Uo‘K: 821. 21-3 kbk: 82. 3(5Hin) k-19 Kalila va Dimna



Yüklə 1,38 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə45/70
tarix15.10.2022
ölçüsü1,38 Mb.
#118324
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   70
KAMILA VA DIMNA

ZOHID VA LATCHA
1
 BOBI
Roja brahmanga dedi: 
– Fursatni qo‘ldan berib pushaymon bo‘lmoq 
haqidagi hikoyani eshitdim. Endi shunday bir 
hikoya aytib berki, unda doimo shoshiladigan, 
ishning orqa-o‘ngini o‘ylamasdan harakat qiladi-
gan bir odamning ahvoli tasvir etilsin va uning 
oqibati nima bilan tugashi ko‘rsatilsin.
Brahman dedi: 
– Ishlarini aql va tajribaga suyanib qilmaydigan 
bemulohaza odam hamisha oxirida pushaymon 
bo‘ladi. Bunga misol qilib, bir zohidning o‘yla-
masdan shoshilinch ish qilib, bir bechora latchani 
o‘ldirgani va qo‘lini nohaq qonga bo‘yagani haqida-
gi hikoya ni keltirish mumkin.
Roja so‘radi: 
– Qani, zohid va latcha hikoyasini eshitaylik.
Brahmanning hikoyati
Bir zohid va uning bir g‘oyat go‘zal, iffatli xo-
tini bor edi. U xotinning chehrasi tong shafag‘i 
singari go‘zal, sochlari tun qorong‘isidek qop-qora 
edi. Ular uzoq vaqt birga turmush kechirdilar, 
lekin farzand ko‘rmadilar. Bir kuni xotini farzand 
ko‘rishdan umidini uzgan eriga homilador bo‘lgan-
ligini aytib, behad quvontirdi. Zohid xotiniga dedi: 
– Sen yaqinda o‘g‘il tug‘ib berasan, men unga 
yaxshi bir ot qo‘yaman, bir enaga topib beraman, 
1
Latcha — suvsarlar oilasidan bo‘lgan yirtqich kichik hayvon 
(kabutar va tovuqqa juda o‘ch).


247
keyin uni o‘z tarbiyamga olib, olim qilib yetishti-
raman, tariqat yo‘llarini o‘rgataman.
Xotini dedi: 
– Qayerdan bilasiz o‘g‘il tug‘ilishini, bordi-yu, 
o‘g‘il bo‘lganda ham, siz aytgandek umr ko‘radimi, 
yo‘qmi? Halitdan orzu otiga minib olib, xayollar 
maydonida chopsangiz yaxshi bo‘lmaydi. Sizning 
bu so‘zlaringiz yuzi va soqoliga asal va yog‘ sach-
rab ketgan darvishning ishiga o‘xshaydi.
Zohid so‘radi: 
– Darvish nima qilgan ekan?

Yüklə 1,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   70




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin