Uo‘K: 821. 21-3 kbk: 82. 3(5Hin) k-19 Kalila va Dimna



Yüklə 1,38 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə50/70
tarix15.10.2022
ölçüsü1,38 Mb.
#118324
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   70
KAMILA VA DIMNA

SHAHZODA VA QUBBARA QUSH
Roja brahmanga dedi: 
– Quvvatli, beomon dushmanlar qurshovida 
qolgan, qochib qutulish yo‘llari bog‘langan odam-
ning istar-istamas o‘z dushmanlarining biri bilan 
do‘st bo‘lgani, u bilan sulh tuzib, o‘z jonini xalos 
etgani, ehtiyotlikni qo‘ldan bermay, o‘z hayotini 
oxirgi dushmanning qo‘lidan qutqarib qolgani 
haqidagi hikoyatni eshitdim. Endi iltimos qila-
man, shunday hikoyat aytib berki, unda bir-biri-
dan qasos olmoq payida yurgan, ko‘rishganda 
esa hech sir boy bermaydigan ikki kimsa tasvir 
etilgan bo‘lsin.
Brahman dedi: 
– Aqli boshida bo‘lgan, tajribali odamlar hech 
vaqt ehtiyotlikni qo‘ldan bermaydilar. Yaxshini 
yomondan, savobni gunohdan ajrata oladilar
ranjigan do‘stlardan, norozi bo‘lgan oshnalardan 
ehtiyot bo‘lib, ularning makr va xiyonatlaridan 
saqlanishni yaxshi biladilar. Aql va idrok egalari 
bunday odamlarning yuragidagi narsalarni, 
ularning yashirin fikr va istaklarini, nima qilish 
xayolida ekanliklarini ko‘zlari va harakatlaridan 
bilib oladilar... Kimki bunday odamlarning til-
yog‘lamaliklari va shirin so‘zlariga ishonib, ehti-
yotkorlik va sezgirlikni yo‘qotsa, u o‘z jonini balo 
o‘qiga nishon qilgan bo‘ladi. Bunga Qubbara qush 
qissasi misol bo‘la oladi.
Roja so‘radi: 
– Unga nima bo‘lgan ekan?


261
Brahmanning hikoyati
Ibn Madin otli bir podsho bor edi. Uning bir 
Qubbara degan ziyrak, nutqi yaxshi va chiroyli 
qushi bor edi. Kunlardan bir kuni Qubbara shoh 
saroyida tuxum qo‘yib bola ochdi. Podsho qush 
bolasini o‘z saroyida avaylab, parvarish qilish-
ni buyurdi. Shu vaqtda podsho ham siymosida 
baxt-saodat yulduzi porlagan bir farzand ko‘rdi.
Qubbaraning bolasi bilan shahzoda hamisha 
birga o‘ynar edilar. Qubbara har kuni tog‘ va 
o‘rmonlarga uchib borib, odam qo‘li tegmagan 
mevalardan ikki dona olib kelardi. Ulardan birini 
o‘z bolasiga va ikkinchisini shahzodaga berardi. 
Qushcha bilan shahzoda uni yeb, kuch-quvvatga 
kirib, tez o‘sa boshladilar. Shu tufayli podsho 
va saroy odamlari nazarida Qubbaraning qadri 
oshardi. Bir kuni Qubbara uyda yo‘qligida uning 
bolasi shahzodaning qo‘lini tirnab oldi. Shahzoda 
g‘oyat g‘azabga kelib, do‘stlikni unutdi va qush-
chaning oyog‘idan ushlab, yerga shunday urdiki, 
u o‘sha zamonoq halok bo‘ldi. Qubbara qaytib 
kelib, bolasining o‘lib yotganini ko‘rib, faryod 
qila boshladi. Podshohlarga la’natlar o‘qib derdi: 
– Bu baloni o‘zimga o‘zim orttirdim, farog‘atni 
mashaqqatga o‘zim almashtirib oldim. Bir daraxt 
shoxiga uya qilishim kerak edi. Podshohning sa-
royini menga kim qo‘yibdi. O‘z farzandimnigina 
tarbiyat qilishim kerak edi, podsho o‘g‘lini par-
varish qilishning nima hojati bor edi. Agar ozga 
qanoat qilib, hayot kechirganimda edi, bu balo-
ga mubtalo bo‘lmas edim. Shohlar, sultonlar va 


262
shahzodalar bilan do‘stlik qilishning oqibati shun-
day bo‘ladi. Chunki shoh, sulton va mustabidlar 
o‘z ahdlarini tez unutadilar. Ular hamisha vafoga 
jafoni mukofot qilib beradilar. Ularning nazarida 
na sadoqatning ahamiyati bor, na samimiyatning. 
Ularning do‘stlikdan ko‘zlagan maqsadlari yolg‘iz 
manfaatdir. Ular o‘z rohatlarini ko‘zlab, butun 
qonun-qoidalarni toptaydilar, rahm-shafqat qilish 
kerak bo‘lganda jazo beradilar, jazolanishi kerak 
bo‘lganni afv etadilar. O‘zlari qilgan qabih ishlarni 
kichik va ahamiyatsiz deb, boshqalarning kichik 
xatolarini esa juda katta va tahlikali ish deb hi-
soblaydilar. Endi men fursatni qo‘ldan bermay, 
o‘z do‘stini o‘ldirgan bu rahmsiz va shafqatsiz 
shahzodadan bolam uchun intiqom olishim kerak.
Shuni deb Qubbara o‘zini shahzoda ustiga 
tashladi. Uning ikki ko‘zini o‘yib, olib qal’aning 
burchiga borib qo‘ndi. Bo‘lgan voqeani shohga 
yetkazdilar. Shoh o‘g‘lining ko‘r bo‘lganini ko‘rib, 
kuyib yondi; avval qushni hiyla bilan ushlab 
olmoq chi, so‘ngra qiynab o‘ldirmoqchi bo‘lib, ya-
qiniga bordi va dedi: 
– Qubbara, pastga tush, senda hech ayb yo‘q.
Qubbara uning so‘zini rad etib dedi: 
– Shohimga itoat qilishga o‘rganib qolgan 
edim, endi uning amridan chiqib, rad javobini 
berish menga juda og‘ir. Shoh saroyi mening 
ka’bam edi, eng saodatli kunlarim shohning 
marhamat va lutfi karami soyasida o‘tdi. Men 
hamisha shunday bo‘ladi, deb o‘ylardim. Agar 
mening ikki jonim bo‘lsa va dunyoga ikki marta 
kelishim mumkin bo‘lsaydi, o‘shanda «labbay» 


263
deb xizmatingga qaytar edim... Endi qanday qilib 
bolamning qoni to‘kilgan joyga qaytib boraman? 
Men uchun eng to‘g‘ri yo‘l, buyrug‘ingga bo‘yin 
egmaslik va saroyga qaytmaslikdir. Men endi 
sening so‘zlaringga ishona olmayman va o‘zimni 
balo girdobiga tashlashni istamayman. Shahzoda 
mening farzandimni halok etdi. Men esa undan 
qasdimni oldim. Har kim alam va sitam daraxtini 
eksa, uqubat va azob mevasini to‘rib oladi. Sen 
Donodil va o‘g‘rilar haqidagi hikoyatni eshitma-
ganmiding?
Podsho so‘radi:
– U qanday hikoyat?

Yüklə 1,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   70




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin