Uo‘K: 821. 21-3 kbk: 82. 3(5Hin) k-19 Kalila va Dimna



Yüklə 1,38 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə27/70
tarix15.10.2022
ölçüsü1,38 Mb.
#118324
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   70
KAMILA VA DIMNA

Dimnaning hikoyati
Rivoyat qilibdurlarki, bir shaharda tajribali, be-
morga to‘g‘ri va foydali maslahat beradigan, aqlli, 
xizrnafas bir tabib yashar edi. Bu hakim xasta 
bo‘lib, insonning eng qimmatli ne’mati bo‘lgan 
ko‘zidan ajralib, ko‘r bo‘lib qoldi. Shundan foy-
dalanib, bir hayosiz nodon odam o‘zini tabib qilib 
ko‘rsatib, nom chiqara boshladi.
Ushbu shahar podshohining bir qizi bor edi. 
Shoh uni o‘z akasining o‘g‘liga uzatgan edi. U 
homilador bo‘lib, tug‘ish vaqti yaqinlashganda 
og‘ir kasal bo‘lib qoldi. Shoh tajriba va muolajada 
shuhrat topgan ko‘r tabibni chaqirtirib keldi. U 
ayolning kasalini so‘rab-surishtirgach, dardini 
darhol topdi, unga «zamahron» dorisidan bir mis-
qolini toza mushk va dolchinga qo‘shib ichirishni 


151
buyurdi. Unga dorini tayyorlashni taklif qilgan-
larida, u aytdi: 
– Mening ko‘zlarim ko‘rmaydi, o‘zlaringiz 
tayyorlar sizlar.
Shu orada nodon «tabib» kelib qolib, gapga 
aralashdi: 
– Bu mening ishim, men tayyorlay olaman, – 
dedi.
Shoh uni o‘z yoniga chaqirib, turli giyohlar 
saqlanadi gan xonaga kirib dorini tayyorlashni 
buyurdi. U ilmsiz va nodon odam darrov o‘sha 
xonaga kirib, hech narsa bilmagani holda ishga 
kirishdi: zahar solingan bir idishni oldi, unga 
dorilarni aralashtirdi va olib chiqib ayolga berdi. 
Shohning qizi uni ichishi bilanoq jon berdi. Pod-
sho g‘azablanib, o‘sha doridan qolganini nodon 
hakimga ichirdi, uning butun a’zoyi badani ko‘m-
ko‘k bo‘lib, shu joyning o‘zida qotib qol di.
Bu masalni shuning uchun keltirdimki, masala-
dan xabardor bo‘lmay so‘z aytganning, bilmagan 
ishga kirishganning ahvoli shunday bo‘ladi.
O‘tirganlardan biri dedi: 
– Jinoyatini avom xalqdan so‘rab-surishtirib 
o‘tirishga ehtiyoj bo‘lmagan, razilligi va riyokorligi 
a’yon-u ashrafga oydek ravshan bo‘lgan badbaxt 
Dimna o‘limga sazovordir. Dimnaning lo‘ttibozligi, 
qalbining qoraligi, uning yuzidagi alomatlaridan 
ham ko‘rinib turibdi.
Qozi dedi: 
– Qaysi alomatlardan, ularni aytib ber, xalqqa 
ham ma’lum bo‘lsin.
U shaxs dedi: 
– Olimlar debdurlarki, kimning qoshlari oralig‘i 
uzoq bo‘lsa, o‘ng ko‘zi chap ko‘zidan kichikroq 


152
bo‘lsa va tez-tez yumib ochsa, burni chap tomon-
ga biroz qiyshaygan bo‘lsa va uchida uchta tuk 
bo‘lsa, o‘zi hamisha yerga qarasa, unday odamga 
fisq-fasod hamroh, hiyla va makr yo‘ldoshdir. Bu 
alomatlarning hammasi Dimnada bordir.
Dimna dedi: 
– Ollohning hukmi haqdir, unda sahv-xato 
bo‘lishi mumkin emas. Agar sen sanab chiqqan 
alomatlar haqiqatning mezoni, adolatning o‘lcho-
vi bo‘lsa va yolg‘iz shularga asoslanib to‘g‘rini 
yolg‘ondan, haqni nohaqdan ajratish mumkin 
bo‘lsa, u vaqtda hech bir kimsani hech qanday 
mas’uliyatga tortib bo‘lmaydi. Na yaxshiligi uchun 
unga mukofot berib bo‘ladi va na yomonligi uchun 
jazo. Chunki xudo tomonidan yaratilgan bu xu-
susiyatlarni hech kim yo‘q qilish qudratiga ega 
emasdir... Agar menga tuhmat yuzasidan to‘nkal-
gan bu ishni qilgan bo‘lsam (xudo saqlasin), de-
mak, meni bunga shu alomatlar majbur etibdi. 
Bu alomatlarni xudo yaratganligi tufayli men 
ularni yo‘q qilishga qodir emasman, binobarin, 
jazoga ham sazovor emasman... Gar shunday 
ekan, qanday qilib sizlar meni bu alomatlarga 
asoslanib baloga duchor qila olasizlar? (Sizlar bu 
bilan xudoni gunohkor hisoblagan bo‘lasizlar-ku!) 
Sen bu bema’ni so‘zlaring bilan o‘z nodonligingni 
va omiliging ni hammaga ayon qilding. Sen o‘zing 
bilmagan ishingga aralashib yuribsan, og‘zingdan 
chiqqan gapning ma’nosiga tushunmaysan.
Dimnaning bu so‘zlaridan keyin hamma og‘ziga 
tolqon solgandek jim bo‘lib qoldi, hech kim biron 
narsa deyishga jur’at eta olmadi.
Qozining buyrug‘i bilan Dimnani zindonga olib 
ketdilar.


153
Dimna zindonga kelgan edi hamki, Kalilaning 
Ruzbeh otli do‘sti Kalilaning o‘lganini unga xabar 
qildi. Dimna buni eshitgach, yuragi g‘am-g‘ussaga 
to‘ldi, oh chekib, ko‘zlaridan seldek yosh to‘kdi va 
marsiya o‘rnida shu she’rni o‘qidi:

Yüklə 1,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   70




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin