening munosabatimni buzadigan hech bir 
voqeani eslay olmayman. Yolg‘iz ayrim vaqtlar-
da men yaxshi niyat bilan uning ba’zi fikrlariga 
qo‘shilmagan edim, nahotki shularni beodoblik 
va behurmatlik hisoblagan bo‘lsa?! Lekin men 
aytgan so‘zlarning hammasi xayrli va foydali edi.
Ularni ham hech vaqt odamlar oldida aytmas 
edim, aytganda hamisha ta’zim bajo keltirib, ehti-
yotlik bilan, qattiq botmaydigan qilib aytar edim.
Nasihatning xiyonatga, xizmatning adovatga 
sabab bo‘lishi hech aqlga sig‘maydigan narsadir...


107
Har kimki maslahat vaqtida maslahatchining 
so‘ziga, muolaja chog‘ida tabibning, shariat ma-
salalarida zohidning so‘ziga kirmasa, yaxshi ish 
foydasidan, muolaja shifosidan va ibodat savo-
bidan mahrum bo‘ladi. Balki sherning g‘azabiga 
saltanat istig‘nosi va podshohlik sarmast ligi sa-
babdir. Podshohlikdan mast bo‘lgan shohlarning 
ko‘ziga xoinlar sodiq odamlar siymosida, sodiq 
odamlar esa xoinlar qiyofasida ko‘rinadilar. Shu-
ning uchun olimlar debdurlarki, «Nahang birla 
daryoda o‘ynashmoq xavflidir, lekin shohlarga 
yaqinlik qilmoq bundan ham qo‘rqinchlidir». Shoh 
xizmatining ozori ko‘p va zarari benihoyadir. Hik-
mat ahli shohlarni olovga o‘xshatibdurlar. Uzoq-
dan o‘tning nurini ko‘rganlar uning kuydirishini 
xayollariga keltirmaydilar, gumon qiladilarki, sul-
tonga yaqin bo‘lishda manfaat ko‘pdir, haqiqatda 
esa bunday emas. Sultonning yuz yillik inoyati 
uning bir soatlik siyosati bilan ham barobar emas. 
Bu lochin bilan tovuq munozarasiga o‘xshaydi.
Dimna so‘radi: 
– Ular qanday munozara qilibdilar?

Yüklə 1,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   70




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin