Shayxning hikoyati
Bir kir yuvuvchi bor edi. U har kun suv labida
kir yuvar va o‘sha suvda qurt-qumurs qalarni tutib
yeb yuradigan bir g‘ozni ko‘rar edi. Bir kuni bir
lochin semiz kaklikni tutib kelib, go‘shtidan biroz
300
yedi-da, qolganini tashladi. Buni ko‘rib g‘oz o‘zi-
ga-o‘zi dedi: «Bu qush kichkina jussasi bilan katta
qushlarni tutib yeydi, men bo‘lsam shu shakl va
haybatim bilan mayda-chuyda narsalarga qanoat
qilib yuribman. Endi kattaroq kabutar, kakliklar
tutishga harakat qilay».
Shu vaqt kabutar suv labiga qo‘nmoqchi bo‘lgan
edi, g‘oz uning ketidan quvdi. Ammo kabutar chap
berib, uchib ketdi. G‘oz suv labiga yiqildi, oyog‘i
loyga botib qoldi. Qutulishga harakat qilib zo‘r
bergan sari battarroq bota boshladi, kir yuvuvchi
yugurib kelib, uni ushlab oldi-da, uyiga olib ketdi.
Yo‘lda uchragan bir do‘sti undan so‘radi:
– Qo‘lingdagi nima?
Kir yuvuvchi dedi:
– Bu lochin ishini qilmoqchi bo‘lgan g‘oz o‘z
ehtiyoji dan ortiqcha narsa ketidan yugurib, o‘z
hayotini barbod qildi.
Bu masalni shuning uchun keltirdimki, bilib
qo‘y: o‘z ishing bilan mashg‘ul bo‘lmay, sen-
ga to‘g‘ri kelmaydigan hunarga yopishmoqchi
bo‘lsang, oqibati xuddi shunday bo‘ladi.
Shayx bu masalni aytib bergandan keyin,
dehqon chilikni yana ham ortiqroq orzu qila bosh-
ladim. Uning so‘zlarini quloqqa olmadim. O‘z
ishimni tashlab, dehqonchilik bilan shug‘ullana
boshladim. Don sepib, hosilini kutib o‘tirdim.
Bu orada ro‘zg‘orim tang bo‘lib qoldi, chunki
do‘kondan har kuni ozgina foyda qo‘lga kiritib,
uyga xarajat qilar edim, endi esa hosil olgun-
cha yarim yil kutishim kerak bo‘ldi. O‘z-o‘zimga
dedim: «Katta xato qildim. Ulug‘lar so‘ziga quloq
301
solmadim. Yaxshisi, birovdan ozroq pul qarz olib,
avvalgi ishimni boshlab yuboray. Shundan keyin
shaharda o‘ziga to‘q bir odamdan pul qarz olib,
yana do‘kon eshigini ochdim. Gumashta soldim.
O‘zim goh dehqonchilik bilan, goh do‘kon ishi bi-
lan shug‘ullanar edim. Shu ahvolda ikki oy o‘tdi.
Bir kuni dalaga chiqib ketgan edim, gumash-
ta xi yonat qilib dastmoyamni o‘g‘irlab ketibdi.
Qo‘limda qolgan pul qarzni to‘lashga ham, kun
kechirishga ham yetmas edi. Fursatni g‘animat
bilib, bir kun kechasi shahardan qochib ketdim.
Ko‘p ranj-u alamlar tortib, uzoq joylarga bordim.
Bir qancha vaqt o‘tgandan keyin bola-chaqam
o‘lib ketganini eshitdim. Uy-joyim va qolgan bi-
sotimni qarz berganlar bo‘lishib olibdilar. Mana
endi men vatanga qaytmoqdan noumid bo‘lib,
manzilma-manzil sargardon bo‘lib yuribman. Bu
sarguzashtla rimning bir shingiliginadir.
Zohid dedi:
– So‘zlaring rostga o‘xshaydi. Necha yillab
vatandan uzoqda judolik dardini tortib, safar
mashaqqatini chekibsan, achchiq-chuchukni
totib, yaxshi tajribalar orttiribsan. Bundan keyin
farog‘at bilan yashagaysan.
Suhbatdan so‘ng zohidning buyrug‘i bilan kel-
tirilgan xurmoni yeya boshladilar.
Mehmon dedi:
– Bizning yerlarda juda shirin va lazzatli meva-
lar ko‘p. Xurmo biroz badhazm bo‘lsa ham, lekin
g‘oyat shirin mevadir. Afsuski, bizning viloyatlar-
da o‘smaydi.
Zohid dedi:
302
– Xohlagan narsasiga muhtoj bo‘lganni baxtli
deb bo‘lmaydi. Orzu qilgan narsasiga erishmagan
odam saodatmand emas.
Yolg‘iz orzu qilish bilangina qanoatlanib, unga
erishish uchun harakat qilmaslik aqlga xilofdir.
Zohid o‘tkir notiq edi. Aramiy tilini yaxshi bilar-
di. Uning bu tilda juda chiroyli so‘zlashi mehmon-
ga yoqdi. Mehmon bu tilni bilmasa ham, ko‘pincha
shu tilda so‘zlang, deb zohiddan iltimos qilar edi.
Zohid fasohat va balog‘at bilan mehmonga shu
tilda gapirar edi. Oxiri mehmon uni o‘rganishni
orzu qilib qoldi.
Bir kuni u zohidga dedi:
– Yomon ko‘zdan asrasin, juda chiroyli ga-
pirasiz. Men shu vaqtgacha bunday fasohatli
bir so‘z, bunday balog‘atli bir jumla eshitmagan
edim... Sizdan iltimos qilaman: menga shu tilni
o‘rgatsangiz.
Zohid dedi:
– Jonim bilan. Bizning tilimizni o‘rganishni
xohlaganingiz uchun faxrlanaman, agar jazmingiz
qat’iy bo‘lsa, men mehnatimni ayamayman.
Mehmon uzoq muddat bu tilni o‘rganish bilan
mashg‘ul bo‘ldi. Ko‘p vaqt sarf etdi, ko‘p aziyat
chekdi. Lekin hech narsa chiqmadi. Bir kuni zo-
hid unga dedi:
– Bu juda qiyin ish... Kuchi yetmagan ishga
yopishgan va o‘ziga yarashmagan kiyim kiygan
odam kulgi bo‘ladi. Kimki ona tilini unutib, ota-
bobolarining odat va an’analarini tark etsa shun-
day bo‘ladi.
Mehmon dedi:
303
– Ajdodlarining zararli odatlariga taqlid etmoq
ham nodonlikdir. Fazilat egalarining bilim va
hunarlarini o‘rganmoqqa intilish esa yetuklikdan
dalolat beradi.
Zohid dedi:
– Men o‘z burchimni bajardim. Aytish mumkin
bo‘lgan gaplarning hammasini gapirib o‘tdim. Siz
tag‘in kaklik yurishini o‘rganmoqchi bo‘lgan zog‘ga
o‘xshab qolmang.
Mehmon so‘radi:
– Unga nima bo‘lgan ekan?
Dostları ilə paylaş: |