215
Zohid uyg‘onib ketib, dodlay boshladi. Dev va
o‘g‘ri qo‘rqib qochdilar.
Shunday qilib, dushmanlar orasidagi ixtilof
zohidning moli va jonining salomat qolishiga sa-
babchi bo‘ldi.
Bu so‘z shu yerga yetganda, qarg‘aning o‘ldiri-
lishini maslahat ko‘rgan birinchi vazir dedi:
– Men ko‘rib turibman, bu qarg‘a o‘z makri bilan
sizni aldashga muvaffaq bo‘ldi. Men hamon ta’kid-
layman, siz g‘aflat uyqusidan uyg‘onib, ko‘zingizni
katta oching, bu ishning oqibatini o‘ylang. Aqlli
odamlar yolg‘on so‘zlarga uchmaydilar. Faqat ta-
jribasiz odamgina kichik bir xushomadgo‘ylikni
ko‘rganda yumshab, avvalgi xusumatni, dush-
manning xiyonati va riyokorligini unutadi, dush-
manning yolg‘on gapini rost deb qabul qiladi va u
bilan kelishadi. Hammasidan taajjublisi shuki, bu
yolg‘onchining ko‘zbo‘yamachiligi natijasida Basra
sizning ko‘zingizga Bag‘dod bo‘lib ko‘rinyapti va siz
xotinining so‘ziga ishongan duradgorga o‘xshab
qolyapsiz.
Shoh so‘radi:
– Duradgorga nima bo‘libdi?
Dostları ilə paylaş: