Uo‘K: 821. 21-3 kbk: 82. 3(5Hin) k-19 Kalila va Dimna



Yüklə 1,38 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/70
tarix15.10.2022
ölçüsü1,38 Mb.
#118324
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   70
KAMILA VA DIMNA

 
qo‘shding 
sen, 
Orzuyingga osonlikcha yetding sen
Yog‘sa hamki yomg‘ir tinmay uch yuz yil, 
Yuva olmas sen ko‘targan changni, bil.
– Ey, nodon! Endi o‘z makr-hiylangning qabih 
oqibatini tomosha qil!
Dimna so‘radi: 
– Qaysi qabih oqibatni?
Kalila dedi: 
– Valine’mating bo‘lmish sherning sharman-
dali ishi, ho‘kizning o‘ldirilishi va qonining be-
korga oqizilishi, sipoh orasidagi parokandalik 
sening qo‘pol makkorliging oqibatidir. Agar sen 
nodon bo‘lmasayding, bu sherni bunday qabih 
jinoyat qilishga qadar olib kelmagan bo‘larding. 
Odamlarning eng nodoni o‘z do‘stini keragi yo‘q 
urushga tortadi. Aqlli odamlar qudratli, kuch-
li, yengilmas bo‘lganlari holda ham urushdan 
o‘zlarini opqochganlar, fitnani bostirish urush 
tahlikasini yo‘qotishni zarur deb bilganlar. Mu-
sohaba yo‘li bilan hal etilishi mumkin bo‘lgan 
masalalarda o‘z shohini urushga chorlagan vazir 
eng ahmoq va eng noloyiq vazirdir. U xiyonat qilib 
ishga zarar yetkazishdan boshqaga yaramaydi, 


121
chunki mansab egalarining aqli qilichidan o‘tkir 
bo‘lmog‘i lozim. Qilich bilan erishiladigan narsaga 
aql va tadbir vositasi bilan ham erishish mumkin. 
Maslahat bilan bitishi mumkin ishlarni dudama 
xanjar bilan ham bartaraf qilib bo‘lmaydi...
Men sening xudbinligingni, shirin xayol va yo-
qimli tushga o‘xshagan bu aldamchi dunyoning 
boyliklariga xarisligingni yaxshi bilardim. Lekin 
bularni yuzingga aytishga andisha qilar edim. 
G‘aflat uyqusidan uyg‘onib, o‘zi tushunib qolar 
deb yurar edim. Lekin sen tobora hadingdan 
oshyapsan. Endi sening ba’zi nuqsonlaringni 
ko‘rsatish, naqadar johil va nodon ekanliging-
ni, naqadar yaramas ishlar qilganligingni ochiq 
aytish vaqti keldi. Lekin mening aytadiganlarim 
«daryodan bir qatra» qabilida bo‘ladi. Aytibdur-
larki, podsho uchun so‘zi ishidan ustun bo‘lgan 
vazirdan ko‘ra xavfli narsa bo‘lmaydi. So‘z berib, 
bajarmagan odam bilan aytmasdan ishni bajargan 
odamning farqi katta. Senda shu xususiyat bor: 
tiling hunaringdan, so‘zing ishingdan ustundir. 
Sher sening aytganlaringga ishonib, bechora 
ho‘kizni halok qildi. Debdurlarki, so‘z tajribaga 
asoslanmagan bo‘lsa, shakl mazmunsiz, davlat 
adolatsiz, do‘stlik sadoqatsiz, boylik saxovatsiz, 
ilm hikmatsiz, hayot osoyishtaliksiz bo‘lsa, ular 
befoydadir. Saxovatli va adolatli shohning vaziri 
yomon niyatli, raiyatga zulmkor bo‘lsa, fuqaro 
shoh adolatidan mahrum etiladi, marhamat 
eshiklari ular yuziga berkitiladi. Bu esa ichida 
nahang yashaydigan toza va shirin suvli hovuzga 
o‘xshaydiki, har qanday tashna odam unga na qo‘l 
suqa oladi va na oyoq.


122
Sodiq va ishbilarmon xizmatchilarning ko‘pligi 
yaxshidir, ular podshohlikning ziynatidir. Sen esa 
sherning yonida mendan boshqa hech kim bo‘lma-
sin, uning eng yaqin va ishonchli mahrami faqat 
o‘zimgina bo‘lay deysan. Lekin o‘zgalarni baxtsiz 
qilib, baxtga erishgan, sodiq va samimiy do‘stlarga 
xiyonat qilib, ularni halok etish yo‘li bilan hurmat 
qozonmoqchi va mansabga erishmoqchi bo‘lgan 
odamday ahmoq va razil zotning bo‘lishi mumkin 
emas. Riyokorlik bilan ibodat qilib savob topish
yomon niyat va zo‘rlik bilan ayollar muhabbatiga 
sazovor bo‘lish, zahmat chekmasdan ilmga ye-
tish mumkin emas. Lekin bu so‘zlarimdan foyda 
yo‘qdir, chunki bilaman, ular senga ta’sir etmaydi. 
Mening senga nasihatim bir qushning maymun-
larga bergan nasihatiga o‘xshaydi.
Dimna so‘radi: 
– U qanday nasihat?

Yüklə 1,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   70




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin