Sichqonning navbatdagi hikoyati
Karvonlar yoqib ketgan gulxanning o‘tini
shamol uchirib, dashtga o‘t tushib ketgan edi.
Tuya mingan bir kishi o‘sha yerdan o‘ta turib,
olovlar o‘rtasida bir ilonning to‘lg‘anib yotgani-
ni ko‘rdi. U o‘t balosidan qutula olmay, zaharli
ko‘zlaridan qon yosh to‘kib, suvoriga yalinib dedi:
– Marhamat qilib, meni bu do‘zaxdan qutqar,
savob bo‘ladi.
Suvori rahmdil kishi edi. U ilonning zorini eshi-
tib, bechoraga yuragi achidi, ilon, garchi odamzod-
ga dushman bo‘lsa ham, hozir qiyin ahvolda
171
qolibdi, uni bu balodan qut qarsam savob bo‘lar,
deb o‘yladi. U to‘rvasini nayza uchiga bog‘lab, ilon
tomonga uzatdi. Ilon sevinib, to‘rvaga kirdi. Suvori
birozdan keyin to‘rvani ochib, ilonga dedi:
– Bor, eson-omon qutulganingga shukur qilib,
uyingga ket, bundan buyon hech kimga ozor
berma.
Ilon dedi:
– Ey, yigit, bu so‘zlaringni qo‘y. Men seni va
tuyangni chaqib, zaharimni solmay ketolmayman.
Suvori dedi:
– Axir, senga yaxshilik qildim, seni olovdan
qutqardim, gunohim shumi?
Ilon dedi:
– Ha, sen yaxshilik qilding, ammo o‘rinsiz yax-
shilik qilding. Bilasanki, men zararli maxluqlar
avlodidanman, boshqa narsani mendan kutish
mumkin emas. Nima uchun meni qutqarding?
O‘ldirmoq lozim edi, sen esa odamzod dushmani-
ga rahm qilding. Yaxshilikka yo monlik mening
kasbimdir. Yomonlarga yaxshilik qilish yaxshilar-
ga yomonlik qilish demakdir. Endi men seni
zaharlasam, bu ishim senga tanbeh, o‘zgalarga
ibrat bo‘ladi.
Suvori dedi:
– Ey, noinsof, yaxshilikka yomonlik qaysi
mazhabda bor?
Ilon dedi:
– Odamzod mazhabida bor. Men sening ijoza-
ting bilan o‘z matolaringizni o‘zlaringizga sotmoq-
chi va o‘z kosangizda o‘zingizga zahar ichirmoq-
chiman. Tezroq javob qil, avval o‘zingni chaqaymi
yo tevangni?
172
Suvori dedi:
– Meni ham chaqma, tuyamni ham.
Ilon dedi:
– Nega endi! O‘zlaringiz ham yaxshilikka yo-
monlik qilasizlar-ku!
Suvori ilonning bu gapini inkor qildi va dedi:
– Bu da’voga guvoh kerak.
Shu orada bir sigir ko‘rinib qoldi.
Ilon dedi:
– Ey, sigir, yaxshilikning jazosi nimadir?
Sigir dedi:
– Odamzod mazhabida yaxshilikning jazosi yo-
monlikdir. Men bir necha yildan beri ularnikida
turaman. Har yili bola tug‘ar va uylarini sut bilan
qaymoqqa to‘latar edim. Hozir boladan, sutdan
qoldim, qaridim, o‘tlab semirsin deb, meni dala-
ga haydab qo‘ydilar. Kecha egam kelib, u yog‘-bu
yog‘imni ushlab, biroz semirganimni ko‘rib, qas-
sobga sotdi. Mana bugun so‘yishga olib ketayo-
tirlar. Yaxshiligimning jazosi shu bo‘ldi.
Ilon dedi:
– Ey, yigit, eshitdingmi?
Suvori dedi:
– Eshitdim, ammo bir guvohning shohidligi
yetishmaydi. Yana bir guvoh kerak.
Ilon atrofga qarab bir daraxtni ko‘rib, uning
yoniga keldi va so‘radi:
– Ey, daraxt, yaxshilikning mukofoti nima?
Daraxt dedi:
– Odamzod mazhabida yaxshilikning mukofoti
yomonlik, foydaning jazosi ziyondir. Dalil shuki,
men bu dashtda ko‘kargan birdan bir daraxtman,
odamlar issiqda horib-charchab kelib, soyamda
173
dam olishadi. Nafaslarini rostlab olgach, yuqoriga
qarab: «Anavi shoxi arraga dasta bo‘ladi, anavin-
isi teshabop ekan», – deb shoxlarimni kesib yoki
arralab oladilar. Mendan foyda ko‘rsalar ham,
menga azobni ravo ko‘radilar.
Ilon dedi:
– Ikki guvoh bo‘ldi. Endi tan ber, seni chaqay.
Suvori dedi:
– Jon juda shirin narsa. Yana bir kishi guvohlik
bersa, uzrga o‘rin qolmaydi.
Ittifoqo, o‘sha yerdan bir tulki o‘tib qoldi. Bular-
ni ko‘rib to‘xtadi-da, so‘zlariga quloq soldi, keyin
savolni kutmasdanoq: «Yaxshilikning jazosi yo-
monlikdir, – dedi, keyin suvoriga qarab, – sen bu
ilonga nima yaxshilik qilib eding?» – deb so‘rab
qoldi.
Suvori bo‘lgan gapni aytib berdi.
Tulki dedi:
– Sen o‘zing aqlli odamga o‘xshaysan-u, lekin
nega yolg‘on gapirasan?
Ilon dedi:
– Rostini aytyapti, bu odam meni to‘rvaga solib,
olovdan chiqardi.
Tulki hayron bo‘lib so‘radi:
– Bu so‘zga qanday qilib ishonsa bo‘ladi, axir,
shunday katta ilon bu kichik to‘rvaga sig‘ishi
mumkinmi?
Ilon dedi:
– Agar ishonmasang, to‘rvaga kirib ko‘rsatay,
shubhaga o‘rin qolmasin.
Suvori to‘rva og‘zini ochdi, ilon to‘rvaga kirib
kulcha bo‘lib oldi.
Tulki dedi:
174
– Ey, yigit, dushmaning bandga tushdi, paytni
qo‘ldan berma.
Suvori to‘rva og‘zini mahkam bog‘lab, yerga bir
urdi, ilon majaq-majaq bo‘lib ketdi.
Qissadan hissa shuki, aqlli odam ehtiyotni
qo‘ldan bermaydi, dushman yalinib-yolvorganda
g‘ururlanib ketmaydi va uning so‘zlariga ishon-
maydi.
Qarg‘a dedi:
– Hikmatli va foydali so‘zlaringni eshitdim.
Le kin oliyjanoblik ko‘rsatib, mening so‘zlarimga
ishon. Sen oliyjanoblikning sharti yaxshilikka yo‘l
topmoqlik ekanini juda yaxshi bilasan. To‘g‘ri va
sof odamlar darrov do‘st bo‘lib oladilar, ular orasi-
dagi do‘stlik uzoqqa cho‘ziladi, fitnachi odamlar
darrov do‘st bo‘la olmaydilar, munosabatlari tez
buziladi. Yaxshi va oliyjanob odamlar bir soatlik
ko‘rishish va bir kunlik tanishish muddatida
odamning ko‘nglini ovlaydilar. Ammo ko‘pdan
beri tanishish va do‘st bo‘lish orzusida yurgan
ichi qora odamlardan marhamat va lutf ko‘zlab
bo‘lmaydi. Ular qo‘rquv va g‘araz tufayli do‘st
bo‘lishni istaydilar. Lekin men sening oliyjanob
ekaningni ko‘rib turibman. Sen do‘st bo‘lib meni
sevintirmaguningcha, og‘zimga bir qultum suv,
bir tishlam non ham olmayman, eshigingdan nari
ham ketmayman.
Sichqon dedi:
– Sen bilan do‘st va birodar bo‘lishga e’tirozim
yo‘q. Agar sen xiyonat qilmoq fikrida bo‘lsang,
bu sichqon laqma va go‘l ekan, degan fikrga bor-
magin, deb aytdim. Yo‘qsa, mening tabiatimda
muhtojlarga yordam berishdan bo‘yin tovlash,
175
beg‘araz do‘st bo‘lmoqni istaganlarni rad etish
xosiyati yo‘qdir.
Sichqon bularni aytgandan keyin o‘z uyasining
og‘ziga chiqib o‘tirdi...
Qarg‘a dedi:
– Uyangdan chiqib, mening oldimga kelmasli-
gingga va do‘stlarcha suhbat qilmayotganingga
ne sabab? Yoki hamon taraddud va shubha ichi-
damisan?
Sichqon dedi:
– Bu dunyoning odamlari bir-biriga mahram
bo‘lishni istasalar, do‘stlik yo‘lida o‘z aziz jon-
larini ham ayamaydilar. Bunday odamlar asl
do‘st va sadoqatli birodarlardir. Lekin bu dun-
yoda shunday toifa odamlar ham borki, ular
yolg‘iz o‘z vaziyatlarini yaxshilamoq, qo‘lga bir
narsa kiritmoq, yaxshi kun kechirmoq uchun
do‘st bo‘ladilar. Bunday odamlar mol-davlat
do‘stlaridir. Ular qushlarni to‘ydirish uchun
emas, tutish uchun don sepadigan ovchiga
o‘xshaydilar. Do‘sti uchun jonini fido etadigan
odamning qadr-qimmati molini fido etadigan
odamdan juda va juda yuksakdir. Ravshanki,
sen bilan do‘stlikni tarozining bir pallasiga,
jonimni bir pallasiga qo‘ysam, barobar keladi.
Agar men sendan shubhalanib, yomon gumonda
bo‘lsaydim, bunday qilmas edim. Men sening
do‘stligingga, aytgan so‘zlaring samimiy, ber-
gan va’dalaring haqiqiy ekanligiga ishonaman.
Sening sadoqating menda hech shubha uyg‘ot-
maydi, lekin hamjinslaring mening men kabi
o‘ylamaydilar. Ulardan biri meni ko‘rib jonimga
qasd qilmasin, deb qo‘rqaman.
176
Qarg‘a dedi:
– O‘rtoqlikning shartlaridan biri do‘stning
do‘stlari bilan do‘st, dushmanlari bilan dushman
bo‘lishdir...
Bu kun sening bilan mening oramizda do‘stlik
poydevori qurildi, bundan keyin seni ranjitmay-
digan odamgina bizga do‘st bo‘la oladi. Buning usti-
ga, men sen-la inoq bo‘lmaganlar bilan do‘stlikni
uzaman, sen bilan yaxshi munosabatda bo‘lganlar
bilangina do‘st bo‘laman. Mirishkor bog‘bonlarda
shunday bir odat bor: gullar orasida sassiq alaf
o‘t ko‘rsalar, darhol uni ildizi bilan sug‘urib olib
tashlaydilar.
Sichqon qarg‘adan bu so‘zlarni eshitib, ko‘ngli
joyiga tushdi, u sekin yurib qarg‘aning oldiga
keldi va mehribonlik bilan uning yuz-ko‘zlaridan
o‘pdi. Ikkalasi ham bu ko‘rishishdan juda mam-
nun bo‘ldilar.
Bir necha kun o‘tgandan keyin sichqon qarg‘aga
dedi:
– Ey, do‘stim, agar bu yerda qolishni istasang,
xotin, bola-chaqalaringni ham ko‘chirib olib kel,
hijron va firoq dardi ham kamayadi. Chunki bu
yer juda bahavo, har narsaga mo‘l va ko‘ngil bahra
topadigan joy.
Qarg‘a dedi:
– Bu manzil haqiqatan ham safoli va xushman-
zara ekan. Lekin bundan ham go‘zal joylar bor.
Men shunday bir xushmanzara xilvat joyni ko‘z
ostimga olib qo‘yganman.
U yerda mening do‘stlarimdan bir toshbaqa
turadi, ko‘llarida baliq, bo‘stonlarida meva bisyor.
Shuni ham aytayki, sening ining yo‘l yoqasida,
177
o‘tgan-ketganlar ziyon-zahmat yetkazishlari
mumkin. Agar istasang, o‘sha yerga ketib, tinch-
gina umr kechiraylik.
Sichqon dedi:
– Sen bilan do‘st bo‘lib yonma-yon yashash
menga har narsadan azizdir. Sen bilan ketmasam,
kim bilan ketaman? Men ham o‘z ra’yim bilan bu
yerga kelgan emasman, buning tarixi uzun va
maroqlidir. Bir kuni, joyi kelganda aytib beraman.
Qarg‘a sichqonning dumidan tishlab toshbaqa
yashaydigan tarafga qarab uchdi. Toshbaqa suv
labida o‘tirgan edi. Ularni ko‘rib qo‘rqqanidan suv
tagiga sho‘ng‘idi. Qarg‘a sichqonni sekin yerga
qo‘ydi-da, toshbaqani chaqirdi. Toshbaqa qarg‘a-
ning ovozini tanib suvdan chiqdi. Bir-birlari bilan
ko‘rishib, hol-ahvol so‘rashdilar. Qarg‘a bo‘lgan
ishlarni avvalidan oxirigacha gapirib berdi. Kabu-
tarlarning tuzoqqa tushgani, ularning orqasidan
borgani, sichqonning ularga ko‘rsatgan yordami,
shu tufayli sichqon bilan do‘stlashgani, bir necha
kun uning mehmoni bo‘lgani, so‘ngra bu yerga
toshbaqani ko‘rish uchun kelganlarini aytib berdi.
Toshbaqa sichqonning bunchalik aqlli va sadoqat-
li ekanligini eshitib, uni mehribonlik bilan qarshi
oldi, e’zoz-ikrom qilib dedi:
– Tole o‘zi seni bu yerga keltiribdur. Senday
sadoqatli va marhamatli kimsa bu yerlarning
zeb-ziynati bo‘ladi.
Qarg‘a sichqonga dedi:
– Agar munosib bo‘lsa, menga aytib bermoqchi
bo‘lgan hikoyangni aytib bersang. Toshbaqa ham
eshitsa, chunki endi u ham yaqin va samimiy
do‘stingdir.
178
Sichqon so‘z boshladi:
– Mening aslim Nishopurdandur. Men u yerda
bir zohid uyining kovagida onadan tug‘ilganman.
Bir necha sichqonlar mening xizmatimda edilar.
Zohidning xotini yo‘q edi. Har kun muridlaridan biri
uyidan ovqat keltirardi. Undan zohid bir qismini yeb,
qolganini kech qurunga olib qo‘yardi. U tashqariga
chiqishi bilanoq u taomdan xohlaganimcha yeb,
qolganini boshqa sichqonlarga berar edim. Zohid
bizdan achchig‘i chiqib, yangi-yangi hiyla-nayrang
ishlatib, taomni har xil yerlarga yashira boshladi. Le-
kin foydasi bo‘lmadi. Ko‘p vaqtgacha ahvol shunday
o‘tdi. Kunlardan bir kun zohidning uyiga mehmon
keldi. Kechki taomdan so‘ng, zohid mehmondan qa-
yerdan kelganini, qayerga borishini so‘radi. Mehmon
achchiq-chuchukni totgan, yaxshi-yomonni ko‘rgan
odam edi, zohidga ko‘p ajoyib va g‘aroyib narsalarni
so‘zlab berdi. Zohid vaqti-vaqti bilan sichqonlarni
quvmoqchi bo‘lib, qarsak urib qo‘yardi.
Mehmon g‘azablanib dedi:
– Ey, zohid, men so‘zlayotganimda qarsak
chalganingiz nimasi? Bu bilan meni behurmat
qilyapsiz-ku.
Zohid uzr so‘rab dedi:
– Men qarsak chalib sichqonlarni quvmoq-
chiman, chunki nima qo‘ysam, hammasini yeb
ketishyapti.
Mehmon so‘radi:
– Hammalari shunday jur’atlimi?
Zohid dedi:
– Bittasi juda ham surbet, hech narsadan
qo‘rqmaydi, oldimdagi dasturxondan ham non
olib ketadi.
179
Mehmon dedi:
– Bo‘lmasa, boshqalarni jasoratlantiradigan
ham o‘sha sichqon. Bu narsa mening yodimga
bir kishining: «Bir balosi bo‘lmasa, bu xotin po‘sti
tozalangan kunjutni tozalanmagan kunjutga al-
mashtirarmidi», – degan so‘zlarini tushirdi.
Zohid so‘radi:
– U qanday hikoya ekan?
Dostları ilə paylaş: |