Uo‘K: 821. 21-3 kbk: 82. 3(5Hin) k-19 Kalila va Dimna



Yüklə 1,38 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə25/70
tarix15.10.2022
ölçüsü1,38 Mb.
#118324
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   70
KAMILA VA DIMNA

Dimnaning hikoyati
Aytibdurlarki, Kashmir viloyatida Jamiz otli bir 
savdogarning oy yuzli, sunbul sochli bir xotini 
bor edi. Bu xotin shu qadar go‘zal ediki, hali fa-
lak ko‘zi bunday jamolni ko‘rmagan, hatto inson 
xayoli ham bunaqa go‘zalni tasavvur etmagan 
edi. Ularga mohir bir rassom qo‘shni edi. U bilan 
savdogar xotini oshiq va ma’shuq edilar.
Bir kuni xotin unga dedi: 
– Sen hamisha goh ovoz berib, goh tosh otib kel-
ganingni bildirib, odamlarda shubha uyg‘otasan. 
Endi kelganingni bildirish uchun boshqa bir yo‘l 
top.
Rassom dedi: 
– Men ikki rangli chodir tiktiraman. Bir tarafin-
ing oqligi oy yog‘dusidek, ikkinchi tarafining qora-
ligi oydinsiz qorong‘i kechadek. Sen uni ko‘rishing 
bilan darhol chiqib yonimga kelasan.
Savdogarning xizmatkori bu so‘zlarni devor 
orqasida eshitib turgan edi. Bir necha kundan 
keyin chodir bitdi. Rassom bir ish bilan ko‘chaga 
chiqib ketganda xizmatkor chodirni rassom kani-
zidan so‘rab olib, yopindi-da, xotinning yoniga 
ketdi. Rassomning kanizi uning mahbubi edi. 
Savdogarning xotini bilmasdan shoshilib chiqdi, 
xizmatkor murodini hosil qilib, chiqib ketdi va 
chodirni o‘z joyiga qo‘ydi. Sal vaqt o‘tmay, ras-
som uyiga keldi. Ma’shuqasini sog‘inib, chodirni 
yopinganicha savdogarning uyiga keldi. Xotin 
yana yugurib chiqdi va dedi: 
– Xayrli bo‘lsin, ey azizim, ketganingga bir soat 
bo‘lmay, yana keldingmi?


142
Rassom masalani darrov tushundi. Uyiga qay-
tib kelib, kanizining adabini berdi, chodirga o‘t 
qo‘ydi.
Men bu masalni shuning uchun keltirdimki, 
xoqon shoshib mening masalamda noto‘g‘ri hukm 
chiqarma sinlar. Men bu so‘zlarni azob berishlari-
dan tashvishlana yotganim yoki o‘limdan qo‘rqqa-
nim uchun aytayotganim yo‘q. Chunki o‘limdan 
qutulib bo‘lmaydi. Ertami-kechmi, baribir u 
boshingga keladi.
Agar mening bir emas, ming jonim bo‘lsa ham, 
ularni shoh uchun qurbon qilishga tayyorman, 
hammasidan kechib, ikki dunyoning rohatiga 
ega bo‘lgan bo‘laman. Lekin shoh ishning oqi-
batini o‘ylab, ehtiyot bilan harakat qilishi kerak. 
Chunki u raiyatsiz yashay olmaydi. Tuhmat gapga 
ishonib, layoqatli mulozimlarni halok etishning 
zarari ko‘pdir, do‘stlaringni o‘ldirsang, yakkalanib 
qolasan. Layo qatli mansabdorlar va ishbilarmon 
qullar hamisha topilavermaydi. Sadoqatli, ish-
bilarmon odamlarni yetishtirish unchalik oson 
emas... Bir toshning oftob tobi bilan la’lga aylani-
shi uchun ozmuncha yillar kerakmi?!
Sherning onasi qarasa, Dimnaning so‘zlari 
sekin-sekin o‘tirganlarga ta’sir qilyapti. U shoh 
Dimnaning usti yaltiroq, ichi qaltiroq dalillar va 
bahonalariga inonib, uni jazolashdan voz kechib 
o‘tirmasin, deb qo‘rqdi. Chunki Dimna so‘zlashda 
mohir, tilyog‘lamalikda usta edi. Shuning uchun 
ham, sherga qarab dedi: 
– Xomush o‘tirishingdan dushmanning gaplari-
ga ishonayotganga o‘xshaysan? «Sukut – alomati 
rizo» deydilar.


143
Sherning onasi shunday deb, g‘azab bilan 
o‘rnidan turib chiqib ketdi. Sher qozilar ishni tek-
shirib hukm chiqargun laricha Dimnani zindonga 
solishni buyurdi.
Shundan keyin sherning onasi o‘g‘lini xilvatga 
chaqirib dedi: 
– Men Dimnaning nihoyatda hiylakor ekanlig-
ini ilgari juda ko‘p eshitgan edim. Lekin uncha 
ishonmas edim. Endilikda esa uning yolg‘onni 
to‘qishga, bahona topishga chechanligini ko‘rib, 
shubhalarim tarqaldi.
Agar xoqon gapirishga ozgina fursat bersa, 
u o‘zini girdobdan qutqarib olardi. Bu qallobni 
tezlik bilan yo‘q qilish kerak, unga muhlat berib 
bo‘lmaydi.
Sher dedi: 
– Shohlar saroyiga yaqin odamlarning ishi 
hamisha fisq-fasoddir. Ular bir-birlarini ko‘rol-
maydilar, bir-birlariga hasad qiladilar. Hasad 
shunday o‘tdirki, agar tutasa, ho‘l-u quruq 
barobar yonadi. Hasadning oqibati shundayki, 
bir-birini ko‘rarga ko‘zi bo‘lmagan uch kishi qis-
sasidagidek hasadchi o‘ziga ham yaxshilikni ravo 
ko‘rmay qo‘yadi.
Sherning onasi so‘radi: 
– Uch hasadchi nima qilishibdi?
Sher dedi: 
– Aytadilarki, uch kishi bir-biriga hamroh 
bo‘lib safarga chiqqan edi. Yoshi ulug‘i qolgan 
ikkisiga dedi: 
– Siz nima sababli o‘z vatanlaringiz rohatidan 
kechib, safar qiyinchiliklarini ixtiyor etdingiz?
Biri dedi: 


144
– Men bir joyda yashar edim. Ishi yurishgan 
odamlarga hasad qilib, ularni hech ko‘ra olmas 
edim. O‘ylab-o‘ylab bir kun, oz vaqtga bo‘lsa ham 
vatandan chiqib ketsam, ko‘ra olmaydigan narsa-
larni ko‘rmay qo‘ya qolsam, degan qarorga keldim.
Boshqasi dedi: 
– Men ham shu sababdan musofirlikni ixtiyor 
etdim.
Yoshi ulug‘ sayyoh ham shu sababdan dashtga 
chiqib ketganini aytib berdi.
Uchala hasadchi topishganlaridan xursand 
bo‘lib yo‘lga ravona bo‘ldilar. Bir kuni biyobonda 
yo‘ldan bir hamyon oltin topib oldilar. Hamjihatlik 
bilan oltinni bo‘lib olishga qaror qildilar. Lekin 
har birining hasad olovi yonib, boshqasining ola-
digan ulushiga ko‘z olaytira boshladi. Shunday 
qilib, bir kecha-yu bir kunduz jazirama biyobon-
da och, tashna va uyqusiz holda janjal qildilar. 
Ertasi kun shu yerning podshohi ovga chiqqan 
edi, mahramlari bilan o‘sha yerdan o‘tib qoldi. 
Podsho uch hasadchini ko‘rib, ahvol so‘radi. Ular 
bor gapni aytib berdilar: 
– Biz uchovimiz ham hasad o‘tida kuyib-yona-
miz, shu sababdan vatandan judo bo‘lib edik. Mana 
endi topib olgan oltinlarni taqsimlashda o‘rtamizda 
nizo chiqdi. Bu oltinni taqsimlab berishga qodir 
bir odamga muhtoj bo‘lib turganimizda, mana 
shohning o‘zlari g‘oyibdan kelib qoldilar.
Podsho dedi: 
– Har biringiz o‘zlaringizning qay darajada 
hasadchi ekanligingizni so‘zlab bering, hasadingiz 
darajasiga qarab oltinni taqsimlab beraman.
Biri dedi: 


145
– Mening hasadim shu darajada kuchliki, hech 
vaqt ehson va shafqat qilishni va biron kishining 
xushvaqt bo‘lishini xohlamayman.
Ikkinchisi dedi: 
– Senda hasadning o‘zi yo‘q ekan. Men esa 
birov-birovga o‘z molidan ehson qilsa, jonim chiqib 
ketadi.
Uchinchisi dedi:
– Siz ikkovingiz ham hasaddan va havasdan 
bebahra ekansiz. Men birovga yaxshilik qilsa, 
o‘zgalarga ham yaxshilik qilar ekan, deb kuyib 
ketaman.
Podsho bularning ichi qoraligiga hayron qolib 
dedi:
– So‘zlaringizga qaraganda, bu oltin sizlarga 
harom. Sizlarning har biringizga loyiq azob-uqu-
bat lozimdir. Birovga bir narsa ehson qilishni 
xohlamaganning jazosi shuki, uni badnom qilib, 
dunyo ne’matlaridan mahrum etish kerak. Birov-
ga birov ehson qilganini ko‘ra olmagan odamni 
o‘ldirib, undan qutulgan yaxshi. O‘zgaga ham, 
o‘ziga ham hasad qiluvchi odamni dunyodagi 
barcha azob turlari bilan qiynab o‘ldirish kerak. 
Shoh buyrug‘iga binoan birinchi hasadchining 
boshini yerga qilib osdilar. Ikkinchisining boshi-
ni kesdilar. Uchinchisining esa badaniga zahar 
surtib oftobga qo‘ydilar. Shunday qilib, hasad 
uch kishini jazoga giriftor qildi. Hasad davosiz 
darddir. Hasadchi hamisha birovning shodligidan 
g‘amnok, rohatidan alamnok bo‘ladi. 
Hasad shunday yomon xususiyatki, uning 
kasridan odam o‘ziga ham yaxshilikni ravo ko‘ra 
olmay qoladi. Shohlar saroyiga yaqin odamlar-


146
ning ishi ig‘vo, hasad, adovat, chaqimchilik va 
bir-birini yomonlashdan iboratdir. Kecha-kunduz 
ular bir-birlarining payiga tushib, bir-birlarini 
g‘iybat qiladi. Kim iste’dodli bo‘lsa, uning haqida 
shuncha ko‘p mish-mishlar to‘qiydilar... Balki 
Dimnaning mavqeyi va menga yaqinligi saroydagi-
larga yoqmas. Bilmadim, hammalarining Dimna 
haqida til biriktirganday bir xil so‘z aytishlari 
menga xayrixohligidanmi yoki Dimnaga bo‘lgan 
adovat va nafratdanmi? Men haqiqatni yuzaga 
chiqarmagunimcha uni o‘ldirishni o‘zimga ravo 
ko‘ra olmayman, chunki hissiyot va nafsoniyatga 
berilish aql va kamolot oynasiga dog‘ tushiradi va 
to‘g‘ri qaror chiqarishga mone bo‘ladi. Agar hunar 
egalarini va ishbilarmon odamlarni yolg‘iz shubha 
va gumonga asoslanib xoin hisoblab o‘ldirsam, 
balki yuragim taskin topar, lekin menga ham, 
mamlakatga ham buning zarari katta.
Dimnani zindonga tashlab, oyoqlariga og‘ir ki-
shan soldilar. Kalilaning eski do‘stiga rahmi kelib, 
kech kirishi bilan Dimna yoniga keldi. Dimnaning 
ahvolini ko‘rib, ko‘zlaridan qonli yoshlar oqizdi 
va dedi:
– Ey, birodar! Seni bunday musibat va azobda 
ko‘rib qanday chiday olaman. Sensiz yashashning 
men uchun ma’nosi yo‘qdir, endi men kim bilan 
birga ulfatchilik qilib, kim bilan o‘ynab-kulaman? 
Shodligim va g‘amlarimni kim bilan baham ko‘ra-
man?
Endi ish borib shu darajaga yetganda, men sen-
ga nima desam ham arziydi, chunki men bularn-
ing hammasini oldindan ko‘rgan, shuning uchun 
senga nasihat qilib, ko‘zingni ochishga harakat 


147
qilgan edim. Lekin sen so‘zlarimga quloq bermas-
ding. Agar ilgarilari senga nasihat qilmagan, ogoh-
lantirmagan bo‘lsam, bugun sening xiyonatingga 
sherik bo‘lib o‘tirar edim. Lekin sening xarisliging, 
takabburliging aqlingdan, bilimingdan ustunlik 
qildi. Men senga olimlar tomonidan aytilgan, «xoin 
o‘z vaqtidan oldin o‘ladi» degan masalni eslatib 
o‘tgan edim. Bu bilan olimlar insonning o‘ldirilishi-
ni emas, sening tortayotgan azob-uqubatlaringni, 
hozirgi ahvolingni nazarda tutganlar, bu – o‘limdan 
ham og‘irdir. Har holda, bu ahvolda yashashdan 
ko‘ra o‘lim afzal. «Tilingni saqlasang, boshing omon 
qoladi» deb juda to‘g‘ri aytganlar. 

Yüklə 1,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   70




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin