Shatrabaning hikoyati
Naql qilurlarki, bir zog‘, bo‘ri va shag‘ol bir sher-
ning xizmatida edilar. Ularning maskani yo‘l ustida
edi. Bir kun bir savdogarning tuyasi karvondan
ayrilib, o‘rmonga kelib qoldi. Sherni ko‘rgach, unga
bosh egib salom berdi. Sher ham muloyimlik bilan
bu yerga qanday kelib qolganli gini surishtirdi. Tuya
ahvolni gapirib bergach, sher:
– Endi qayerda turmoqchisan? – deb so‘radi.
111
Tuya dedi:
– Shohimning ixtiyori nima bo‘lsa – shu.
Sher dedi:
– Mayling bo‘lsa, mening yonimda qolib, ro-
hat-farog‘atda yashashing mumkin.
Tuya buni eshitib, shod-u xurram bo‘ldi, o‘sha
o‘rmonda o‘tlab semirib yuraverdi. Kunlardan bir
kun sher ovga ketayotganda bir mast filga duch
keldi. O‘rtalarida shiddatli urush boshlandi. Sher
og‘ir yarador bo‘lib, ingray-ingray o‘rmonga qayt-
di va bir burchakda ingrab yotdi. Bir necha kun
ovga chiqa olmadi. Sherning oviga sherik bo‘lib
yurgan bo‘ri, zog‘ va shag‘ol och qoldilar. Buni
sezgan sher ularga dedi:
– Och qolib qiynalayotganga o‘xshaysizlar,
bu yaqinda biror ov ko‘rsangiz, xabar beringlar,
men uni ushlab parchalay. Sizning ham qorningiz
to‘yadi, mening ham.
Ular tashqari chiqib, maslahat qildilar: – Tuya
bizning oramizda ortiqcha. Uning sherga nima
nafi bor-u, bizga nima foydasi. Hech birimizga
o‘rtoq bo‘la olmaydi. Hozir sherni majbur qilamiz,
uni yesin, qoldig‘i bizga tegadi.
Shag‘ol dedi:
– Bu gapni sherga aytib bo‘lmaydi, chunki sher
unga omonlik berib, o‘z xizmatida olib qolgan.
Kimki podshohni xiyonatga yo‘llab, ahd-paymonni
buzishga da’vat etsa, do‘st-oshnolarini balo tu-
zog‘iga tashlagan bo‘ladi, baxtsizlik o‘qini o‘ziga
qaratgan bo‘ladi.
Zog‘ dedi:
– Bu borada shunday hiyla ishlatish kerakki,
podshohning o‘zi o‘z ahdini buzishga majbur
112
bo‘lsin. Sizlar shu joyda tek turinglar, men hozir
kelaman. Zog‘ uchib sher qarshisiga bordi va
ta’zim qilib turdi.
Sher so‘radi:
– Biror narsa topdingizmi?
Zog‘ dedi:
– Ochlikdan ko‘zlarimiz hech narsani ko‘rol-
maydi. Agar podsho rozilik bersa, hammaga yeta-
digan bir ne’mat bor.
Sher dedi:
– U nima deganing?
Zog‘ dedi:
– Ana u tuya bizlarning oramizda begonadir.
Uning bu yerda yurishidan shohga hech foyda
yo‘q.
Sher g‘azab bilan dedi:
– Bu gaping insof va muruvvatdan emas, buni
vijdon qabul qilmaydi. Men tuyaga bergan va’dam-
ni qanday qilib buza olaman?
Zog‘ dedi:
– Men buni ham o‘ylab qo‘ydim. Donishmand lar
aytibdurlarki, falokat yuz berganda, bir kishini
bir oila uchun, bir oilani bir qabila uchun, bir
qabilani bir shahar uchun, shahar aholisini esa
podshoh uchun fido qilsa bo‘ladi. Ahdni buzmas-
lik uchun ham bir vaj va iloj topiladi. Shunda ahd
ham buzilmagan bo‘ladi, podshoh ham ochlik
tahlikasidan qutulgan bo‘ladi.
Sher buni eshitgach, boshini quyi solib o‘tirdi.
Zog‘ o‘z yoronlari qoshiga kelib dedi:
– Sher boshda g‘azablanib, gapimga quloq sol-
gisi kelmadi, oxirida indamay qoldi. Endi masla-
hat shuki, hammamiz tuyaning oldiga borib,
113
sherning ochlikdan azob chekayotganini gapirib
beraylik va aytaylik: sherning davlati soyasida to‘q
va shod-xurram kun kechirdik. Agar endi uning
boshiga og‘ir kun kelganda, shoh uchun jonimizni
fido qilmasak, nonko‘r bo‘lamiz...
Keyin sherning yoniga boramiz-da, uning bizga
katta iltifotlar ko‘rsatganini e’tirof etib, jonimizni
unga qurbon qilishga tayyorligimizni aytamiz,
har birimiz navbat bilan: «Shoh bugun meni
yesinlar», – deymiz. Boshqalarimiz: «Yo‘q meni
yeng», – deb turib olamiz. Shunday qilib, biz ham
sherga bo‘lgan minnatdorchiligimizni izhor etgan
bo‘lamiz, ham salomat qolamiz.
Ular aldab-suldab tuyani o‘z so‘zlariga ko‘ndir-
dilar, tuya sher ning huzuriga borishga rozi bo‘ldi.
Hammalari sherning qoshida bosh egib ta’zim
qildilar.
So‘zni zog‘ boshladi:
– Shohning umri uzun, davlati abadiy bo‘lsin.
Bizning tirikligimiz shohning sog‘lig‘iga bog‘liqdir.
Shohning boshiga musibat tushgandan keyin biz-
ning yashashimizning nima ma’nosi bor? Bo‘yim
kichkina va vujudim zaif bo‘lishiga qaramay
men o‘zimni shoh hazratlariga fido qilishga qaror
qildim... Agar shoh mening go‘shtimni yemoqchi
bo‘lsalar, marhamat tayyorman.
Boshqalari dedilar:
– Sening go‘shting bilan kim to‘yadi?
Shag‘ol so‘z boshladi, u ham zog‘ga o‘xshab
o‘zining fidokorligidan lof ura boshladi. Sheriklari
unga:
– Sening go‘shting sassiq va zararli, shohga
loyiq emas, – dedilar.
114
Undan keyin bo‘ri gap boshlab, o‘z go‘shti yax-
shiroq ekanini aytdi. Sheriklari bo‘riga ham e’tiroz
bildirib: «Sening go‘shting qattiq, tomoqqa tiqilib
qoladi va zaharlaydi. Seni ham yeb bo‘lmaydi», –
dedilar.
Navbat bechora tuyaga yetdi. U makkor sherikla-
rining «samimiy»ligiga ishonib, o‘z go‘shtining
toza va lazzatliligini maqtay ketdi. Hammalari bir
ovozdan uning so‘zini quvvatladilar:
– Juda to‘g‘ri va chin yurakdan gapiryapsan,
o‘zing chiroylisan, go‘shting mazali, podsho haz-
ratlarining mijozlariga juda mos keladi, hamma-
mizga ham yetadi, – deb hammalari tuya ustiga
yopirilib, bechorani pora-pora qildilar. Shu yo‘sin-
da tuya ularning hiyla tuzoqlariga ilinib, halok
bo‘ldi.
Bu masalni shuning uchun keltirdimki, agar
dushmanlar yig‘ilib, so‘zni bir yerga qo‘ysalar,
ularning hiylasi bekor ketmaydi.
Dimna dedi:
– Xo‘sh, sen qanday fikrdasan?
Shatraba dedi:
– Urishib qarshilik ko‘rsatmoqdan o‘zga ilo-
jim yo‘q. Agar bir odam umr bo‘yi ibodat qilib,
mol-mulkini faqir-fuqaroga ulashsa, baribir uning
savobi o‘z mol-mulkini, o‘z nomusini saqlash
uchun bir soat kurashgan odamning savobidan
kam bo‘ladi. Chunki kurashib halok bo‘lgan kim-
sa ham shuhrat topib, hurmatga sazovor bo‘ladi,
chunki bunday o‘lim sharafli hisoblanadi. Pichoq
suyakka yetganda, jon bo‘g‘izga kelganda mol-jon,
imon va maslak uchun olib boriladigan kurash-
ning savobi juda katta.
115
Dimna dedi:
– Aqlli odam olishuvga oshiqmaydi, tayyorgarlik
ko‘rmasdan katta va tahlikali ishni boshlamaydi.
Dushman bilan mumkin qadar yumshoq muoma-
la qilib nizoni tinchlik va do‘stlik yo‘li bilan hal
etishga tirishadi. Donishmand kimsalar o‘zlarin-
ing zaif dushmanlariga ham mensimaslik bilan
qaramaydilar, chunki dushman kuchsiz bo‘lsa,
har xil hiyla va nayrangga murojaat qiladi, shu
yo‘l bilan u g‘alaba qozonishi mumkin. Holbuki,
sherning qo‘rqmas, jasur, kuchli va qudratli ekan-
ligi hammaga ma’lum. Kimki dushmanni mensi-
masa va urushning nima bilan tamom bo‘lishini
oldindan ko‘rmasa, tatavani pisand qilmagan
daryo tangrisi kabi pushaymon bo‘ladi.
Shatraba so‘radi:
– Tatava nima qilibdiki u pushaymon bo‘lgan?
Dostları ilə paylaş: |