Uo‘K: 821. 21-3 kbk: 82. 3(5Hin) k-19 Kalila va Dimna



Yüklə 1,38 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə26/70
tarix15.10.2022
ölçüsü1,38 Mb.
#118324
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   70
KAMILA VA DIMNA

Til bo‘lsaydi o‘z qalbining sirdoshi, 
Kesilmasdi til egasining boshi.
Dimna dedi: 
– Ey, birodar, sen hamisha haq so‘zni aytar 
va to‘g‘ri maslahatlar berar eding. Lekin hasad, 
mansab orzusi aqlimni oldi, nasihatlaringni ko‘z 
oldimda beqadr qildi. Bu ishning zarari bag‘oyat 
va xatari benihoya ekaniga aqlim yetar edi, lekin 
nafsini tiya olmay sog‘lig‘iga zararli taomni yegan 
kasal kabi o‘zimni yenga olmadim. Bilaman, bu 
balo urug‘ini o‘zim sepdim. Kim nima eksa, shuni 
o‘radi. Inson o‘zi ekkan daraxtning zaharli ekani-
ni mevasini o‘ziga yedirganlaridan keyin biladi. 
Ko‘rib turibmanki, menga ham qilgan ishlarim 
hosilini yig‘ish va aytgan so‘zlarim jazosini tortish 
vaqti keldi. Lekin do‘stim bo‘lganing uchun senga 
ham ozor berishlari mumkinligi meni tashvishga 
solyapti. Agar eskitdan do‘st-sirdosh ekanimizni 


148
nazarda tutib, seni guvohlikka chaqirsalar va sen, 
xudo ko‘rsatmasin, rostgo‘yliging tufayli barcha 
bo‘lgan gaplarni aytib bersang, u vaqt men ikki 
hissa og‘ir azob chekaman. Unda sen uchun ham, 
men uchun ham najot yo‘li berkilgan bo‘ladi, 
chunki sen mening ishlarimni bilib yurarding. 
Sen boshqalar to‘g‘risida shahodat bersang ham, 
hech kimda shak-shubha uyg‘onmaydi, shunday 
samimiy do‘st bo‘laturib, men haqimda aytgan 
so‘zlaring inobatli bo‘ladi. Endi mening qay ahvol-
da ekanligimni o‘zing ko‘rib turibsan. Muruvvat va 
marhamat payti, gunohlarni kechirish vaqti yetdi.
Kalila dedi: 
– Nima demoqchi bo‘lganligingni angladim. 
Olimlar debdilarki, har kim ham azobga bardosh 
berolmaydi, kulfatga tushgan odam jonini azob-
dan qutqarish uchun yolg‘onmi, rostmi, haqmi, 
nohaqmi, og‘ziga kelganini qaytarmaydi. Men sen-
ga hozirgi vaziyatda najot yo‘lini ko‘rsata olmay-
man. Eng yaxshisi shuki, gunohingni bo‘yningga 
ol va bo‘lgan ishni e’tirof qilib uzr so‘ra. Shunday 
qilsang, hech bo‘lmaganda, narigi dunyo azobidan 
qutulib qolasan. Chunki, baribir, seni qilgan 
ishing uchun o‘ldiradilar.
Dimna dedi: 
– Men bu haqda o‘ylab ko‘ray, biror qarorga 
kelsam, senga aytarman.
Kalila bu suhbatdan yuragi siqilib, parishon 
holda uyiga qaytdi. Ketma-ket ro‘y berishi mum-
kin bo‘lgan musibat va balolarni ko‘z o‘ngiga 
keltirdi, g‘amdan ko‘rpa-to‘shak qilib yotib oldi, 
biroq o‘rnida ilon chiqqandek to‘lg‘ana boshladi. 


149
Nihoyat, kechga borib qorni shishib ketdi, tong 
otmay, nafasi bo‘g‘ilib, jon taslim qildi.
Kalila bilan Dimna zindonda gaplashayotgan 
paytda bir vahshiy hayvon ular yaqinida biqinib 
yotib, butun gaplarni eshitib olgan edi... Erta-
siga u sherning onasi yoniga kelib hammasini 
aytib berdi. Sherning onasi dedi: 
– Xoin odamlarni kechirish, sodiq odamlarni 
o‘ldirish demakdir. Fitnachi va riyokor odamlarni 
salomat qoldirish, ularning ishiga sherik bo‘lish 
demakdir.
Sher qoziga Dimnaning ishini tezlatishni, uni 
biladi ganlarni so‘roq qilib, eshitganlarini har kuni 
shohga xabar qilib turishni buyurdi.
Ertasiga hamma qozilar to‘plandilar, jar solib 
jamoatni ham yig‘dilar. Qozining vakili jamoatga 
yuzlanib, baland ovoz bilan dedi: 
– Shoh Dimnaning ishi tezlikda tekshirilib 
haqiqatni aniqlashni, shubhalarni bartaraf qilib, 
Dimna ustidan hukm chiqarishni amr qildi. Le-
kin shoh bu hukm juda odil bo‘lishi kerakligini, 
buning uchun Dimnani taniganlar uning yax-
shi-yomon ishlarini chiqib gapirishlari lozimligini 
uqtirib o‘tdi. Toinki, xun nohaq ketmasin!
Qozi vakili so‘zini tugatdi. Hamma sukutga 
ketdi. Hech kim chiqib gapirishga botinmas 
edi. Chunki o‘tirganlar uchun bu masala ancha 
qorong‘i edi. Ular tusmollab bir narsa deyishni va 
shu tufayli behuda qon to‘kilishini xohlamasdilar.
Bu holni ko‘rib Dimnaga jon kirdi va jamoatga 
qarab dedi:
– Agar gunohkor bo‘lsaydim, sizning indamas-
ligin gizga sevinar edim. Lekin men begunohman. 


150
Gunohkor bo‘lmagan odam haqida hech kim 
yomon so‘z aytishi mumkin emas. Har biringiz 
mening to‘g‘rimda nima bilsangiz, gapiring. Lekin 
esingizda tutingki, har bir so‘zning bu dunyoda 
ham, u dunyoda ham o‘ziga yarasha mukofoti 
bor. Og‘zingizdan chiqqan har bir so‘z bir odamga 
hayot bag‘ishlashga va yoki bir insonni yo‘q qilib 
yuborishga qodir. Haqiqatni bilmasdan, yolg‘iz 
gumon va taxminga asoslanib guvohlik beradigan 
va bu bilan meni halok qiladigan odam tabobat 
ilmini bilmay, tabiblik da’vo qilgan kishi kuniga 
tushadi.
Qozilar so‘radilar:
– U qanday bo‘lgan edi?

Yüklə 1,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   70




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin