Uo‘K: 821. 21-3 kbk: 82. 3(5Hin) k-19 Kalila va Dimna


Xotinning navbatdagi hikoyati



Yüklə 1,38 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə47/70
tarix15.10.2022
ölçüsü1,38 Mb.
#118324
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   70
KAMILA VA DIMNA

Xotinning navbatdagi hikoyati
Ilgari zamonda ovni juda yaxshi ko‘radigan bir 
podsho bo‘lgan. U podshohning lochini bo‘lib, 
uning parvozi baland, ko‘zi o‘tkir va panjasi 
temirdek edi. Podsho uni juda sevar va doim o‘z 
qo‘li bilan boqar edi. Bir kuni shoh uni qo‘liga 
qo‘ndirib, ovga jo‘nadi. Cho‘lda uning oldidan bir 
ohu qochib o‘tdi. Podsho uning orqasidan shun-
day tezlik bilan ot choptirib ketdiki, mulozimlari 
orqada qolib ketdilar. Podsho juda chanqab, bir 
tog‘dan oqib tushayotgan zilol suv yoniga keldi. U 
shu suvdan ichmoqchi bo‘lib, suvdonni to‘latgan 
ham ediki, qush qanot qoqib, suvni to‘kib yubordi. 
Shohning jahli chiqib, yana suvdonni to‘ldirdi. 
Bu daf’a ham lochin qanoti bilan idishni ag‘darib 
yubordi. Podsho darg‘azab bo‘lib, lochinni yerga 
urib halok qildi. Shu vaqtda uning bir mulozimi 
kelib qoldi. Podsho unga dedi: 
– Tog‘dan tushayotgan bu zilol suv tomchilari-
dan suvdonning to‘lishi uchun ancha vaqt kerak 
ekan. Sen yuqoriga chiqib, buloqning o‘zidan 
tezda suv olib tush.
Mulozim tog‘ga chiqdi. Qarasa, u yerda kichki-
na bir buloqcha bo‘lib, uning labida bir haybatli 


250
ajdaho o‘lib yotgan ekan. Kun harorati ta’sir qilib, 
undan qatra-qatra zahar suvga tomayotgan ekan. 
Mulozim darhol tog‘dan tushib, ko‘rganlarini 
podshohga aytib berdi. Shoh uning so‘zini eshitib 
yig‘lay boshladi.
Mulozim so‘radi: 
– Yig‘ingizning sababi nimadir?
Podsho chuqur uh tortib, bo‘lgan voqeani aytib 
berdi.
Mulozim dedi: 
– Ey, shohim, bu ishni shoshilmay o‘ylab qili-
shingiz kerak edi.
Shoh dedi: 
– Qilib qo‘ygan ishimdan pushaymonman, lekin 
foydasi yo‘q. O‘lgunimcha bu jarohat ko‘ksimdan 
ketmaydi.
Darvishning xotini dedi: 
– Bu masalni shuning uchun keltirdimki, sizga 
ma’lum bo‘lsin: bunday hodisalar ko‘p bo‘ladi.
Zohid dedi: 
– Ey, mehribon yorim, bu hikoyatni aytib 
berib, menga ancha tasalli berding, go‘yo yaram-
ga malham qo‘ygandek bo‘lding. Bu voqealar 
davron sahifalariga yoziladi. Ana shunday, buni 
o‘qigan odamlar ibrat olib, hech ishni shoshilib 
va o‘ylamasdan qilmaydigan bo‘ladilar. Chunki 
shoshilinch bilan qilingan ishning oqibati faqat 
pushaymonlikdir.


251

Yüklə 1,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   70




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin