241
do‘st bo‘lsa ham, o‘ziga uncha zarur bo‘lmagan
bir narsasini bizga berishdan bo‘yin tovladi, deb
badgumon bo‘lishlari mumkin. Yaxshisi, orqaga
qaytsak, yuragimni olib kelaman.
Toshbaqa suyunib, darhol orqasiga qaytdi.
Qirg‘oq bo‘yiga yetgach, maymun sakrab, bir da-
raxt ustiga chiqib oldi.
Toshbaqa bir soatcha kutdi, so‘ngra maymunni
chaqirdi va dedi:
– Ey, aziz do‘stim, yuragingni olib tush, fursat
o‘tmasin.
May mun kulib dedi:
– Men uzoq yashab, ko‘p narsalarni boshimdan
kechirgan, dunyoning issiq va sovug‘ini ko‘rgan,
achchiq-chuchugini totganman. Endi kelib-kelib
sendan pand yeymi? U xom xayolingdan voz kech
va bundan so‘ng hech kimga ahd-u vafodan so‘z
ochma. Sening bevafo ekanligingni ilgariroq pay-
qagan edim. Meni tulki aytgan «yuragi va qulog‘i
yo‘q eshak» deb gumon qilmagin.
Toshbaqa so‘radi:
– Tulki nima degan ekan?
Dostları ilə paylaş: