Uo‘K: 821. 21-3 kbk: 82. 3(5Hin) k-19 Kalila va Dimna



Yüklə 1,38 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə65/70
tarix15.10.2022
ölçüsü1,38 Mb.
#118324
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   70
KAMILA VA DIMNA

ILOVALAR
I
Kabutar, tulki, laylak yoki birovlarga yo‘l 
ko‘rsatib, o‘zlarini falokatdan qutqara
olmaganlar haqidagi bob
Roja brahmanga dedi: 
– Endi boshqalarga yo‘l ko‘rsatib, o‘zi yo‘l topolma-
gan odam haqida bir hikoya so‘zlab bersang.
Brahman dedi: 
– Bunga kabutar, tulki va laylak haqidagi hikoya 
yaqqol misol bo‘la oladi.
Roja so‘radi:
– U qanday hikoya ekan?
Brahmanning kabutar haqidagi hikoyati
Bir kabutar juda baland bir xurmo daraxti usti-
ga zo‘r mashaqqatlar bilan uya solgan edi. Bolalari 
tuxumdan chiqib uchirma bo‘lish vaqtida bir tul-
ki kelib, bolalaringni tashlamasang, hozir chiqib 
hammangizni yeyman, der edi. Undan qo‘rqqan 
kabutar bolasini yerga tashlardi. Kabutarning ikki 
bolasi uchirma bo‘lishiga yaqin qolganida bir laylak 
uchib kelib, o‘sha xurmo daraxtiga qo‘ndi. Kabutarni 
g‘amgin ko‘rib, hol so‘radi: – Kabutar, singlim, senga 
nima bo‘ldi, nega buncha xafa ko‘rinasan? 
Kabutar dedi: 


349
– Ey, aziz laylak, nima qilay? Bir tulki meni hol-u 
jonimga qo‘ymayapti. Qay vaqt bola ochsam, u meni 
qo‘rqitib bolalarimni olib ketadi.
Laylak dedi: 
– Bu safar tulki kelganida unga, men endi senga 
bolalarimni bermayman. Qo‘lingdan kelsa, daraxtga 
chirmashib chiq, u vaqt bolalarim seniki, o‘zimga 
hech narsa qila olmaysan – uchib ketaman, degin.
Laylak kabutarga bu so‘zlarni uqtirgach, o‘zi 
uchib borib suv qirg‘og‘iga qo‘ndi. Tulki daraxtning 
ostiga keldi va o‘z odati bo‘yicha qichqirib, do‘q qila 
boshladi. Kabutar laylak o‘rgatganidek javob berdi. 
Bunday javobni kutmagan tulki so‘radi: 
– Buni senga kim o‘rgatdi?
Kabutar dedi:
– Laylak.
Tulki darhol daryo qirg‘og‘iga, laylakning yoniga 
keldi. Unga qarab dedi: 
– Ey, laylakjon, shamol o‘ng tomondan esganda, 
sen boshingni qayoqqa o‘girasan?
Laylak dedi:
– So‘l tomonga o‘giraman.
Tulki so‘radi:
– So‘ldan esganda-chi?
Laylak javob berdi:
– O‘ng tomonga.
Tulki dedi:
Agar shamol har tomondan essa, nima qilasan?
Laylak dedi:
– U vaqtda boshimni qanotim ostiga berkitaman.
Tulki dedi: 
– Bunday qilish mumkin emas, men ishonmay-
man. Sen boshingni qanoting ostiga ololmaysan.


350
Laylak dedi:
– Olaman.
Tulki dedi:
– Bo‘lmasa ko‘rsat. Agar shunday bo‘lsa, Alloh 
qushlarni bizdan afzal qilib yaratgan ekan. Siz bir 
soatda qiladigan ishni biz bir yilda ham bajara ol-
maymiz, siz shunday ishlar qilasizki, unga bizning 
sira aqlimiz yetmaydi. Aytishingcha, siz boshingizni 
qanotlaringiz ostiga olib, sovuqdan va shamoldan 
saqlana olasiz. Ofarin, sizlarga. Qani ko‘rsat, sen 
buni qanday qilasan?
Laylak boshini qanoti ostiga olgan ham ediki, 
tulki bir sapchib, uni tutib oldi va shunday siqdiki
bechoraning umurtqa suyagi sinib ketdi. Qanot va 
dumlarini yula turib tulki dedi: 
– Ey, boshqalarga norin qilib berib, o‘ziga atala 
ham pishira olmagan ahmoq! Sen kabutarga yo‘l 
ko‘rsatib hiyla o‘rgatding-u, lekin o‘z joningni dush-
mandan qutqara olmading. 
Tulki shu so‘zlarni aytib, bir zumda laylakni 
yedi-qo‘ydi.

Yüklə 1,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   70




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin